“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbosari, qariyb 30 yil davomida jamğarma tizimida  rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan Şuhrat Usmonovning 80 yillik yubileyi tadbiri ötkazildi.

Tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi, jamğarmaning viloyatlar bölimlari  rahbarlari va masʼul xodimlari,  keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Mazkur sana munosabati bilan köp yillik fidoyi xizmatlari eʼtirof etilib, Şuhrat Usmonov I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Mukofotni  “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator, Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev tantanali topşirdi.

Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, faxriy jurnalist Şarof Ubaydullayev Şuhrat Usmonov faoliyatiga töxtalib, u kişining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida öziga xos örni borligi, kamtarin hamda ibratli hayoti, mehnat faoliyati alohida eʼtiboru  eʼtirofga sazovor ekanligini taʼkidladi.

— Şuhrat Usmonovning qariyb 30 yillik umri, faoliyati “Nuroniy”  jamğarmasi  tizimi bilan boğliq bölib, hozirgi kunda ham keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy faolligini oşiriş yölida fidoyilik bilan mehnat qilib kelmoqda. Mustaqillik yillarida,  “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yangidan taşkil qilişda, ayniqsa, sönggi ön yillikda jamğarma faoliyatini yanada rivojlantirişda Şuhrat Usmonovning  alohida xizmatlari borligini eʼtirof etiş joiz,  — dedi Şarof Ubaydullayev.

Tadbirda sözga çiqqanlar filologiya fanlari nomzodi, “Şuhrat” medali sohibi Şuhrat Usmonovning ilmiy faoliyati, jamiyatimiz hayotidagi ibratli işlari haqida alohida töxtalib ötişdi.  Şuningdek, Şuhrat Usmonov   “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining örinbosari vazifasida iş olib boriş bilan birga, 2009 yildan buyon Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etiş masalalari böyiça komissiyasi aʼzosi, 2023 yildan  Içki işlar vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi aʼzosi sifatida jamoatçilik işlarida ham faol iştirok etib, yoş avlodga ibrat namunasini körsatib kelayotgani eʼtirof etildi.

M.Nazarova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan