“Nuroniy” jamğarmasi Yozyovon tumani bölimining faol nuroniysi,  bu yil tabarruk 80 yoşga tölgan Ahmadjon bobo Ismoilovni “Jadid bobo” deyişadi. Otaxonning ibratli hayot yöli, faolligi yoşlarga çin maʼnoda örnak bölmoqda.

—   2016 yil 30 dekabr kuni televizorda hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning respublika olimlari bilan uçraşuvi va suhbatini körib qoldim. Anjumanda davlatimiz rahbarining fikrlari  meni hayratga soldi  va hayotimda buriliş yasadi, — deb gap boşladi Ahmadjon aka biz bilan suhbatda. — Öşanda Prezidentimizning olimlarga murojaati menga şunday taʼsir qildiki, yiğiliş tugaşi bilan qölimga qoğoz-qalam olib, taassurotlarimni qoğozga tuşirdim. Ijodiy hamkorim Alişer Toşqulov bu fikrlarimni  öşa paytda naşrga berilayotgan kitobimiz — “Toşhovuz va toşhovuzliklar”ga kiritib yuboribdi. Faolligim ana şundan boşlangan.

Bugun faxriylar va nuroniylarga davlatimiz tomonidan berilayotgan eʼtibor Ahmadjon bobo Ismoilovning ham ğayratiga ğayrat qöşmoqda. Şu bois, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yozyovon tumani bölinmasi boşliği Faxriddin Yuldaşev uni maʼrifat tarğibotçilari guruhiga taklif qilganida juda xursand böldi. Öquvçilar, talabalar, mahalla fuqarolari, nuroniylarni körganimda juda yayrayman. Ularga hozir Özbekistonimizda keçayotgan jarayonlar, el-yurtimiz farovonligi yölida Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan işlar, Özbekistonning xalqaro maydonda ortib borayotgan obrösi haqida köproq bildirgim keladi.

Bir neça yil oldin bir uluğ inson olamdan ötib qoldilar. U kişining fotihasida ötirib, xayolimga bir fikr keldi: Nega şunday uluğ insonlar haqida yozilmaydi?! Agar biror amaldor ötib qolsa, darhol taʼziyanomalar va xotiranomalar yozamiz. Marhum oddiy inson. U kişi traktorçi, imoratsoz usta, oşpaz, görbon bölganlar, komil inson edilar. Kişilarga har tomonlama ibrat bölganlar. Bu haqda ijodkor döstlarim bilan maslahatlaşdim. Keçasi ötirib yozdim. Maqolani tuman gazetasi — “Markaziy Farğona”da çop etişdi.

Şundan söng ijodkor döstlarim bilan  tuman tarixini  birga yozişni maslahatlaşdik. Avvaliga “Yozuvçi emasman-ku, yozişni bilmasam” degan andişam  bor edi. Biroq döstim “Yoziş mana şu-da”, deb menga gazetadagi maqolamni körsatdi. Şu kundan ijodim boşlandi.

— Sizni yozyovonliklar “jadid bobo” deyişadi, buning sababi nimada? — deya sörayman Ahmadjon  akadan.

— Bizning Toşhovuz qişloğimizda Usta Mahmudjon ismli şoir, tarixçi, öta bilimdon ulamo inson ötganlar. Dastlab “jadid” degan sözni öquvçilik paytimda öşa uluğ zotdan eşitganman.  U kişi “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon” kitoblari haqida gapirib, yozuvçi Abdulla Qodiriyni jadid bölgan, uni ana şu jadidligi uçun otib taşlaşgan degan edilar. Şundan keyin menda jadidlar kimligini bilişga qiziqiş kuçli bölgan. Bu orzuimga muqaddas neʼmat — mustaqillik tufayli erişdim. Televideniye va matbuotda jadid bobolarimiz haqida körsatuvlar, maqolalar berila boşlandi. Men bu körsatuv va maqolalarni köp yillar kutganim uçun qoldirmay körişga, öqişga harakat qildim. Ular haqida çiqqan kitoblarni töpladim. Prezidentimiz taşabbusi bilan “Jadid” gazetasining çop etila boşlangani  men uçun ayni muddao böldi.

2024 yil 1 yanvar kuni “Madaniyat va maʼrifat” telekanalidagi “Jadid” gezetasining taʼsis yiğilişini qölimda ruçka va bloknot uşlagan holda tikka turib xayajon bilan tinglaganman. Yiğiliş tugaşi bilanoq  “Men jadidman” deb sarlavha qöyib, taassurotlarimni yozganman. Öşandan beri “Jadid” gazetasining aşaddiy öquvçisi va tarğibotçisiman. Öz taşabbusimizga köra, bir döstim bilan poytaxtdagi tarix institutida uluğ jadid bobomiz Mahmudxöja Behbudiyning 150 yilligiga bağişlab ötkazilgan konferensiyada iştirok etdim. Meni “Jadid bobo” deb ataşlari bilan faxrlanaman. “Milliy tiklaniş” gazetasining 2023 yil 13 dekabr sonida Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzoning “Jadidlar” şeʼrini öqib qoldim. Bu şeʼr menga yoqib qoldi va öylantirib qöydi. 2023 yil 26 dekabr kuni  Toşkent şahrida Respublika madaniyat sohasi xodimlarining kengaytirilgan kengaş yiğilişida Prezidentimiz qatnaşib, “Jadidlar” şeʼri haqida iliq fikrlar bildirdilar. Men uşbu şeʼrni yodlab, öqib, ijtimoiy tarmoqlarda maşhur ham böldim. Şu şeʼr tufayli maşhur jadidşunos olim Bahodir Karim bilan tanişdim, — deydi Ahmadjon aka.

Ahmadjon aka tomorqadan unumli foydalaniş böyiça ham ibratli işlarni amalga oşirmoqda. Uning  26 sotix limonzori bor.

— 1980 yili tomorqaga limon ekkanman, — deydi Ahmadjon aka. —10 yilça oldin öğillarim meni bu sohada ham “nafaqaga” çiqarişdi. Böş qoldim. Kunlarning birida meni 34-maktabga çaqirib qolişdi. Maktablarda kuzatuv kengaşi taşkil bölib, meni unga rais etib saylaşdi. Şunday qilib, maktab va dars jarayonlarini kuzata boşladim. Maʼlumki, Prezidentimiz xalq taʼlimi, ilm-fan rivojiga katta eʼtibor bermoqdalar. Şundan kelib çiqqan holda, viloyatimiz hokimi Xayrullo Bozorov xalq taʼlimi sohasining sifatini kötariş maqsadida, nuroniylar faoliyati, tajribasidan samarali foydalanişni közlab, tumanlarda xalq taʼlimi böyiça maslahatçi vazifasini joriy qildi. Mening 34-maktabdagi kuzatuv işlarimdan xabar topgan tuman hokimi Dilşodjon Jalilov öziga maslahatçi qilib tayinladi. Bu mening hayotimga yangi mazmun kiritdi. Hozir tumanimizdagi 40 ta maktabni yaxşi bilaman. Maktabdagilar ham meni yaxşi tanişadi. Xalq taʼlimi bölimi bilan hamkorlikda öqiş va öqitiş işlarini Prezidentimiz aytganlaridek yuqori saviyaga kötariş uçun yurakdan  mehnat qilmoqdamiz. Bugungi Yangi Özbekistonimizda mehnat qilgan, izlanganning qadri baland, albatta. Qisqa vaqt içida meni birinçi darajali “Mehnat faxriysi”, “Maʼnaviyat fidoyisi” kökrak nişonlari,  “Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nişoni bilan mukofotlaşdi. Hozirda şu yurtning farzandi sifatida uning yuksalişi uçun oz bölsa-da, hissa qöşayotganimdan behad baxtiyorman.

Muhammadrasul Kimsanboyev,

Farğona viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan