Urganç şahar “Mini akkumulyator” masʼuliyati çeklangan jamiyatIga kiraverişda çap tarafida çiroyli qilib taraşlangan arça daraxtlari ajib manzara kasb etgan. Salobatli va qator arçalar orqasida unça katta bölmagan hovuz, undan keyin mevazor boğ ham hududga gözallik baxş etadi.
Korxonada köksini “Mehnat şuhrati”, “Döstlik” ordenlari va qator medallar bezagan salobatli, yoşiga nisbatan ança çaqqon, yuzidan nur yoğilib turgan Arslon aka Qalandarov bizni yaxşi kayfiyatda kutib oldilar.
Arslon akaning bolalik vaqti Urganç şahrida ötgan. Yoşligidan aviatsiyaga qiziqdi. Şahardagi “Yoş aviatexniklar” guruhida taʼlim olgan. U tögarakda samolyot maketini közdan keçirar ekan, turli savollar fikru xayolini band etardi. Uning samolyotga qiziqişi aviatsiya bilim yurtiga yetakladi. U imtihonlardan muvaffaqiyatli ötib, Rossiyaning Tambov viloyati Kirsanov şahridagi aviatsiya bilim yurtida tahsil oldi.
…Sobiq tuzum davrida kim nima bilan şuğullanişini, qaysi samolyotdan nima maqsadda foydalanilişini faqat markaz hal qilardi. Urganç aeroportida mehnat qilgan Arslon akaning köp vaqti safarda ötardi. Yigirma tört yoşida Arslon aviatsiya sohasidagi şartnomasi tugagaç, böş yurmadi. U “Uzselxoztexnika” Xorazm viloyat boşqarmasida turli rahbarlik vazifalarida — dastlab transport bölimining boşliği, keyinçalik ehtiyot qismlar bölimi muhandisi, keyin esa çorvaçilik uskunalarini taʼmirlaş va texnik xizmat körsatiş bölimi va moddiy texnika taʼminoti bölimi boşliği vazifalarida samarali mehnat qildi.
1986 yilda “Uzselxoztexnika” Xorazm viloyati boşqarmasi qoşida Urganç taʼmir mexanika zavodining işga tuşirilişi zarurati tuğildi. Arslon akaning yuksak salohiyatidan xabar topgan boşqarma rahbariyati uni zavodning taʼmir mexanika bölimiga boşliq örinbosari lavozimiga tayinlaşdi.
Işbilarmon Arslon aka vaqt topdi degunça dalaga — mehnatkaşlar yoniga otlanar, muammolarini hal etardi. Uning mehnatsevarligini körgan boşqa taşkilotlar rahbarlari u bilan işlaşni istar edilar. Şulardan biri “Sredaztransgaz” davlat korxonasi edi. Mazkur korxonaning vazifasi uzoq ölkalarni gaz bilan taʼminlaşdan iborat bölib, vaqt ötişi bilan gaz haydaş kompressorida işlatiladigan barça texnikalarning akkumulyatorlari eskirib, javhari tugab qolardi. Ayniqsa, qiş kunlari bu muammo köproq uçrar, akkumulyator ehtiyoji hayotiy zaruratga aylangan edi.
— Bir muammo bizni köp vaqtdan buyon qiynab kelmoqda. Yuqori taşkilotlardan yuborilgan akkumulyatorlar yetarli emas. Texnikalarning betöxtov işlaşini taʼminlay olmayapti. Akkumulyatorlarni Rossiya davlatidan olib kelişimiz kerak. Bu topşiriqni faqat siz uddalay olasiz, — dedi boşqarma boşliği Arslon akaga.
Bu vaqtga kelib, Arslon Qalandarov hayotiy tajribaga ega, har qanday maşaqqatlarga bardoş bera oladigan xodim bölib yetişgan edi. Uning falsafasi şunday. Faqat qalban mehnatkaş insongina maşaqqatlardan qörqmaydi. Arslon aka safarlardan katta taassurotlar bilan qaytardi. U safar çoğida zavoddagi har bir stanokning vazifasini, undan foydalanişni örganardi.
Unga özi tuğilib ösgan yurti — Urgançda akkumulyator zavodini taşkil etiş fikri tinçlik bermasdi. Şu bois ham Xabarovsk ölkasida joylaşgan Komsomolsk na Amure şaharçasidagi zavodda akkumulyator işlab çiqariş sir-asrorlarini örgandi va kredit hisobiga mazkur akkumulyator zavodidan yiliga 100 000 dona akkumulyator işlab çiqariş qudratiga ega bölgan liniyani olib keldi. Kiçik zavod işonçni oqladi. Rejada belgilangan mahsulotlar öz vaqtida işlab çiqarilib, respublika böylab tarqatildi.
Oradan yillar ötib, tadbirkorlarni şaxsan Prezident qöllab-quvvatlayotgani, ularga işonç bildirayotgani, bu borada qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilayotgani Arslon akaga yanada şijoat bağişladi. Mahsulot turini köpaytiriş uçun Xitoy davlatiga safar qildi. Mijoz bölib borgan Arslon aka ulardan köp narsalarni örgandi. Şartnoma asosida kerakli mahsulotlarni olib keldi.
Hozirda mini zavod Jizzax akkumulyator zavodi bilan hamkorlikda işlamoqda. Bugungi kunda turli dizayndagi monobloklar ham işlab çiqarilmoqda. Şu bilan birga, Xorazmda işlab çiqarilayotgan “Damas” rusumli avtomobillar uçun işlatiladigan 5 turdagi mahsulotlarni yetkazib beriş ham yölga qöyilgan.
Xorazm — muqaddas qadamjolar yurti. Bu yerdagi tarixiy obidalar barçani hayratga soladi. Mamlakatimiz rahbarining içki turizmni rivojlantiriş töğrisidagi qarorlari talablarini bajariş hamda çet davlatlardan keladigan sayyohlar uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida korxona qoşida 50 örinli zamonaviy mehmonxona qurilib, foydalanişga topşirildi.
Bugun mamlakatimizning barça hududlarida quriliş-bunyodkorlik işlari yuqori surʼatlarda davom etmoqda. Urganç “Mini akkumulyator” masʼuliyati çeklangan jamiyatida suv quvurlarini işlab çiqariş yölga qöyilgan. Sovuq va issiq suv uçun möljallangan 20 millimetrdan to 60 millimetrgaça ölçamga ega bölgan quvurlar uçun talab juda yuqori.
Qahramonimiz mamlakatimizda eksportbop mahsulotlarni işlab çiqarişni rivojlantiriş hamda tadbirkorlarni rağbatlantiriş maqsadida ötkazilayotgan tanlovlarning faol iştirokçisidir. Respublikada “Eng yaxşi tadbirkor” deb topilgan Arslon aka ayni paytda saxovatpeşalikda ham köpçilikka örnak bölib kelmoqda. U 120 nafar oilani gaz, çiroq va suv bilan taʼminlaşda yordam berdi. 20 dan oşiq taşkilot va öquv yurtlariga homiylik işlarini amalga oşirdi.
Uning xonadoni jamiyatimizning eng ibratli oilalaridan biri hisoblanadi. Turmuş örtoği Zumradxon opa bilan 5 nafar farzandning sevimli ota-onasi, 17 nevara, 6 evaraning eʼzozli bobosi va buvisidir. Ular 57 yillik oilaviy hayot mobaynida turmuş qiyinçiliklarini bir-birlariga dalda bölib, matonat bilan yengib keldilar. Bugungi saodatli kunlar şunday yelkadoşlikning mukofotidir.
Xulosamiz şuki, “Mehnat şuhrati” va “Döstlik” ordenlari, qator medallar sohibi bölgan Arslon Qalandarov umrini fidoyilik, mardlik bilan bezagan inson.
Muhiddin NAVRÖZALIYEV,
Xorazm viloyati.