Özgidromet prognoziga köra, avgust oyida örtaça oylik harorat köp yillik örtaça qiymatlarga yaqin böladi. Aniqroği, respublika hududining katta qismida örtaça maksimal harorat +35…+37 darajani, janubda va çöl hududlarda +38…+40 darajani taşkil etişi körsatilmoqda.
Global isiş ortidan yozning oxirgi oyida örtaça oylik harorat kötariliş tendensiyasiga ega. Iyuldan farqli ravişda, avgust oyida 40 daraja va undan yuqori böladigan kunlar soni kamayadi.
Şuningdek, avgust eng qurğoqçil oy bölib, yomğir juda kam yoğadi. Prognozlarga köra, oyning oxiriga kelib, Özbekiston hududiga salqin havo kirişi va harorat asta-sekin 25-30 darajagaça pasayişi ehtimoli bor.
Avgust oyining birinçi yarmida harorat, asosan, keçalari 24-27 daraja, ikkinçi yarmida 17-22 daraja, oyning oxiriga 12-15 darajagaça pasayadi.
Manbaa: hydromet.uz