Andijon davlat texnika institutining gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Zulfiyaxon Aripovaning hayot va mehnat yöli nihoyatda mazmunli, ibratga loyiq sahifalardan iborat desak, aslo yanglişmagan bölamiz.
Zulfiyaxon Aripova 1980 yili Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning falsafa va iqtisod fakultetini tamomlab, mazkur oliy taʼlim dargohida öqituvçi sifatida iş boşlagan.
Pedagoglik faoliyati yillar davomida sayqal topdi. Keçagi yoş öqituvçi bugun tajribali pedagog, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. Yuzlab şogirdga yöl körsatgan ustoz sifatida el-yurt hurmatiga sazovor.
Falsafa — insonni fikrlaşga, savol berişga, hayot mohiyatini anglaşga örgatadigan ilm. Bu fanni öqitiş esa çuqur bilim bilan birga, keng dunyoqaraş, yuksak maʼnaviyat va katta pedagogik mahoratni talab etadi. Zulfiyaxon Aripova ana şu masʼuliyatni yurakdan his etib, öz faoliyatini ilmiy izlanişlar bilan uyğunlaştirib keldi. U 2012 yilda “Şaxs axloqiy fazilatlari takomilida milliy maʼnaviyat va umuminsoniy qadriyatlarning özaro aloqadorligi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2013 yildan gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Olimaning ilmiy faoliyati ham salmoqli. Uning 100 dan ortiq ilmiy maqolalari, respublika va xorijiy ilmiy naşrlar hamda ilmiy-amaliy anjumanlarda eʼlon qilingan işlari, 4 ta monografiya, 1 ta öquv qöllanma, 1 ta elektron darslik va qator öquv-uslubiy qöllanmalari uning uzluksiz ilmiy izlanişlari natijasidir. Zulfiyaxon Aripova rahbarligida köplab iqtidorli talabalar respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda öz maqolalari bilan iştirok etib kelmoqda. Ayniqsa, Ruşana Rustamova, Saidabror Yusupov, Ibodatoy Hakimova, Zilola Jalolova, Dilnoza Hakimova kabi iqtidorli yoşlarning turli nomdagi davlat mukofotlariga sazovor bölişlarida ustozning mehnatlari katta.
Zulfiyaxon opa zamonaviy taʼlim talablariga moslaşişni hamişa öz faoliyatining muhim qismi deb biladi. U talabalar va magistrlarga falsafa hamda ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars berib kelmoqda. 2016 yilda uning pedagogik mahorati respublika miqyosida munosib eʼtirof etildi. “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxşi pedagogi” tanlovining respublika bosqiçida iştirok etib, “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qöllaydigan eng yaxşi pedagog” nominatsiyasi böyiça ğoliblikni qölga kiritdi.
Zulfiyaxon Aripovaning pedagogik salohiyati xalqaro hamkorlik jarayonlarida ham namoyon bölib kelmoqda. 2023 yilda Qozoğiston Respublikasining M.Avezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universitetida falsafa fani yuzasidan öqigan maʼruzasi va ötkazgan amaliy maşğuloti yuqori baholanib, sertifikat bilan taqdirlandi.
Bu kabi hamkorlik tadbirlari nafaqat tajriba almaşiş, balki özbek oliy taʼlimi va ilmiy-pedagogik salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etiş nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
Zulfiyaxon Aripovaning faoliyati faqat kafedra va auditoriya bilan çeklanib qolmagan. U uzoq yillar davomida institut yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar qömitasi boşlanğiç taşkiloti raisi, murabbiylar kengaşi raisi, fakultet sifat komissiyasi raisi kabi masʼuliyatli jamoat vazifalarini bajardi. Bu vazifalarni bajariş barobarida u yoşlar bilan işlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil etiş, jamoada soğlom muhitni şakllantirişga munosib hissa qöşdi.
Zulfiyaxon opa oilada ikki öğil va bir qizning onasi, nevaralarning mehribon buvisi. Farzandlarining ham magistratura va doktorantura bosqiçlarida ilmiy-tadqiqot işlari bilan şuğullanayotgani oiladagi ilm-maʼrifatga nisbatan yuksak munosabatni namoyon etadi.
Olimaning 44 yillik pedagogik faoliyati davomida qançalab avlod vakillari bilan muloqot qilib, talabalarga saboq bergani, neçalab yoşlarni ilm yöliga boşlaganini köz oldimizga keltiradigan bölsak, ustozdagi ulkan tajriba va salohiyatni yaqqol anglaymiz, albatta.
Qirq tört yil… Bu yillarda auditoriyalarda minglab yoşlar bilan uçraşuvlar, ilmiy izlanişlar, kitoblar va maqolalar, şogirdlar yutuği, jamoat işlari, ustozlik masʼuliyati, inson kamoloti yölidagi fidoyilik mujassam.
Barno HAYDAROVA,
jurnalist.