Mustaqillik — eng uluğ neʼmat. U borki, mamlakat gullab-yaşnaydi, xalq farovon umr keçiradi, insonlar har bir kunidan rozi bölib yaşaydi. Bayramlar bayramlarga, töylar töylarga ulanadi. Avlodlar barkamol bölib voyaga yetadi. Jamiyatning barça jabhasida taraqqiyot, yuksaliş jarayonlari barqarorlik kasb etadi.

Ayni qutluğ kunlarda, mamlakatimiz istiqlolining 35 yillik bayrami arafasida yurtimiz böylab “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan boş ğoya asosida qator tadbirlar taşkillaştirilmoqda. Ayni tantanalarda yurtimizda istiqlol davrida, ayniqsa, keyingi ön yil davomida amalga oşirilgan tarixiy islohotlar hamda ularning öziga xos samaralari yuksak eʼtirof etilmoqda.

30 iyul —  Xalqlar döstligi kuni bayramining aynan mustaqillik şodiyonalari bilan hamohang tarzda nişonlanganligi mamlakatimizda inson qadrining neçoğli uluğ ekanligini amalda yaqqol namoyon etdi.

Har bir xalq, mamlakatning farovon hayoti unda hukm surayotgan tinçlik va hurlik neʼmatlari bilan çambarças boğliq. Şu bilan birga, döstlik, özaro ahillik va totuvlik neʼmatlari ham borki, uşbu qadriyatlar insonlarni millati, urf-odati, tilidan qatʼiy nazar, ezgu maqsad atrofida birlaştiradi.

Şuning uçun ham 30 iyul sanasi — Xalqlar döstligi kuni sifatida dunyo miqyosida bayram sifatida keng nişonlanadi. Xalqlar döstligi — bu şunçaki şior emas. Bu har kunlik hamkorlik, hayot tarzi, ijtimoiy adolat va hamfikrlikni qaror toptirişga qaratilgan uzluksiz harakatdir.

Özbekiston bu borada dunyoga namuna böla oladi.

Davlatimiz rahbarining sana munosabati bilan yöllagan bayram tabrigida taʼkidlanganidek, bugungi kunda yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bir oila farzandlari kabi ahil va inoq yaşab, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qöşib kelayotir. Ğoyat noyob ijtimoiy hodisa bölgan bunday milliy-madaniy xilma-xillik Yangi Özbekistonning har bir fuqarosi, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin va farovon yaşaydigan insonparvar davlat sifatidagi örni hamda nufuzini oşirişda muhim rol öynamoqda.

Keyingi yillarda körkam binolarda faoliyat yuritayotgan 157 ta milliy-madaniy markaz va 46 ta döstlik jamiyatining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Uşbu maskanlarda ötkazilayotgan umummilliy bayramlar, döstlik keçalari, festival va uçraşuvlar mamlakatimizning madaniy qiyofasini belgilaydigan muhim maʼrifiy tadbirlarga aylanib bormoqda. Yurtimizdagi taʼlim muassasalarida öquv jarayonlari yetti tilda olib borilmoqda, qardoş tillardagi maktablar davlat hisobidan darslik va adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda. Teleradiokanallar orqali 12 tilda körsatuv va eşittirişlar efirga uzatilmoqda, 14 tilda gazeta va jurnallar naşr etilmoqda.

Yurtimizda mazkur sana yuqori saviyada, öziga xos uyuşqoqlik bilan nişonlandi. Ayni tadbirlarda respublikamiz faol nuroniylari ham qizğin iştirok etib, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil qiliş va ötkazişda jonbozlik körsatdilar.

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy tumanida Xalqlar döstligi kuniga bağişlab ötkazilgan tadbirlar öz mazmuniga köra alohida ajralib turdi. Tadbirlar davomida nuroniylar, xotin-qizlar va yoşlar birdamlikda qadim anʼanalarni ifoda etuvçi, milliy urf-odatlarimizni tarannum qiluvçi sahna körinişlarini namoyiş etdilar. Tadbirni tuman hokimining örinbosari D.Karimov kiriş sözi bilan oçib, barçani bayram bilan samimiy qutladi. U öz nutqida bugungi kunda Beruniy tumanidagi 40 ta mahallada 12 dan ortiq millat va elat vakillari özaro ahil va totuvlikda yaşab, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol iştirok etib kelayotganliklarini taʼkidlab ötdi.

Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida ötkazilgan “Döstlik” festivali ham öz nomiga köra, haqiqiy döstlik bayramiga aylandi. “Ming çinor” MFYda taşkil qilingan festival tumandagi milliy madaniy markazlar vakillari, mehnat faxriylari, yoşlar, volontyorlar, sanʼatkorlar hamda keng jamoatçilikni öz bağrida jamladi.

Bayram dasturida milliy madaniy markazlarning qöşiq va raqslardan iborat çiqişlari namoyiş etilib, turli millat vakillarining boy madaniyati va anʼanalari bir sahnada uyğunlaştirildi. Tadbir yakunida faol iştirokçilar turli nominatsiyalar böyiça  taqdirlandilar.

Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi “Çaroğbon” mahallasida davom etgan  tantanalarda sözga çiqqan masʼul rahbar va mutasaddilar mamlakatimizda millatlararo totuvlik, özaro hurmat va bağrikenglik — yuksak qadriyatlardan biri ekanini alohida eʼtirof etdilar.

Dastur davomida mahalla hududidagi 21-maktab öquvçilari hamda tuman madaniyat bölimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan kuy-qöşiqlar, raqslar va badiiy çiqişlar iştirokçilarga xuş kayfiyat ulaşdi.

Xorazm viloyatining Urganç tumanidagi “Hamid Olimjon”  mahallasida ham mazkur  tadbirlar  kötarinki kayfiyatda taşkil qilinib, uşbu loyihalarda keksa, örta va yoş avlod vakillarining qizğin iştiroki taʼminlandi.

Tadbirlar yakunida faol iştirokçilarga taşakkurnomalar, esdalik sovğalari hamda kitoblar jamlanmasi topşirildi.

Bir söz bilan aytganda, 30 iyul — Xalqlar döstligi kuni bayrami tantanalari bugungi Yangi Özbekistonimizda hukm surayotgan öziga xos va boqiy qadriyatlar — tinçlik, döstlik, bağrikenglik va totuvlik anʼanalarini butun böy-basti bilan yaqqol namoyon etdi.

Darhaqiqat, yurtimizda boqiy qadriyatlarimiz barhayot va bardavom ekan, mamlakatimizning yuksak taraqqiyoti, xalqimizning porloq istiqboliga aslo şubha yöqdir.

Bahodir Valiyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan