Avval xabar berganimizdek, yurtimizda davom etayotgan “Nuroniylar kuylaganda” körik-tanlovi tobora qizğin tus olmoqda. Ötgan haftada qator hududlarda uşbu bellaşuvning viloyat bosqiçlari öz yakuniga yetdi. Tadbirlar undagi ijodkor nuroniylarning isteʼdodi-yu maromiga yetkazib kuylangan aşulalarning fayzi bilan yanada maroqli keçdi. Bir qaraşda, sahnada qöliga milliy çolğu asboblarini olib, qöşiq ijro qilgan nuroniylarning sanʼat ustalaridan qolişmaydigan mahoratiga qoyil qolmay iloj yöq, albatta.
Jumladan, Samarqand şahridagi “Nurafşon” sanʼat saroyida ötkazilgan körik-tanlov muxlislarda katta taassurotlar qoldirdi. Bellaşuvlar samimiy, döstona, şu bilan birga, ğoyat qizğin keçdi. Tanlov yakunlariga köra, Tayloq tumani faxriysi, “Buvijonlar maktabi” aʼzosi Nodira Tojiyeva maqom yönalişi böyiça, Samarqand tumani faxriy nuroniysi Mamur Oçilov milliy qöşiqçilik yönalişi böyiça ğolib deb topildilar.
— Bu biz uçun katta imkoniyat. Axir, sanʼatga yoşidan qatʼi nazar, barça qiziqadi. Musiqa, qöşiq insonni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalaydi. Tanlovda ğolib bölaman deb öylamagandim, töğrisi. Şunday bölsa-da, bor kuç-imkoniyatim va mahoratimni işga soldim. Kutilmaganda ğolib bölganligimdan hayajonda qoldim. Bu yoğiga yana astoydil bölib, yakuniy bosqiçga yaxşilab tayyorgarlik körişim kerak. Viloyat şarafini himoya qiliş, bu — katta masʼuliyat degani. Öz navbatida, biz, nuroniylarga qaratilayotgan eʼtibor, bildirilayotgan yuksak işonç uçun davlatimiz rahbariyatiga ulkan minnatdorlik bildiraman, — deydi tanlov ğolibi Nodira aya Tojiyeva.
Namangan viloyatida ötkazilgan tanlovda ham tuman va şahar bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan 28 nafar nuroniy iştirok etib, maqom va milliy qöşiqçilik yönalişlarida öz mahoratlarini namoyiş etdilar. Tadbirda Namangan viloyati hokimining örinbosari Botirjon Nuritdinov iştirok etib, nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligi, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardagi iştiroki va milliy qadriyatlarimizni tarğib etişdagi hissasini alohida taʼkidladi.
Körik-tanlov Sirdaryo, Qaşqadaryo, Jizzax, Farğona, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida ham uyuşqoqlik bilan taşkil qilinib, ularda viloyat hokimliklari, mutasaddi va hamkor idoralar vakillari iştirok etdilar.
Tanlov sahnasida öz mahoratini namoyon etgan otaxonu onaxonlar, çinakam maʼnoda, sanʼatga oşufta qalblari bilan bir-biridan gözal maqom aşulalari va milliy qöşiqçilik namunalarini ijro etdilar. Iştirokçilarning ovoz imkoniyati, sahna madaniyati, ijro mahorati va badiiy saviyasi hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.
Tadbirlar yakunida ğolib va sovrindorlar aniqlanib, ularga turli darajadagi diplom hamda qimmatbaho sovğalar topşirildi. Ğoliblar tanlovning respublika bosqiçida iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritdilar.
— Maqom sanʼatini rivojlantiriş, birinçi galda, yoş avlodimizga kerak. Yoşlarimiz şu sanʼat turini örgansalar, ularning ongi va qalbiga milliy qadriyatlarimiz çuqur singib, maʼnaviyati, madaniyati yuksalib boraveradi. Ilgari bunday taşabbuslar bölmagan. Töğrisi, bu loyihadan qattiq hayajonga tuşdik. Umid qilamizki, uşbu tanlov kelajakda bardavom böladi, — deydi tanlov iştirokçisi — navoiylik otaxon Şuhrat ota Dehqonov.
Ha, “Nuroniylar kuylaganda” körik-tanlovining eng qizğin va murosasiz bosqiçi tobora yaqinlaşmoqda. Uşbu bosqiç köp sonli sanʼat şaydolariga unutilmas onlar va taassurotlarni tuhfa etişi aniq. Öz navbatida, bellaşuv iştirokçilari — xuşovoz otaxonu onaxonlarga galdagi bahslarda omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
B.Valiyev.