Oilalardagi janjalli Holatlar, ajrimlarning asl sabablarini örganiş jarayonida, zamon, davr özgarişi barobarida, yaşaş tarzimiz, şu bilan birga, qaraşlar ham özgarganligini seziş mumkin…

Bundan 20 yoki 30 yil oldingi “teraklar” qirqilib ketganligi, keçagi kunlar bugungi kunlarga aslo töğri kelmasligi, biz, keksalar, töğriroği, qaynota-yu qaynonalar mavjud vaziyatni töğri tuşunişimiz lozimligi, yoşlarga faqat şaroit emas, imkoniyatlar ham yaratib berişimiz zarurligi — oila tinçligi hamda farovonligining muhim omili ekanligi heç kimga sir bölmay qoldi…

Yoşlar, yoş oilalar bilan suhbatlaşganimda, şunga amin böldimki, köpdan-köp oilalardagi janjallarda onalar bilvosita yoki bevosita sababçi bölib qolişyapti. “Qanaqasiga, qaysi ona bolasining uyini, tinçini buzişi mumkin?!” degan haqli savol tuğiladi. Javob esa oddiy:  biz, onalar öğil yoki qizimizni birinçi galda oilaga tayyorlaşimiz, biror kasb yoki hunar egasi qilişimiz, farzandimizni mustaqil fikrlaş darajasida tarbiyalaşimiz zarur.

Şu bilan birga, zamonga qarab, fikrimizni özgartirişimiz ğoyat zarur. “Bizning davrimizda…”, “Bizning kelinligimizda…”, “Men yoşligimda…”, “Biz ham kelin edik, biz ham bolalik bölgan edik”, — degan ibora-yu qaraşlarni mutlaqo luğatimizdan  çiqarib taşlaşga töğri keladi.

Oila faqat sabru çidam maskani emas, osoyiştalik, xotirjamlik barq urib turgan halovat oşyoni bölişi kerak. Yoş niholdek kelin u yerda yayrab-yaşnasin. Yegani öziga yuqsin.

Töğri, turmuşda sabr qiliş kerak, ammo turli jabr va zulm, nohaqliklarga çidab yaşaş şart degani emas-da, axir.

Rohat bilan toqatning farqi bölganidek, sabr bilan çidamning ham osmon bilan yerça farqi bor.

Hozir nima iş bor, kirni maşina yuvsa, uyni maşina tozalasa, deymiz. Lekin 4 ta mehmon kelsa, 40 ta idiş çiqişini hisobga olmaymiz. Ilgari aka-uka, opa-singil bitta kosadan ovqat içardi. Şaxsan özimiz xuddi şunday katta bölganmiz. Hozir hatto bir yaşar bolaga ham uçta idiş tutiladi. Ilgarilari bir mahal qozon osilardi. Hozir esa 3 mahal ovqat qilinadi. Şunga yaraşa taşviş, idiş-tovoq deganday. Avvallari hamma bola bitta körpada yotardi. Hozir esa odamdan ham töşak köp, undan ham yiğiştirilişi lozim bölgan xonalar köp. Ilgari hovliga suv sepib supurilardi, hozir esa hovlilar yuviladi. Ilgarilari turli salat va pişiriqlar tayyorlanmas, har safar ovqatlanayotganda ustma-ust noz-neʼmatlar dasturxonga tortilmasdi. Hozir-çi, salat va pişriqlarni tayyorlaşning öziga bir dunyo vaqt sarflaymiz va ularni töq qoringa yeyiş uçun dasturxonga tortamiz.

Ilgarilari qaynonalar uyda ötirardi, kelinlarga eng yaqin yordamçi, kömakçi edi. Uzr-ku, hozirgi qaynonalar çoyxona, gap-gaştakdan böşaşmaydi. Avvallari qaynonalar oilada “advokat” edi. Har bir işda kelinlarining yonini olib turişardi.  Hozir esa ayrim oilalarda ular faqat “qoralovçi”.

Ilgari bolalar otadan hamma narsada maslahat, izn sörardi, undan ötib özboşimçalik bilan bir işni qilişga andişa qilardi. Çunki otalar bir sözli, “zarda”li kişilar edi. Hozir esa unday emas. Yanada taassufli joyi şuki, köpçilik yigitlarda masʼuliyatning yöqligi, oila boşqaruvida “onasining etagidan tutib olgani”, hatto uyalmay onasi va xotini örtasida gap taşuvçiga aylanib qolayotganligi inson taʼbini  xira qiladi. 

Bu fikrlarim bilan yoşlar beayb demoqçi ham emasman. Ammo yoşlar bamisoli yangi nihol, nozik bir novda. Ularni qarsillatib sindiriş emas, avaylab egiş zarur.

“Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq”, degan donişlar. Biz, onalar, ayollar bugungi eng gözal davrda, farovon zamonda yaşar ekanmiz, taraqqiyotdan orqadan qolmay, özimizni isloh qilişimiz, qadimgi onalarimiz kabi keng feʼlimiz, fahmu farosatimiz, bilimimiz va tajribamizni işga solib, zamonaviylaşişimiz kerak. Zero, farzandu nabiralarimiz baxtu kamoli, ularning xotirjam va totuv oilada unib-ösişlari biz, kattalarga  boğliq.

Nodira Böstonova,

Zarbdor tumani

“Toşkesgan” MFY

faol nuroniysi. 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan