Yurtimizda inson qadrini uluğlaş, keksa avlod vakillarini eʼzozlaş, ularning köp yillik halol mehnati va hayot yölini munosib qadrlaş ustuvor tamoyillardan biriga aylandi. Joriy yilning 13 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Toşkent viloyati Bekobod şahriga taşrifi davomida amalga oşirilgan ezgu taşabbus uşbu ğamxörlikning amaldagi yaqqol isboti böldi.
Taşrif çoğida davlatimiz rahbari tomonidan “Özmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining fidoyi vakili, frontorti mehnat faxriysi, 96 yoşli Hamid ota Andayevga kombinat taraqqiyotiga qöşgan beqiyos hissasi, qariyb yarim asrlik halol va fidokorona mehnati uçun zamonaviy elektromobil sovğa qilindi.
Bu eʼtibor nafaqat bir inson mehnatiga, balki butun bir avlodga, yurt taraqqiyoti uçun sidqidildan xizmat qilayotgan insonlarga körsatilgan yuksak ehtirom ramzi sifatida barçaning qalbidan çuqur joy oldi.
Hamid ota 1930 yilda qöşni Tojikiston Respublikasining Ğonçi tumani Yangiariq qişloğida tuğilgan. Harbiy xizmatni ado etgaç, 1955 yil 25 mart kunidan boşlab, “Özmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining pölat eritiş-prokat sexida mehnat faoliyatini boşlagan. 2003 yil 10 avgustga qadar davom etgan 48 yillik mehnat faoliyati davomida u halolligi, yuksak masʼuliyati, kasbiy mahorati va mehnatsevarligi bilan minglab işçi-xodimlarga ibrat bölib kelgan.
Hamid ota mehnatda qanday fidoyi bölgan bölsa, oilada ham şunday mehribon va masʼuliyatli inson sifatida ibrat körsatdi. U 1957 yilda Rahimaxon aya bilan turmuş qurib, tört öğil va bir qizni oq yuvib, oq tarab, el-yurtga foydasi tegadigan komil insonlar sifatida kamol toptirdi.
— Kombinatdagi bugungi özgarişlarni avvalgi yillar bilan qiyoslab bölmaydi. Men iş boşlagan davrlarda işlab çiqariş jarayonlari butunlay boşqaça edi. Öşa vaqtlarda mazutda işlardik, sexlardagi şovqin juda qattiq bölar, hatto quloqqa oğir taʼsir qilardi. Bugun esa texnologiyalar ham, mehnat şaroitlari ham tubdan özgargan. Kombinat zamonaviy qiyofa kasb etganini körib xursand böldim, — dedi otaxon.
Bugungi kunda otaxon beş nafar farzandning mehribon otasi, 12 nafar nabira va 23 nafar evaraning ardoqli bobojoni sifatida katta va ahil oilaning fayzi bölib kelmoqda.
Ayni paytda Bekobod şahridagi “Qosim ota Farmonov” mahallasida istiqomat qilayotgan Hamid ota mahallaning eng yoşi uluğ va eng faol nuroniylaridan biri hisoblanadi.
Otaxon şahrimizda “Nuroniy” jamğarmasi Bekobod şahar bölimi tomonidan ötkazib kelinayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlarida faol iştirok etib, yoşlarga özining boy hayotiy tajribasini ulaşib kelmoqda.
Prezidentimiz tomonidan mehnat faxriysi Hamidç otaga körsatilgan ayni yuksak eʼtibor butun yurtimiz nuroniylari uçun ulkan eʼtirof va yuksak rağbat böldi. Zero, mehnat qadrlangan, nuroniylar eʼzozlangan yurtning kelajagi hamişa porloq böladi.
Bekobod şahri nuroniylari Prezidentimiz tomonidan körsatilayotgan mehr-eʼtibor va ğamxörlikni yuksak qadrlab, har lahzada uşbu yuksak işonçga munosib böliş, yurtimiz tinçligi, mahallalar obodligi, yoş avlodni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, şukronalik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaş yölida bor kuç va tajribalarini safarbar etişda davom etadilar.
Rano Xodjimatova,
“Nuroniy” jamğarmasi
Bekobod şahar bölimi mutaxassisi.