Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Qaşqadaryo, Farğona va Xorazm viloyatlarida “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohiblari taqdirlandi

Xabar berib borganimizdek, mamlakatimiz böylab uzoq yillar davomida taʼlim, tibbiyot, quriliş va qişloq xöjaligi kabi xalq xöjaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilgan tabarruk nuroniylarimizga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini topşiriş marosimlari taşkil etib kelinmoqda.

Bir piyola çoy ustida, samimiy muhitda keçayotgan bu uçraşuvlar nafaqat nuroniylarimizga yuksak ehtirom körsatiş, balki avlodlar örtasidagi maʼnaviy riştalarni mustahkamlaşga xizmat qilyapti. Şu bilan birga, jamiyat yuksalişi yölida faol qatnaşayotgan otaxon va onaxonlarimizga yangiça şijoat va ğayrat bağişlayotgani ham ayni haqiqat.

Qoraqalpoğiston: TARIX,  bugun va kelajakni birlaştirgan qadriyat

Nukus şahri körkiga körk qöşgan muhtaşam “Oq quş” majmuasida özgaça fayz, tantana va ehtirom şukuhi kezdi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi hamda jamğarmaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi hamkorligida taşkil etilgan “Uç avlod uçraşuvi” tarixiy xotira, bugungi taraqqiyot va porloq kelajakni bir nuqtada birlaştirdi.

Tadbirni kiriş sözi bilan oçgan Jöqorği Kenges raisi Amanbay Örinbayev yurtimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinçligi va farovonligi yölida fidokorona mehnat qilgan, bugungi osoyişta va dorilomon kunlarimizning mustahkam poydevorini yaratgan keksa avlod vakillariga çuqur minnatdorlik bildirdi.

Şuningdek, öz sohasida mahorat maktabini yaratib, yoş avlodga namuna bölayotgan bir guruh faxriylarning faoliyatiga alohida töxtaldi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Orolböyi mintaqasini barqaror rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Tursinxan Xudaybergenov, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev hamda jamğarmaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi Tursinbay Abdijabbarov sözga çiqib, yurtimizda oliy qadriyat darajasiga kötarilgan inson qadrini uluğlaş va avlodlar örtasidagi maʼnaviy köprikni mustahkamlaşga oid fikrlarini bildirişdi.

Suhbat davomida nuroniylarning bosib ötgan maşaqqatli hayot yöli, erişgan yutuqlari va töplagan donişmandlik xazinasi bugungi yoş avlod uçun ğoyat muhim vosita ekanligiga alohida urğu berildi. Bu,  albatta, yigit-qizlarni yuksak marralarni zabt etişga ruhlantiradi, ular qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik va fidoyilik tuyğularini mustahkamlaydi.

Tadbir “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlaş marosimiga ulandi. Köp yillar davomida yurtimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qöşgan, mahallalarda tinçlik-totuvlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlaşda barçaga örnak bölayotgan bir qator nuroniylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni hamda taşkilotçilarning esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.

Marosim yakunida el suygan sanʼat ustalari va umidli yoş ijroçilar tomonidan tayyorlangan katta konsert dasturi namoyiş etildi.

Qaşqadaryo: Mehnat qilgan — elda aziz 

Şu kunlarda mamlakatimiz miqyosida eng uluğ, eng aziz bayram tadbirlari qizğin tus olmoqda. Vatan ravnaqi yölida fidokorona xizmat qilgan, jamiyat rivojiga munosib hissa qöşgan yurtdoşlarimizni eʼzozlaş va rağbatlantiriş uşbu bayramona tadbirlarning boş ğoyasiga aylangan.

Qaşqadaryo viloyatida nuroniylarning el-yurt manfaatlari yölidagi fidoyi xizmatlari eʼtirof etildi.

Jumladan, Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahridagi “Baxtli oila” anjumanlar saroyida qaşqadaryolik bir guruh nuroniylarni taqdirlaşga bağişlangan tantanali marosim va “Uç avlod uçraşuvi” bölib ötdi.

Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev hamda Qaşqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov mukofotlanganlarni qutlab, ularning ijtimoiy hayotdagi va yoşlar tarbiyasidagi faol iştirokini alohida qayd etişdi.

Maʼlumot örnida aytganda, uşbu nufuzli eʼtirofga bu yil viloyatning 50 nafar faol nuroniysi sazovor böldi. Ulardan 26 nafari I darajali, 24 nafari II darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga loyiq körildi.

Marosim davomida keksa avlod vakillariga körsatilayotgan ğamxörlik va yaratilayotgan şaroitlar yuzasidan fikr almaşildi.

— Bugungi tezkor zamonda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş bilan bir qatorda, jamiyatda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yuksaltiriş eng muhim vazifaga aylanmoqda, — deydi Şahrisabz tumanidagi “Yangiobod” mahallasida yaşovçi Orif Mahmudov.  — Çunki moddiy taraqqiyot öz yöliga, lekin yoşlarimizni turli yot ğoyalar, beparvolik va boqimandalik kayfiyatidan asrab qoliş — hammamizning burçimiz. II darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga loyiq körilganimni eşitganimda, avvalo, ana şu masʼuliyatni yanada çuqurroq his qildim.

Tadbir yakunida faol nuroniylar va yoşlarga esdalik sovğalari topşirildi.

Navoiy: Qadri baland keksalar hamişa eʼzozda

Navoiylik nuroniylar eʼtibordan minnatdor.

Şuningdek, tantanali taqdirlaş tadbirlari Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylaşgan “Oqsaroy” majmuasida ham davom etdi. Bir guruh faxriylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlarini topşiriş marosimi ötkazildi. Söz olganlar mamlakatimizda keksa avlod vakillarining jamiyatdagi örnini mustahkamlaş, ularni rağbatlantiriş borasida olib borilayotgan işlar xususida töxtalişdi.

Turli sohalarda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, davlat va jamiyat rivojiga hissa qöşgan fuqarolarning xizmatlari davlat tomonidan qadrlanayotgani taʼkidlandi. Viloyat hokimligi va jamoat taşkilotlari vakillari iştirokida ötgan tadbirda  “Nuroniy” jamğarmasi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev sözga çiqib, nuroniylarning jamiyatdagi tinçlik-totuvlik va barqarorlikni taʼminlaşdagi rolini yuqori baholadi.

— Insonning köp yillik halol mehnati davlat tomonidan qadrlanişi har bir faxriy uçun katta şaraf va masʼuliyatdir, — deydi “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi Xudoyberdi Navrözov. — Bugun yurtimizda keksa avlodga körsatilayotgan yuksak hurmat va eʼtiborni har birimiz öz hayotimizda his qilib turibmiz. Bu esa biz, nuroniylarni yanada faol bölişga, yoşlarga öz bilim va tajribamizni ulaşişga undaydi. Yoşlarga aytar gapim: Vatan taraqqiyotining eng mustahkam poydevori  halol mehnat, ilm va yurtga sadoqat asosiga quriladi. Şu qadriyatlarga sodiq bölsak, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşa olamiz.

Albatta, bu kabi eʼtibor va rağbat keksa avlod vakillarining jamiyat hayotidagi nufuzini yanada oşiriş, ularning boy tajribasidan samarali foydalaniş hamda yurt tinçligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Farğona:  Sovrindorlar ehtiromdan mamnun

Insonning yillar davomida töplagan boy hayotiy tajribasi va halol mehnati heç bir boylik bilan ölçab bölmaydigan eng katta maʼnaviy xazinadir. Ayniqsa, bugungidek tezkor va murakkab zamonda hayotning aççiq-çuçugini tatigan, bosib ötgan yöli bilan yoşlarga ibrat böla oladigan tabarruk nuroniylarimizga suyaniş, ularning ögit va maslahatlariga quloq tutiş jamiyat muvozanatini va maʼnaviy barqarorligini saqlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu bois, keksa avlod vakillariga ehtirom körsatiş, mehnatini munosib eʼtirof etiş mamlakatimizda xayrli va bardavom anʼanaga aylandi. Şu kabi ezgu va kötarinki tadbirlardan biri Farğona şahridagi «Wine Garden» majmuasida bölib ötdi va köp yillik halol va fidokorona mehnati, jamiyat taraqqiyotiga qöşgan munosib hissasi bilan el-yurt hurmatini qozongan faxriylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari tantanali topşirildi.

Bayramona ruhda taşkil etilgan marosimda viloyat hokimi örinbosari Xurşidjon Ahmedov, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi  örinbosari Şarof Ubaydullayev, jamğarmaning viloyat bölimi raisi Zokirjon Rahmonov, keng jamoatçilik vakillari hamda turli sohalarda samarali mehnat qilganlar jam bölişdi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi örinbosari Xurşidjon Ahmedov Farğona viloyati hokimining nuroniylarga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi. Unda keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning boy hayotiy tajribasini örganiş, ustuvor vazifalardan biri ekani alohida taʼkidlandi.

Bugun Farğona viloyatida 442 mingga yaqin tabarruk nuroniy istiqomat qilmoqda. Ular orasida Ikkinçi jahon uruşining 5 nafar qatnaşçisi va ularga tenglaştirilgan faxriylar, 310 nafar frontorti mehnatkaşi hamda asr bilan tenglaşgan — 100 yoşdan oşgan 49 nafar tabarruk keksalarimiz borligi diqqatga sazovordir.

Tadbirda yurtimizdagi tinçlik, dorilomonlik va keksalarimizga yaratilayotgan munosib turmuş şaroitlari bu boradagi amaliy eʼtibor natijasi ekani qayd etildi.

Sanʼatkorlarning, ayniqsa, el suygan sanʼatkor Dadaxon Hasanovning diltortar qöşiqlari tantanali tadbirga özgaça fayz bağişladi.

Xorazm: Eʼtirof nuroniylarga şijoat bağişladi

Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov bir guruh nuroniylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlarini tantanali topşirdi.

Vohada ötkazilgan “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni topşiriş marosimida 56 nafar nuroniy taqdirlandi. Viloyat hokimligida özining boy hayotiy tajribasi, halol mehnati va qimmatli maslahatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelayotganlarning mehnati, jamiyatda tutgan örni eʼtirof etildi. Tadbirda viloyat hokimi Jörabek Rahimov iştirok etib, kökrak nişonini öz egalariga taqdim etdi.

— Nuroniylarimiz bizning oltin fondimiz ekanliklarini qayta-qayta takrorlaşdan çarçamaymiz. Ularning boy tajribalaridan mahallalarimizni obodonlaştirişda, yoş avlodni töğri yölga boşqariş, oilalar mustahkamligini taʼminlaşda keng foydalanamiz. Örni kelganda esa mehnatlarini eʼtirof etişni ham unutmaymiz. Har bir çin köngildan qilingan mehnat, albatta, eʼtirofga loyiq ekanligini taʼkidlaganimiz holda, bugungi “Mehnat faxriysi” medalini topşirar ekanmiz, bu ularga yanada kuç-ğayrat bağişlaşiga aminmiz, — dedi viloyat hokimi Jörabek Rahimov öz sözida.

Taʼkidlanganidek, uşbu kökrak nişoni köp yillar davomida turli sohalarda halol va samarali mehnat qilgan, bugungi kunda ham özining hayotiy tajribasi bilan yoşlarga örnak bölib kelayotgan nafaqa yoşidagi fuqarolarni munosib eʼtirof etiş maqsadida taʼsis etilgan.

Şuningdek, farzandlarini Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalab, jamiyatda katta obrö-eʼtibor qozongan fidoyi onalar ham ayni yuksak eʼtirofga sazovor böldilar.

— Uşbu nufuzli kökrak nişoniga loyiq körilganimdan boşim kökka yetdi, — deydi Husan Otajonov. — Garçi nafaqada bölsak-da, mahallamiz obodligi va oilalar farovonligi yölida natija uçun harakat qilyapmiz. Bilganlarimizni, boy hayot va mehnat tajribamizni yoşlarga örgatayotganimizdan mamnunmiz. Keksayganda ham jamiyatga kerakligingni his qilib yaşaş, mehnating qadrlanib, eʼzoz topişing özgaça kuç va şijoat bağişlar ekan. Buning uçun Yurtboşimizga minnatdorlik bildiraman.

Marosim davomida taqdirlangan nuroniylarga samimiy tabriklar yöllanib, ularning mamlakat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga qöşgan munosib hissasi alohida eʼtirof etildi. Tadbir kötarinki ruhda ötib, iştirokçilar uçun unutilmas onlarga boy böldi.

Körsatilayotgan doimiy eʼtibor va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan faxriylar öz fikrlarini bildirib, el-yurt tinçligi, Vatan yuksalişini sörab, duoga qöl oçdilar.

Ilhomjon Abdusalomov,

Şavkat SULTONOV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan