Joylarda faol keksalarimizning boy tajribasiga tayanib, “Kambağallikdan —farovonlik sari” dasturi doirasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Surxondaryo viloyati Şörçi tumanidagi amaliy taşabbuslar fikrimizga yorqin misol. Tumandagi mahalla faollari va nuroniylar xonadonma-xonadon yurib, kömakka muhtoj oilalarni aniqlaş, ularga amaliy yordam beriş, yoşlar bandligini taʼminlaş va tadbirkor oilalar tajribasini ommalaştirişga alohida eʼtibor qaratyapti. Tumanning “Köklam” mahallasi “Akram Şamkayev” köçasida yaşovçi Qahhor ota Norqulov yillar davomida halol mehnatni hayotining mazmuniga aylantirgan insonlardan.
Mehnatda suyagi qotgan otaxon bugun ham tomorqaçilik va çorvaçilik bilan samarali şuğullanib, oilasi farovonligini taʼminlab kelmoqda. Har bir qariç yerdan unumli foydalaniş, mehnat orqali rizq topiş va halol daromad qiliş — Qahhor ota hayotining boş mezoni. Uning tomorqasida yetiştirilayotgan mahsulotlar va parvarişlanayotgan çorva nafaqat oila ehtiyojini qoplaydi, balki mahalla yoşlari uçun mehnatsevarlikning yorqin namunasi bölib xizmat qiladi. Zero, çinakam baraka yerga mehr, mehnatga sadoqat va sabr ortidan keladi.
— 15 sotixli hovlimizda bir qariç ham böş joy yöq, — deydi Qahhor ota Norqulov. — Kartoşka, pomidor, sabzi, baqlajon, bulğor qalampiri va bodring kabi kundalik rözğor uçun zarur bölgan barça mahsulotlarni özimiz yetiştiramiz. Boğimizda mevaning ham har turidan bor: erta bahordan boşlab, keç kuzgaça daraxtlardan uzib yeymiz. Oilamiz unçalik katta bölmagani uçun mahsulotlarning ortganini mahalladoşlarimiz va ehtiyojmand oilalarga ulaşamiz. Şaroitimizga yaraşa çorvaçilikni ham yölga qöyganmiz. Qöramizda doim 10-15 boş qöy, 4-5 boş qoramol böladi. Har bahorda 10-15 boş qöziçoq sotib olib, kuzgaça boqamiz va yem-haşak pulini çiqariş uçun sotamiz.
Qahhor ota keyingi paytda çet eldan keltirilgan zotdor buzoqlardan ham ikkitasini sotib olib, parvarişlayotganini, töğri qaralsa, ularning vazni tez orada bir tonnadan oşişi va bu ham oila byudjetiga yaxşigina daromad bölişini taʼkidladi. Otaxonning sözlariga köra, turmuş örtoği uzoq yillar maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyaçi bölib işlagan va hozir nafaqada bölsa-da, uyda bekor ötirmaydi. U boğ işlariga qaraşiş bilan birga, parrandalarni parvarişlab, jöja oçiradi, tovuq va kurkalarni köpaytiriş bilan şuğullanadi. Öğli Jasur esa tadbirkorlik bilan band. Nuroniy oilada hamma harakatda bölgani uçun ham dasturxonlari tökin, hayotlari farovon ekanini mamnuniyat bilan tilga oldi.
Qahhor ota mahalla faollari bilan yoşlar uçraşuvlariga çiqqanida bir nasihatni takrorlaşdan çarçamaydi: “Harakatda — barakat, bolalarim. Mehnat qilsangiz, kam bölmaysiz, ham soğliqni tiklaysiz, ham orzu-havasingizga yetasiz. Dangasalikni aslo kasb qilmang, u odamni el içida beobrö qiladi, barakani qoçiradi. Umr — omonat, vaqt — ğanimat”.
Ha, qirq yil davomida taşkilotlarda yuk maşinasi haydab, halol mehnat qilgan, nafaqaga çiqqaç ham tinim bilmay oilasi, mahallasi va yurti obodligiga hissa qöşayotgan Qahhor ota kabi nuroniylarimiz borligi jamiyatimizning çin maʼnodagi boyligi va faxridir.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.