Milliy yuksaliş va maʼnaviy tiklaniş yölida nuroniylarimizning fidoyiligi, boy hayotiy tajribasi va ezgu anʼanalarni avlodlarga yetkazişdagi örni, ahamiyati yanada oşib, öz samarasini bermoqda. El-yurt hurmatiga sazovor bölgan bunday insonlarni eʼzozlaş maqsadida taʼsis etilgan “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni esa buning yaqqol ifodasidir. Ortda qolayotgan haftada uşbu mukofotning bu yilgi sohiblari Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida öz egalariga topşirildi.
Surxondaryo: El suygan fidoyilar eʼzozlandi
Uzoq yillar davomida halol va fidokorona mehnat qilib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan, el-yurt hurmatini qozongan faxriylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Termizning “Grand Almaz” tantanalar saroyida ötkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev, jamğarmaning viloyat bölimi raisi Orziqul Soatov, şuningdek, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, nuroniylar hamda keng jamoatçilik iştirok etdilar.
Tantana avvalida viloyat hokimi sözga çiqib, faxriylarni qutladi. Uluğbek Qosimov otaxon va onaxonlarimizning mamlakatimiz ravnaqi, yurtimiz obodligi va eng muhimi, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdagi ulkan hissasini alohida eʼtirof etdi.
Marosimning eng hayajonli daqiqalarida eʼzozli nuroniylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari, bir martalik pul mukofotlari hamda viloyat hokimligining esdalik sovğalari topşirildi.
Tadbir bayramona konsert dasturiga ulandi. Viloyat madaniyat boşqarmasi, Özbekiston davlat filarmoniyasi viloyat hududiy bölimi hamda “Maqom” ansambli ijodiy jamoalari tomonidan hamkorlikda tayyorlangan dilrabo navolar yiğilganlarga kötarinki kayfiyat va unutilmas taassurot ulaşdi.
Obidjon Jörayev,
Surxondaryo viloyati.
Cirdaryo: Ular hamişa yuksak izzat-ikromga munosib
Elim, yurtim deb halol va fidokorona mehnat qilgan, umrini farzandlar tarbiyasiga, fan, madaniyat, taʼlim, soğliqni saqlaş va huquqşunoslik sohalari rivojiga bağişlagan insonlar doimo el-yurt ardoğida. Sirdaryo viloyatida ham ana şunday tabarruk nuroniylarni eʼzozlaş, ularning köp yillik ibratli hayot yöliga yuksak ehtirom körsatiş xayrli anʼanaga aylangan.
Guliston şahridagi “Zomin” tantanalar saroyida viloyatning şahar va tumanlaridan kelgan 47 nafar fidoyi nuroniy “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Sirdaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Köşakov, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev hamda jamğarmaning viloyat bölimi raisi Ötbosar Abdiyev yurtimizda inson qadri, ayniqsa, keksa avlod vakillariga körsatilayotgan ğamxörlik va ehtirom xususida töxtalişdi.
Mukofotlanganlar orasida fidokorona mehnati va kamtarinligi bilan el orasida çuqur hurmat qozongan zamondoşlarimiz borligi davraga alohida fayz bağişladi. Xususan, I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni topşirilganlar orasida Guliston davlat universitetida çorak asrdan buyon yoşlarga taʼlim berib kelayotgan, “Xalqlar döstligi” ordeni sohibasi, “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi Öğiloy Erbötayeva ham bor.
Tadbirda huquqşunoslik fanlari nomzodi Rustambek Turdiyevning nomi eʼlon qilinganida, gulduros qarsaklar bilan kutib olindi. Ular öz davrida “Mirzaçöl burguti” nomini olgan maşhur rais, 3 nafar Mehnat Qahramonini yetiştirib çiqargan Abdunazar ota Turdiyevning farzandi. “Oltin zanglamaydi”, deydilar. Hayot çorrahalarida turli sinovlarga duç kelgan bölişiga qaramay, Rustambek Turdiyev matonat va kuçli iroda körsatib, bugungi kunda ham el-yurt xizmati, jamoat işlarida va yoşlar tarbiyasida kamarbasta bölib kelmoqda. I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bu mehnatning adolatli eʼtirofi böldi.
Uşbu quvonçli kunda Guliston şahridagi taniqli maʼrifatparvar, 90 bahorni qarşi oliş arafasida turgan Özbekistonda xizmat körsatgan öqituvçi Abduğani Jöliyev ham şogirdining yonida böldi. Uning şogirdi xalq taʼlimi fidoyisi, Sirdaryo viloyati Kengaşi deputati, “Adolat” SDP Sirdaryo tumani kengaşi raisi Salohiddin Elmurodovga I darajali “Mehnat faxriysi”kökrak nişoni topşirildi.
Tantanali taqdirlaş marosimidan söng viloyat madaniyat boşqarmasi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyiş etildi.
Oybek Esirgapov,
“Nuroniy” jamğarmasi Sirdaryo viloyati bölimi mutaxassisi.