Farğona tumani hokimi Nodirjon Maşrapov “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Novkent”dagi 98 yoşli frontorti mehnat faxriysi Qurvonbi ona Yakubova holidan xabar oldi.
Samimiy ruhda keçgan suhbat davomida nuroniyning salomatligi, yaşaş şaroitlari va kundalik ehtiyojlari örganildi. Fayzli xonadonda keksa avlod vakillariga körsatilayotgan hurmat va ğamxörlik Yangi Özbekiston siyosatining eng ustuvor va insonparvar yönalişlaridan biri ekani alohida eʼtirof etildi.
Nodirjon Maşrapov, Farğona tumani hokimi:
— Qurvonbi ona kabi matonatli nuroniylarimiz bizning maʼnaviy suyançimizdir. Ularning bosib ötgan maşaqqatli hayot yöli yoşlar uçun haqiqiy ibrat maktabi sanaladi. Nuroniylarning duosini oliş, ularga munosib şaroit yaratiş — biz uçun eng muhim vazifadir.
Hokim Qurvonbi ona Yakubovaga mustahkam soğliq va uzoq umr tilab, esdalik sovğalarini topşirdi.
Öz navbatida, 98 yoşli onaxon körsatilgan yuksak eʼtibor va ğamxörlikdan mamnun bölib, yurtimiz tinçligi, elimiz farovonligi hamda xayrli işlarga boş-qoş bölayotgan yurtdoşlarimiz haqiga duo qildi.
Maysara Nazarova.