Davlatimiz Istiqlolining 35 yilligi tantanalari oldidan maʼrifiy tarğibot qizğin pallaga kirdi
Davr silsilasi har bir bunyodkor xalq va demokratik davlat zimmasiga jadal rivojlaniş va istiqbolni belgilaş masʼuliyatini yuklaydi. Şu maʼnoda, sönggi ön yillikda Vatanimiz taraqqiyoti tarixiy islohotlar, jahonga yuz oçiş, tub yangilanişlar hamda ulkan bunyodkorlik işlari bilan hamohang keçib, yangiça maʼno va mazmun kasb etmoqda.
Hamyurtlarimiz keçagi va bugungi kun örtasidagi tub farq, turmuş farovonligi ortayotganini öz hayotida yaqqol his etmoqda. Boy tarixi, har sohadagi salmoqli yutuqlari bilan jahon hamjamiyatida alohida eʼtirofga sazovor bölayotgan Özbekistonimiz istiqlolining 35 yillik ayyomini yuksak kötarinkilik bilan kutib olmoqda.
Alohida taʼkidlaş joizki, bu borada Davlatimiz rahbarining 2026 yil 2 apreldagi “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarori mustahkam huquqiy zamin bölib xizmat qilmoqda. Hujjatning bayramdan qariyb tört oy oldin qabul qilinganidan ham anglaş mumkinki, bunday zalvorli va tarixiy sanaga tayyorgarlik ham şunga munosib holda, puxta va keng kölamda olib borilişi lozim.
Şunga muvofiq, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati, “Nuroniy” jamğarmasi hamda qator davlat va jamoat taşkilotlari hamkorligida joriy yilning may-sentyabr oylarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” şiori ostida “Mustaqillik töyi” festivalini ötkaziş belgilangandi.
Taʼkidlaş joizki, mazkur madaniy-maʼrifiy loyihani sifatli va yuksak saviyada taşkil etişga alohida hozirlik körildi. Respublika taşkiliy qömitasi rejasiga muvofiq, madaniyat, sanʼat va adabiyot namoyandalari hamkorligida barça hududlarda keng kölamli tarğibot tadbirlari izçil davom etmoqda.
Xususan, Andijon viloyatining Asaka tumanida “Mahalla — maʼnaviy makon” loyihasi doirasida ötkazilgan maʼrifiy seminarda nuroniylar va mahalla faollari yoşlar bilan oçiq muloqotda böldilar.
“Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” deydi xalqimiz. Ha, bugungi dorilomon, tinç va farovon kunlarimizga osonlikça erişilmaganini yoşlarga yetkazişda köpni körgan, hayot sinovlarida toblangan muhtaram nuroniylarimizning örni beqiyos. Ötgan asrning oğir va maşaqqatli yillari, turli qiyinçiliklar, kundalik taşvişlar va yetişmovçiliklarni boşdan keçirgan keksa avlod vakillari bugungi yoşlarga eng katta ibrat maktabidir. Ularning har bir samimiy hikoyasi va hayotiy xotiralarida istiqlol bergan bebaho neʼmatlar — tinçlik, töqlik, ozodlik va farovonlikning asliyatdagi qadri yaqqol böy körsatadi. Tadbirda keksalarimiz öz hayot yöllaridan misollar keltirib, mahallalarda tinçlik, ahil-inoqlik, milliy qadriyatlar va oilaviy totuvlikni asraş naqadar muhim ekanini taʼsirli tarzda yetkazişdi.
Navoiy viloyatining tuman va şaharlarida ötkazilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar aholiga yuksak bayram kayfiyatini bağişlaş bilan birga, istiqlolning beqiyos ahamiyatini keng tarğib qiliş, amalga oşirilayotgan tarixiy islohotlarning mazmun-mohiyatini teran yetkazişga xizmat qilayotir.
Maʼlum qilinganidek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahridagi “Yangi Özbekiston” massivlari, tuman va şahar markazlari, madaniyat va istirohat boğlari, teatrlar, taʼlim muassasalari, mahallalar va boşqa jamoat maskanlarida ötkaziluvçi “Mustaqillik töyi” festivali jamiyatda birdamlikni mustahkamlaş, tinçlik va mustaqillik neʼmatining qadrini, amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamiga tuşuntiriş, qolaversa, milliy qadriyatlar va boy maʼnaviy merosimizni keng tarğib etişga qaratilyapti.
Festival doirasida respublika böylab 10 dan ortiq ijtimoiy-madaniy va maʼrifiy loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Sirdaryoda taşkil etilgan maʼrifiy uçraşuvlar va sanʼat dasturlari esa hudud aholisi örtasida millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlab, milliy qadriyatlarimiz va boy maʼnaviy merosimizni keng ommalaştirişda muhim omil böldi, albatta.
Xususan, tarğibot tadbirlari doirasida mirişkor zaminda ham “Mustaqillik marşlari” orqali ommaviy yurişlar taşkil etilib, vatanparvarlik ruhi kuçaytirilişi közlangan. “Bir millat — bir yurak” fleşmobi milliy qadriyatlarni tarğib etadi. “Vatandoşlar bilan muloqot” xorijdagi yurtdoşlar bilan aloqalarni mustahkamlaydi. “Davlat ramzlari — faxrimiz” aksiyasi milliy ramzlarga hurmatni oşirişga xizmat qiladi.
Surxondaryo vohasidagi festival tadbirlari ham kötarinki va özgaça şukuhda keçmoqda. Jumladan, Şörçi tumani “Guliston” mahallasidagi “Yoşlar boği”da “Şukronalik” madaniy-maʼrifiy uçraşuvi bölib ötdi. Taniqli olimlar, adiblar, “Maʼrifat” tarğibotçilari va sanʼatkorlar iştirokidagi keçada tinçlik, şukronalik va Vatanga sadoqat ğoyalari uluğlandi.
Boysun tumanining “Boysun bahori” turizm majmuasida ötkazilgan festivalda esa el ardoğidagi sanʼatkorlar va folklor jamoalari qatnaşdilar. Tumanlardan taşrif buyurgan ansambllar öz qörğonlarida milliy kuy-qöşiqlar, xalq öyinlari va qadimiy urf-odatlarni namoyiş etib, öziga xos milliy bayram muhitini taqdim etişdi.
Farğona viloyatining tuman va şaharlaridagi tadbirlar, ötkazilayotgan loyihalar yangiça yondaşuv va yuksak tayyorgarligi bilan ajralib turdi. Şu bilan birga, yurtdoşlarimizda ona Vatanga muhabbat, faxr va kelajakka bölgan işonç tuyğularini yanada jöş urdirdi. Yagona Vatan, yagona xalq va umumiy kelajak ğoyasini qalblarda yanada mustahkamlayotgan çinakam ezgulik va maʼrifat maydoniga aylandi.
Xorazm viloyati Urganç tumanidagi 8-maktabda “Uyşin”, “Yuqoriovul”, “Miroblar”, “Merganovul”, “Arablar” va “Jayhun” mahallalari aholisi uçun maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri taşkil etildi. “Nuroniy” jamğarmasi va mahalla faollari hamkorligida ötgan keçada keksalarning ibratli ögitlari tinglanib, Vatanni seviş va ahillikni asraş borasida fikr almaşildi.
Qoraqalpoğistonning Beruniy tumanidagi “Şimom” va “Tinçlik” ovul fuqarolar yiğinlarida festival tadbirlari bayramona ruhda ötdi. “Nuroniy”jamğarmasi tuman bölimi rahbari F.Annasafarov va tarğibot guruhi aʼzolari nuroniylar nomidan sözga çiqib, mustaqillikning 35 yili davomida erişilgan natijalar, bosib ötilgan murakkab yöllar haqida töxtaldilar hamda yoşlarni eng uluğ va eng aziz bayram bilan qutladilar.
Aytiş kerakki, “Mustaqillik töyi” festivali şunçaki madaniy tadbirlar turkumi bilan çeklanmayapti. Aksinça, avlodlarni boğlovçi, ötmiş saboqlaridan xulosa çiqarib, kelajakka işonç bilan qaraşga undovçi maʼnaviy köprik bölmoqda.
Ilhomjon ABDUSALOMOV.