Alişer Navoiy asarlarida kasb-hunar, mehnat, hunarmandçilik  va ilm  haqida  köplab hikmatli fikrlar uçraydi. “Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tuproqqami ketgumdir oxir”. Bu misralar inson özidagi hunar va mahoratni qadrlaşi, uni rivojlantirişi el-yurtga manfaatli bölişini anglatadi.

Özbekiston Respublikasi xalq ustasi, Ğozğon sangtaroşlik (marmar öymakorligi)  maktabi asosçisi Tohir Rahimovning 65 yoşga  tölişi munosabati bilan Navoiy viloyati Ğozğon şahridagi “Şabboda” töyxonasida maʼrifiy tadbir bölib ötdi.

Tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, nuroniylar, yoşlar, Tohir Rahimovning şogirdlari, yaqinlari,  döstlari iştirok etib, özbek milliy hunarmandçilik rivojiga ulkan hissa qöşib kelayotgan taniqli ustaga izzat-ikrom körsatişdi. “Nuroniy” jamğarmasi Nurota tumani hamda Ğozğon şahar bölimlari raislari Suyundiq Qulmanov hamda Zohir Hamroyev sözga çiqib, Tohir Rahimovning ibratli hayot yöli barçaga namuna bölişini alohida taʼkidladilar.

Tohir aka Rahimov sangtaroşlik kasbini uluğlab, el-yurtda eʼzozga,  köplab yutuqlarga  erişdi. 1961 yilning 10 oktyabrida Ğozğon qişloğida tavallud topgan Tohir Ahmedoviçning bobolari Abdurahim Turdiyev birinçi özbek haykaltaroşi bölganligining özi ham şajaraning davomiyligini taʼminlagan bölsa, ajab emas. Bir söz bilan aytganda, Tohir Rahimov bobomeros kasbni davom ettirib, bugungi kunda özining mahorat maktabini yaratgan ustoz-hunarmand sifatida izzat-eʼtiborda. Uning yurtimizdagi ziyoratgohlar, qadamjolar, madaniy meros inşootlarida amalga oşirgan işlari beqiyos.

Buxorodagi “Yetti pir”, Şahrisabzda joylaşgan “Oqsaroy” majmuasidagi Amir Temur xiyoboni, Qarşidagi “Xöjai Jarroh”, Kasbidagi “Sulton Mir Haydar ota”  majmualarida amalga oşirgan işlari diqqatga sazovor. Xususan, “Bobur” xalqaro ekspeditsiyasi rahbari Zokirjon Maşrabov bilan Afğonistonda bölganida Hirot şahridagi Alişer Navoiy, Kamoliddin Behzod qabrlarini taʼmirlaşdek ezgu işni ado etdi.

Tohir  Rahimovning samarali mehnatlari davlatimiz rahbari tomonidan yuksak eʼtirof etilib, 2004 yilda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan bölsa, 2011 yilda “El-yurt hurmati” ordeniga,  2022 yilda “Özbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga sazovor böldi. Bu kabi yuksak eʼtiroflar unga yanada kuç-ğayrat bağişladi.

Bugungi kunda Tohir boboning 100 nafardan ortiq şogirdlari yurtimizning turli göşalarida mehnat qilişayotgan bölsa, önga yaqin şogirdlari özlari bilan birga iş olib borişmoqda. Qahramonimiz nafaqat ustoz-sangtaroş, balki Ğozğonning oilaparvar otaxonlaridan. 44 yildirki, yostiqdoşi Manzura aya Rahimova bilan umrguzaronlik qilib kelmoqda.

3 nafar farzand, 10 nafar nabiraning suyukli bobo va buvisi bölib mahallaning ibratli oilalaridan hisoblanadi. Qizlari Haqiqat, Linora hamda öğli Rafiqjonning farzandlari Abduhakim, Abdurasul, Sarbon, Sardor, Jörabek hamda Fotihjonlarning ham bobolari kasbiga qiziqişlari ortgan. Ular ham maktabdan böş paytlarida sangtaroşlik, haykaltaroşlik kasbi bilan şuğullanişyapti. Bir söz bilan aytganda, ğozğonlik donişmand bobo Tohirjon Rahimov sangtaroşlik  hunarini yuzlab şoirdlariga örgatib, yoşlar qalbida milliy hunarmandçilikka havas uyğotib yaşamoqda. Tohir Rahimovning ibratli hayot yölini esa bugun barçaga namuna qilib körsatiş mumkin.

Şavkat SULTONOV,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan