Beşbuloqlik Rizoqulovlarning fayzli oilasi haqida söz

“Nuroniy” jamğarmasi Sirdaryo viloyati bölimi taşabbusi bilan Guliston tumani “Beşbuloq” mahallasida umrguzaronlik qilayotgan nuroniy otaxon Anorboy Rizoqulovning 80 yoşga tölişi va umr yöldoşi Yaxşigul ona bilan birgalikda 60 yil saodatli oila qurganligi munosabati bilan  maʼrifiy  tadbir taşkil etildi.

Mirişkor bobodehqon Anorboy aka Rizoqulov mehnatdan qaytmaydigan, insonlar bilan hamişa samimiy munosabatda böladigan inson. Haydovçilik kasbidan rizq topib, Baxt şahar avtokorxonasida, şuningdek, Sirdaryo çöl qurilişida fidoyilik bilan mehnat qilgan. Turmuş örtoği Yaxşigul ona uzoq yillar qişloq xöjaligi sohasida işlagan. Dalada ketmon çopib,  paxta terib, fidoyilik bilan mehnat qilgan. Ularning fayzli xonadonida uç öğil, bir qiz voyaga yetib,  qatorga qöşilib el-yurt koriga kamarbasta bölişdi. Ayni paytda Anorboy boboning 16 nevarasi ham kattalar ortidan borib, kamol topmoqdalar. 2 nafar çevara esa ularning hayot quvonçi.

Uşbu tadbirga taklif etilganlar qatorida Anorboy akaning fayzli xonadoniga kirib bordik. Uy sohiblarining quyoşga qaragan keng va obod hovlisi çiroyli bezatilgan. Tökin dasturxon atrofida uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar xuş kayfiyatda jam bölişgan. Mehmonlar qatorida  “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi masʼul xodimi, kamtarin ustoz Rustam aka Bektimirov, Guliston tumani hokimi, faol taşkilotçi Olimjon Jörayev, tuman nuroniylarining sardori Murodjon Mirzarayimovlarning fayzli tadbirga boş-qoş bölib turganliklarini körib juda xursand böldik.

Qöşa qariş saodatiga erişib, 60 yil birga umr keçirgan baxtiyor insonlar — Anorboy aka Rizoqulov va Yaxşigul ona Rizoqulovani çin yurakdan tabriklar ekanmiz, u kişining akasi, taniqli ijodkor ustozimiz, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Hamroqul Rizo oğamizni ham yodga olib, u kişining öz  jigarbandlariga körsatgan mehr-oqibatlarini esladik. Darhaqiqat, Hamroqul Rizoqulov qisqa umr keçirdilar, ammo umr va ijod barakali, sermazmun böldi.

“Sirdaryo haqiqati”, “Guliston” gazetalarida jurnalist va muharrir, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi raisi, Özbekiston Respublikasi davlat matbuot qömitasi raisining birinçi örinbosari hamda viloyat hokimi örinbosari kabi masʼul lavozimlarda işlagan ustozimiz Hamroqul Rizo özlaridan boy  maʼnaviy meros qoldirib, 20 dan ortiq şeʼriy va nasriy töplamlarida  Sirdaryo va Mirzaçöl tabiati, uni obod qilgan zahmatkaş insonlar mehnatini tarannum etganlar.

Yoşlik çoğlarimizda “Guliston” gazetasida u kişining rahbarligida birga işlagan vaqtlarimizda, biz, şogirdlarga körsatgan mehr-oqibati, ğamxörligi va bergan taʼlim-tarbiyasi alohida eʼtirofga sazovor, albatta.

“Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi taşabbusi bilan ötgan yili 26 dekabrda qalbidaryo ustozlarimiz — Ötbosar Abdiyev, Muhammadali Ahmad, Rustambek Turdiyev va Noriniso Qosimova iştirokida Hamroqul Rizoning yorqin xotirasiga bağişlangan maʼrifiy tadbir ötkazgan edik. Bu yil ham ustozni maʼnaviy-maʼrifiy  davralarda xotirlaş niyatidamiz.

Anorboy Rizoqulovning 80 yoşga tölganligi va umr yöldoşi Yaxşigul ona bilan birgalikda 60 yil saodatli oila qurganligi munosabati bilan taşkil etilgan  maʼrifiy tadbirda şularni ham esladik. Yaxşi niyatlar, yaxşi tilaklar qildik.

Rizoqulovlar oilasi “Beşbuloq” mahallasida hamişa hamma havas qilsa arziydigan xonadonlardan bölib kelgan. Anorboy otaning xonadonida ham keng tomorqa, ajoyib boğ va oltin kuzda ham çiroyli oçilib turgan sara gullar eʼtiborimizni tortdi. Bu — oila ahlining yerga mehridan, mehnatkaşligidan darak beradi, albatta.

Ikki yoşi uluğ nuroniy eʼzozlangan tadbir esa lirik qöşiqlar, öyin- kulgular bilan maroqli keçdi.

Tadbirdan qaytişda xonadon sohib va sohibalari bilan xuş kayfiyatda xayrlaşar ekanmiz, yoşi uluğ nuroniylarning duolari va ibratlari bilan xonadonlarimiz hamişa fayzli-barakali bölişiga yana bir karra işonç hosil qildik.

Kamolxon Ubaydullayev,

Özbekiston Jurnalistlar

 uyuşmasi azosi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan