Yangi Özbekiston taraqqiyotining ustuvor yönalişlaridan biri — inson qadrini uluğlaş, ayniqsa, umrini Vatan va xalq xizmatiga bağişlagan faxriylarni eʼzozlaş hamda ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşdir.
Iqtisodiyot va moliya vazirligida ham bu borada izçil işlar amalga oşirilmoqda. Vazirlik tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar boy hayotiy va kasbiy tajribaga ega fidoyi mutaxassislar sifatida qadrlanmoqda. Vazirlik faoliyatida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 167-sonli, 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli qarorlari va yana qator hujjatlarning dasturilamal bölib kelayotganligini alohida qayd etiş joiz.
Vazirlik huzurida Faxriylar kengaşi taşkil etilgan bölib, mazkur kengaş vazirlik markaziy apparati, uning tizim taşkilotlari va hududiy bölinmalarida yillik “Yöl xaritasi” asosida iş olib bormoqda.
Amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar doirasida faxriylarning ijtimoiy, huquqiy, moddiy va tibbiy qöllab-quvvatlanişi taʼminlanmoqda. Bugungi kunda vazirlik hamda uning tizim taşkilotlarida köp yillar işlab nafaqaga çiqqan faxriylar 3425 nafarni, şundan ayollar 634 nafarni, erkaklar 2791 nafarni taşkil etadi. Şuningdek, sohada uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan va nafaqa yoşiga yetgan xodimlarni nafaqaga kuzatişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugungi globallaşuv va axborot texnologiyalari davrida yoş kadrlarda davlat xizmatiga sadoqat, vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat hamda mamlakatimiz tarixi va taraqqiyot yölini çuqur anglaş tuyğularini şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu maqsadda, vazirlik Faxriylar kengaşi hamda Kasaba uyuşmasi hamkorligida “Uç avlod uçraşuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari muntazam taşkil etib kelinmoqda. Bu avlodlar örtasida tajriba almaşinuvini taʼminlaş, kasbiy anʼanalarni davom ettiriş va yoş mutaxassislarning maʼnaviy hamda kasbiy kamolotini yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Amalga oşirilayotgan mazkur işlar natijasida yoş xodimlarda davlat moliyasi tizimi tarixi va islohotlariga nisbatan çuqur anglaş şakllanmoqda, “Ustoz — şogird” anʼanasi asosida yangi işga qabul qilingan xodimlarga tajribali faxriylar biriktirilib, ularning kasbiy moslaşuvi hamda davlat xizmatiga sadoqat, masʼuliyat va halollik tamoyillari mustahkamlanmoqda.
Faxriylarning salomatligini muhofaza qiliş vazirlik ijtimoiy siyosatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Şu maqsadda, yolğiz yaşovçi va ijtimoiy kömakka muhtoj pensionerlar doimiy eʼtibor markazida bölib, ularga zarur amaliy yordamlar körsatilmoqda.
Şuningdek, vazirlik jamoasi va faxriylari iştirokida sport festivali hamda maʼnaviy uçraşuvlar ötkazib kelinmoqda. “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida vazirlik markaziy apparati xodimlari örtasida “Sport — soğliq garovi” şiori ostida sport festivali taşkil etildi. Soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va jamoaviy ruhni mustahkamlaşga qaratilgan uşbu tadbirda xodimlar sportning futbol, stol tennisi, yuguriş estafetasi, arqon tortiş va öq otiş turlari böyiça öz mahoratlarini namoyiş etdilar. Tadbirga vazirlik tizimi faxriylari taklif etildi. Faxriylar yoşlar bilan uçraşib, öz tajribalari bilan bölişdilar.
Bir söz bilan aytganda, vazirlik tizimida har bir faxriyga alohida eʼtibor qaratiş yaxşi anʼanaga aylangan. Ular tuğilgan kunlari, yubileylari hamda umumxalq bayramlari munosabati bilan vazirlik rahbariyati, Faxriylar kengaşi va yoş xodimlar tomonidan yöqlanmoqda. Taşriflar davomida ustozlarga samimiy ehtirom va minnatdorlik izhor qilinib, esdalik sovğalari, zarur maişiy texnika vositalari hamda moddiy rağbatlantiriş mablağlari topşirilmoqda. Bu kabi eʼtibor va ğamxörlik faxriylarning jamiyatdagi örnini mustahkamlaş, ularning hayotiy tajribasini qadrlaş va kelajak avlod uçun ibrat maktabini yanada boyitişga xizmat qiladi.
Taxir IMAMOV,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimi,
Faxriylar kengaşi raisi.