Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi tantanalariga yaqinlaşib borayotgan mana şu kunlarda butun yurtimizni bayram şukuhi qamrab olgan. Joylarda bayram tantanalariga qizğin hozirlik körilmoqda. Davra suhbatlari, uçraşuv va maʼrifiy tarğibot işlari amalga oşirilmoqda.
“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvida ham Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaşga bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi, jamğarmaning hududiy bölimlari masʼul rahbarlari, hamkor taşkilot va muassasalar vakillari iştirok etdilar.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda faol nuroniylar iştirokini kuçaytiriş, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni mazmunli va yuksak badiiy saviyada taşkil etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbosari Şuhrat Usmonov sözga çiqib, mamlakatimiz mustaqilligi — eng uluğ va eng aziz neʼmat bölib, tinçlik, osoyiştalik va taraqqiyotning mustahkam poydevori ekanini alohida taʼkidladi.
Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jörayev öz maʼruzasida bugungi şiddatli davrda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning qalbida milliy özlik va istiqlol ğoyalariga sadoqat tuyğusini mustahkamlaş muhim siyosiy vazifa ekaniga alohida töxtaldi.
Olim, şuningdek, turli mafkuraviy xavf-xatarlarga qarşi maʼnaviy immunitetni şakllantiriş hamda xalqimiz örtasidagi ahil-inoqlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaş Yangi Özbekistonning barqaror taraqqiyotini taʼminlaşiga urğu berdi.
Nuroniylar yoş avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşda faol iştirok etişga çaqirildi.
Şuningdek, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangi Özbekistonning taraqqiyot yöli, xalqimiz birdamligi, vatanparvarlik va bunyodkorlik ğoyalarini keng tarğib etiş, mustaqillik bayramini yuqori saviyada taşkil etiş va ötkaziş, uning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilik, ayniqsa, yoşlar örtasida faol tarğib qiliş böyiça hududlarda amalga oşiriladigan tadbirlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
M. Nazarova.