Özbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi tantanalari arafasida prezidentimiz farmoniga köra, Farğona viloyati Qöştepa tumanilik 102 yoşli Iboxon aya Qosimova ham Prezidentimiz farmoniga köra, “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Onaxonga yuksak mukofotni Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov topşirdi.

Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasi mustaqilligining öttiz beş yilligi munosabati bilan davlat xizmatçilari hamda işlab çiqariş va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi Farmoniga binoan, asr bilan tenglaşgan bir guruh tabarruk otaxon va onaxonlarimizning “Şuhrat” medali bilan taqdirlangani mamlakatimizning insonparvar siyosatida keksalarni asrab-avaylaş hamda ularga ğamxörlik qiliş borasidagi yuksak eʼtiborning yorqin namunasi böldi.

Aslini olganda, uzoq umr — taqdirning eng uluğ tuhfasi. Mazmunli, ezgulik va mehr-oqibat bilan ötsa, saodatmandlik sururi yanada ortadi. Bir asrdan ortiq yaşab, neça avlodning kamolini köriş har kimga ham nasib etavermaydi. Bunday uzoq umr ortida qança xotiralar, taqdirning ne-ne sinovlari, qança quvonçli kunlar hamda nihoyatda qimmatli hayotiy saboqlar mujassam. Uluğ va aziz şodiyona oldidan bir asrdan ortiq umr yölini bosib ötgan onaxonlarning hayot haqidagi öylari, qalbidagi şukronaligi, avlodlarga tilagi va insoniy qadriyatlar haqidagi samimiy fikrlariga quloq tutdik.

 Şukr — qalbimdagi eng katta boyligim

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Yuqori Maçay” mahallasida istiqomat qilayotgan 107 yoşli Menglixol ona Jörayeva uçun istiqlolimizning 35 yilligi qutluğ keldi. U kuni keça “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi. Menglixol onaning bolaligi sobiq tuzumning ilk davriga, navqiron yoşligi esa Ikkinçi jahon uruşi va undan keyingi oğir yillarga töğri kelgan.

— Inson qanaqa qiyinçilikni boşdan keçirmasin, bardoş berarkan, — deydi u. — Oilada ön farzandning uçinçisi edim. Ota-onamiz oddiy mehnatkaş odamlar, dalada işlab bizni katta qilişdi. Maktabni tugatgaç, Maçay kolxoziga sut soğuvçi bölib işga kirdim. Qirq yilga yaqin şu sohada mehnat qilib, rözğor yuritişda otamga yelkadoş böldim.

Menglixol ona umr yöldoşi Jöranazar ota Amonturdiyev bilan 48 yil ahil hayot keçirdi. Oilada olti öğil va olti qiz dunyoga keldi. Kolxozda hisobçi bölib işlagan Jöranazar ota farzandlarining öqimişli insonlar bölişini orzu qildi va bu niyatiga erişdi. Farzandlarning bari ziyoli, jamiyatda öz örniga ega bölib yetişdi. 1994 yilda ota vafot etganida, farzand va nabiralar onaxonga suyanç bölişdi. Biroq ikki yil avval onaizorning boşiga oğir musibat tuşdi: tönğiç farzandi Zarxol hamda uçinçi öğli — “Surxon ovozi” gazetasi boş muharriri, el hurmatidagi jurnalist Qurbon aka Jöranazarovdan ayrilib qoldi. Farzand doği bağrini kuydirgan damlarda Menglixol ona qolgan 10 farzandi, 80 dan ziyod nabirasi va 60 dan ortiq evara-çevaralarining şirin sözidan yupanç topdi.

— Yuz yoşdan oşib, umrimning har bir kuniga şukr aytib yaşayapman, — deydi Menglixol ona. — Bir asrdan ortiq yaşagan inson ortiga qarab, qança yaxşi-yomon kunlar ötganini öylaydi. Ammo qalbimdagi eng kuçli tuyğu — şukronalik. Meni şu yoşlarga yetkazgani uçun Yaratganga beadad şukr. Bizdek keksalarni izzat-hurmat qilib, davlat mukofotlari bilan taqdirlagani uçun Yurtboşimizga rahmat. Duodamiz doim: yurtimiz tinç bölsin!

 Har bir kun — yangi imkoniyat

— Yuz yoşdan oşdim. Har tong uyğonganimda, “Bugun ham Yaratgan menga bir kun umr berdi”, deyman. Bu Allohning bergan yangi imkoniyati.

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Şirin” mahallasida umrguzaronlik qilayotgan 106 yoşli Barno momo Rajabovaning sözi şunday boşlandi. U ham Prezidentimiz Farmoniga binoan, “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi. Onaxonning ham umrini mehnat bezadi. Daladagi çopiqdan tortib, paxta terimigaça bölgan yumuşlarda doim ilğorlar safida böldi. Sobiq jamoa xöjaligida terimçi ayollar orasida birinçi bölib uning nomi tilga olinardi. Şu bilan birga, 40 yilga yaqin ipak qurti parvarişlab, har mavsumda rejadan orttirib “kumuş tola” yetiştirdi.

Oilaviy masʼuliyatni ham unutmadi. Yetti farzandi — tört öğil va uç qizining ilmli bölişiga harakat qildi. Barçasi oliy maʼlumot oldi, tadbirkor sifatida el xizmatiga bel boğladi. Yetti farzand Barno momoga 26 nabira, 62 evara va 4 çevara tuhfa etdi. Barnoxon momoning fikrlari teran, mulohazalari mazmunli.

— Yurtimizdagi özgarişlarni körib, beixtiyor xursand bölaman, — deydi u. — Yoşlar öqiyapti, yangi binolar, şifoxonalar va maktablar barpo etilyapti. Ayniqsa, farzand va nabiralarim zamonaviy şaroitlarda bilim olayotganini körib, könglim xotirjam böladi. Ayni gullagan yoşligimiz uruşdan keyingi qiyinçilik yillariga töğri keldi. Biz körgan u kunlarni heç kim körmasin. Yoşlarga aytar gapim: ota-onangizni qadrlang, bir-biringizga mehrli böling. Insondan faqat yaxşi nom va ezgu işlar qoladi. Insonning eng katta boyligi — soğlik, xotirjamlik va şukronalik. Ötgan umrimdan roziman, bugungi kunimdan minnatdorman. Inson qadri baland yurtda yaşaş — çinakam huzur.

 Mehnat bilan yuksalgan qadr

Eng uluğ ayyom arafasida Toşkent viloyati Böka tumanida yaşovçi 105 yoşli Jangil buvi Agzamova xonadonida ham özgaça quvonç hukm surdi. Piru badavlat onaxon köksini davlatimiz rahbari Farmoniga binoan, “Şuhrat” medali bezadi.

— Umrim davomida turli kunlarni kördim. Quvonçli damlar ham, sinovli yillar ham böldi. Lekin inson sabr bilan yaşasa, qalbida şukr bölsa, har bir kunning qadrini anglaydi, — deydi Jangil buvi.

Jangil Agzamova 1921 yilda tuğilgan. Qirq yilga yaqin Bökadagi sobiq O. Yöldoşev nomli xöjalikda mehnat qilib, 1971 yilda nafaqaga çiqqan. Ikki farzandi, kelini va kuyovi onaxonni ardoqlab kelişmoqda. Töqqiz nabira, sakkiz evara va ikki çevarani duo qilayotgan onaxon ularga umr yöldoşi Kenja ota bilan keçirgan ibratli hayot yöli haqida sözlab beradi.

— Eng katta boyligim — bolalarim. Ularning kamolini köriş — dunyodagi heç bir boylik bilan tenglaştirib bölmaydigan baxt. Nabira va evaralarimni körganimda qalbim quvonçga töladi. Bir vaqtlar qölidan uşlab yurgan farzandlarim bugun meni ardoqlab turganining özi katta davlat emasmi?! — deya tölqinlanib sözlaydi Jangil buvi.

Darhaqiqat, 100 yoşdan oşgan insonlarning bunday eʼzozlanişi bir asrlik hayot yöli, mehnatu sabr, avlodlar tarbiyasiga bölgan yuksak hurmat ifodasidir. Zero, ularning har bir kunida tarix, har bir xotirasida ibrat, har bir duosida esa kelajak avlodga ezgu tilaklar bor.

Şahlo TOŞBEKOVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan