Mamlakatimizda uzoq yillar el-yurt ravnaqi yölida xizmat qilgan yoşi uluğlarni qadrlaş, ularga hurmat va ehtirom körsatiş, salomatligini mustahkamlaş davlat siyosati darajasiga kötarildi. Bugungi kunda respublikamizdagi barça mehnat jamoalarida faxriylarni ardoqlaş, ularga ğamxörlik qiliş, holidan xabar oliş, ibratli hayot yöllarini yoşlarga namuna qilib körsatiş ezgu anʼanaga aylanib boryapti.
Poytaxtimizdagi Özbekiston Kasaba uyuşmalari saroyida Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik Kengaşi qarori bilan Yangi Özbekistonimiz taraqqiyoti, yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji yölida uzoq yillar samarali mehnat qilgan va hozir ham jamoatçilik işlarida, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, yoşlarni qadriyatlarimizga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş yölida namuna bölayotgan yurtdoşlarimizning bir guruhiga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
Maʼlumki, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning negizida inson qadrini uluğlaş, aql-zakovati, bilimi va tajribasini oşirib boriş, özining intellektual salohiyatini yuzaga çiqarişi uçun barça imkoniyatlarni yaratib beriş ğoyasi mujassam. Ayni zamonda boy hayotiy tajribaga ega bölgan mehnat faxriylarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oşiriş, moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş, ularning salohiyatidan jamiyatimiz rivoji yölida foydalanişga katta eʼtibor qaratilyapti.
Nuroniylarning jamiyat hayotidagi faol iştirokini yanada kengaytiriş, şuningdek, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ijtimoiy-siyosiy faolligini oşirişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Natijada jamiyatimizning barça sohalari, ayniqsa, yoşlar tarbiyasi, mahallalar va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, hamjihatlik, ahillik va totuvlikni asraşda faol, jonkuyar, piru badavlat otaxonu onaxonlar, fayzli nuroniylar va buvijonlarning iştiroki kengayib bormoqda. Prezidentimiz taşabbusi bilan “Mehnat faxriysi” kökrak nişonining taʼsis etilişi jamiyatimizning faxri, iftixori bölgan nuroniylarning ruhiyatiga yangidan-yangi kuç-qudrat bağişlab, yanada ğayrat-şijoat bilan işlaşga ilhomlantirmoqda.
Bu yilgi “Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga tavsiya etilgan har bir nomzodning ijtimoiy-siyosiy va jamoatçilik faoliyati nomzodlarni örganiş komissiyasi aʼzolari tomonidan xolislik, şaffoflik va adolat mezonlari asosida körib çiqildi.
Joriy yilda mamlakatimiz böylab 1 ming 16 nafar nuroniy uşbu mukofot sohibi böldi. Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni va undan söng qabul qilingan qarori bilan keksalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimi bugun yuqori bosqiçga kötarildi.
Şu munosabat bilan nuroniylarning jamiyat hayotidagi faol iştirokini kengaytiriş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oşirişga oid tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Faxriylarning muammolari manzilli örganilib, ularni bartaraf etiş, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlaştirişda keng foydalaniş, ularning islohotlar jarayonida faol iştirok etişini taʼminlaşga eʼtibor yanada kuçaytirilmoqda.
Özbekiston Kasaba uyuşmalari saroyining bayramona ruhda bezatilgan foyesida joriy yilda uşbu kökrak nişoniga sazovor bölgan faxriylarni özbek milliy çolğu asboblari orkestri guruhi kuy-navolar bilan kutib olişdi. Mehmonlar şu yerda taşkil etilgan taniqli rassomlar va hunarmandlar körgazmasi bilan tanişdilar. Tantanali taqdirlaş marosimiga yiğilganlar uçun sahna markaziga örnatilgan ulkan monitorda Prezidentimizning nuroniylar bilan uçraşuvi çoğida olingan lavhalar, faxriylarning ijtimoiy faoliyatiga oid turli videoroliklar namoyiş qilindi.
Marosimni Boş vazir örinbosari, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova kiriş sözi bilan oçib, yuz-közidan nur yoğilib turgan, çehrasi bugungi kun şukronasidan quyoşdek porlayotgan nuroniylarni muborakbod etdi va yurtimizda ularga davlat va jamiyat tomonidan ğamxörlik körsatiş, ijtimoiy himoya qiliş, moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş, ham hayotiy, ham kasbiy tajribaga ega otaxon va onaxonlarning köp yillik xizmatlarini munosib taqdirlaş borasida amalga oşirilayotgan ezgu işlar kun sayin quloç yozayotgani, mamlakatimizda nuroniylarni eʼzozlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatiş, salomatligini asraş, umrini uzaytiriş yölida olib borilayotgan ezgu saʼy-harakatlarni alohida eʼtirof etdi.
Tantanali tadbirda, şuningdek, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov ham sözga çiqib, mamlakatimizda keksalarni eʼzozlaş, ularga izzat-ikrom körsatiş yangilaniş jarayonlarida ustuvor ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladilar.
— Uzoq yillar davomida yurt taraqqiyoti uçun xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari bilan jamiyat ravnaqiga hissa qöşayotgan insonlarning “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanişi mamlakatimizda nuroniylarimizga bölgan yuksak ehtiromning yaqqol namunasidir, — dedi “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev. — Muhtaram Prezidentimizning eʼtibor va ğamxörligi tufayli sönggi 10 yil barça sohalarda bölgani kabi nuroniylar hayotida ham tub buriliş va özgarişlar, yangilanişlar davri sifatida tarixga kirdi. Ayniqsa, nuroniylarga qaratilayotgan eʼtibor kun sayin ortib bormoqda. Bu eʼtibor va ğamxörlikdan kuç olgan nuroniylar ham bugun jamiyatimiz hayotida faol iştirok etib, mahallalarning çin maʼnodagi maʼnaviy ustunlariga aylanişmoqda.
Şundan söng Boş vazir örinbosari, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova, Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoşlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti rahbari Fayzulla Qosimov, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov tomonidan Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Tibbiyot boş boşqarmasi, Adliya vazirligi vakillari, Boş prokuratura, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi faxriy xodimlardan bir guruhiga “Mehnati faxriysi” kökrak nişoni tantanali topşirildi.
Şuningdek, taqdirlaş marosimida Kasaba uyuşmalari federatsiyasining mehnat inspeksiyasi boşliği Qobiljon Qirğizaliyev, Mahallalar uyuşmasi raisi maslahatçisi Hotamjon Ketmonov, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori, senator Abdusaid Köçimov, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayevlar iştirok etib, “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini öz egalariga topşirişdi.
— Muhtaram Prezidentimiz alohida taʼkidlab ötganlaridek, barça islohotlarimizning ruhi va mazmuniga “Inson qadri uçun, el-yurt baxti uçun!” degan ezgu ğoya çuqur kirib boryapti, — dedi taqdirlaş marosimida sözga çiqqan “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev. — Prezidentimizning taşabbuslari bilan sönggi yillarda keksa avlod vakillarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş, ularga ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimini yaxşilaş, qöşimça imtiyozlar yaratiş borasida kompleks çora-tadbirlar amalga oşirildi. Ayniqsa, nuroniylarning “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanayotgani ularga davlatimiz tomonidan körsatilayotgan eʼzoz-eʼtiborning amaliy namunasi bölmoqda.
Taʼkidlanganidek, joriy yilda mamlakatimiz böylab “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanganlar orasida bugun yuz yoşdan oşgan nuroniylar — kosonlik xalq taʼlimi faxriysi Egamşukur Abdiyev, mahalla faxriysi Bekyaz Ibadullayev (98 yoş, Xiva tumani), Özbekistonda xizmat körsatgan sport murabbiysi Yevgeniy Valitskiy (97 yoş, Toşkent şahri), töqson beş yoşdan oşgan ardoqli otaxon — qişloq xöjaligi faxriysi Kamol Qöçqorov (Furqat tumani), töqson yoşdan oşgan eʼzozli nuroniylar — quvalik qişloq xöjaligi faxriysi Usmon Qurbonov, piskentlik xalq taʼlimi faxriysi Muhitdin Ergaşev, quvasoylik mahalla faxriysi Ğanijon Yuldaşev, sardobalik xalq taʼlimi aʼloçisi Taniqul Qarşiboyev, şahrixonlik mehnat faxriysi Adiljon Mirzayev, samarqandlik xalq taʼlimi aʼloçisi Vahob Muratov, xalq taʼlimi faxriysi Çori Qönğurov (Kattaqörğon tumani), xalq taʼlimi faxriysi Marat Bineyev ( Jizzax viloyati), Özbekistonda xizmat körsatgan quruvçi Başrulla Muhitdinov (Toşkent şahri), töqson yoşni qarşilayotganlar — şofirkonlik soğliqni saqlaş aʼloçisi Rahmonberdi Boboqulov, qamaşilik qişloq xöjaligi faxriysi Eşquvvat Şukurov, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Yuriy Kulakov (Nukus şahri) ham bor. Çehrasidan nur yoğilib turadigan bu faxriylarimiz özlarining köp yillik boy hayotiy va kasbiy tajribasini yoşlarga hormay-tolmay örgatib kelmoqda. Şuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinati faxriysi Farxat Soyibov (Zarafşon şahri), Respublikada xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi, tibbiyot fanlari doktori, akademik Ravşanbek Qurbonov (Toşkent şahri) singari Özbekiston Qahramonlari, Hamrotoş Şodiyeva kabi davlat va jamoat arboblari bor.
Şuningdek, Oliy Majlis Senati aʼzosi Sayyora Abdikarimova, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi faollari — Robaxon Mahmudova, Tölqin Eşnazarov kabi davlat va jamoat arboblari, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari — texnika fanlari doktori Husan Igamberdiyev, fizika-matematika fanlari doktori Abduğafur Mamadalimov, iqtisod fanlari doktori Nurislom Töxliyev, tibbiyot fanlari doktori Anis Alyavi, texnika fanlari doktori Mirziyod Mirsaidov kabi respublikamiz ilm-fan taraqqiyotiga salmoqli uluş qöşib kelayotgan taniqli olimlar ham “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanişdi.
Uşbu faxrli nişonga sazovor bölganlar orasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi faollardan — falsafa fanlari doktorlari — Şarabidin Alimov, Alijon Mamajonov, Şer Xonkeldiyev, filologiya fanlari doktorlari — Ramazon Bobokalonov, Muhammad Fayzullayev, Faridaxon Karimova, Rahima Alimova, Ulpatxon Muhibova, Döstmamat Qulmamatov, Anna Şeremetova, Zaribboy Dösimov, Otanazar Çöponov; texnika fanlari doktorlari — Sattor Aliqulov, Abbos Xodjayev, Rustam Muradov, Abdijalil Polvonov, Sattor Aliqulov; fizika-matematika fanlari doktori Abdujabbor Rasulov, kimyo fanlari doktori Nurali Muhamedov, iqtisod fanlari doktori Toşbolta Jörayev, geologiya-minerologiya fanlari doktori Xojiakbar Töyçiyev,biologiya fanlari doktori Inobat Şirinova, pedagogika fanlari doktori Öğiloy Sultonova; transport vazirligidan texnika fanlari doktori — Abduraşid Abduqayumov, falsafa fanlari doktori Alimjon Mahkamov, Guliston davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Öğiloy Erbötayeva, şuningdek, Töxta Bozorov, Muhabbat Kimsanova, Ğulamboy Sabirov, Ravşanbek Samarbekov, Qolandar Sultanov, Hayitmat Taşmetov, Qodir Mavlanov, Şavkat Safarboyev kabi Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi tizimida mehnat qilayotgan faxriylar bor.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligi taʼminlanişiga barakali hissa qöşib kelayotgan qonun-himoya organlari, sud va adliya tizimi vakillaridan Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, general-mayor Şuhrat Uzaqov, IIV Faxriylar Kengaşi raisining örinbosari, isteʼfodagi polkovnik, yuridik fanlari doktori Abduğafur Sattorov, Özbekistonda xizmat körsatgan yurist Ilhom Açilov, Eşmurod Jörayev, Şuhrat Aberkulov kabi prokuratura tizimi faxriylari, Özbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazidan — yuridik fanlari doktori, professor Ayub Muhammadiyev, Aknur Bazarboyeva, Fayzulla Abduazimov, Gulnora Tulaşova, Mudofaa vazirligidan isteʼfodagi polkovniklar — Şavkat Babayev, Gulmurat Xuşvaqtov, isteʼfodagi podpolkovniklar — Şavkatjon Sobirov, Neʼmatjon Tulibevlar ana şu yuksak mukofotga sazovor bölişdi.
Özbekiston Mahallalari uyuşmasidan Tengelbay Allaniyazov (Nukus şahri), Jalil Kenjayev (Döstlik tumani), Zulhaydar Kuliyev (Mirzaobod tumani), Negmurod Farmonov (Navoiy viloyati), Juzimgul Abdurasulova (Çimboy tumani), Ilhom Mirzayev (Samarqand tumani), Hasan Xudoyberdiyev (Guliston tumani), Saidumarxon Temirov (Qöştepa tumani), Naima Jörayeva (Toşkent şahri) kabi mahalla faollari ham “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandilar. Mukofotlanganlar orasida Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Abdulxay Nosirov, Nurali Qobul, Karim Bahriyev, Mirzapölat Toşpölatov, Oygul Suyundikova, Turob Niyozov kabi yozuvçilar; Öktam Mirzayorov, Gulnora Bobojonova, Zarip Ibragimov, Valentina Marsenyak, Ismail Mitalov, Abdujalol Qayumov, Jovli Xuşbakov kabi jurnalistlar ham bor.
Faxrli nişon sohiblari orasidan xalq xöjaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilib kelayotgan respublikada xizmat körsatgan mehnat faxriylari ham örin olgan. Çunonçi, Özbekiston sanʼat arbobi Akbar Rahimov, Özbekiston xalq ustasi Sirojiddin Rahmatullayev, Özbekistonda xizmat körsatgan quruvçi Sayibnazar Bekçanov (Xiva şahri), Özbekistonda xizmat körsatgan sport murabbiylari — Zinaida Bondarenko, Maxira Qadirova, Özbekistonda xizmat körsatgan sport ustozi Raziya Yakubova, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiylari — nukuslik Begdulla Sultanov, Oygul Xodjiyeva, (Toşloq tumani), Israil Djörayev (Şofirkon tumani), Özbekiston xalq öqituvçisi Saodatoy Mamadaliyeva (Buvayda tumani), ellikqalʼalik Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qöçqorov, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan qişloq xöjaligi xodimlari — Bazarboy Allanov (Qonliköl tumani), Ismoil Duysenbayev (Amudaryo tumani), Abatboy Saparimbetov (Nukus şahri), Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabova (Amudaryo tumani), Qoraqalpoğistonda xizmat kösatgan soğliqni saqlaş xodimi Kaniyaz Aytekovlar (Taxtaköpir tumani) ham bor. Özbekiston “VETERAN” jangçi-faxriy va nogironlari birlaşmasi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan nuroniylardan — Sodiq Röziyev, Ğafur Adaşev, Davlat Nişonov, Rustamboy Boltayev, Zokir Kenjayev, Mirobid Mirsoatov, Vera Raupova, Abdulla Abduqodirovlar ham uşbu mukofot sohibiga aylanişdi.
Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 14 iyuldagi “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini taʼsis etiş töğrisida”gi qarori asosida bugunga kelib, uşbu mukofot sohibi bölgan nuroniylarimiz safi 9 ming nafarga yaqinlaşdi. Albatta, davlatimizda turli mukofot va kökrak nişonlari köp, lekin “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni aziz va qadrli ekanligini alohida qayd etib ötişni istardik. Ayniqsa, muayyan ism-şarif qayd etilgan: “Bu yerda “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan fuqaro… istiqomat qiladi” degan yozuvli taxtaçani körganda, har bir kişining könglida beixtiyor havas, ğurur hissi uyğonadi. Aynan şu tufayli “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan faxriylarimiz öz mahallasidagi yoşlar uçun ibrat timsoli bölmoqdalar.
Darhaqiqat, bugun yurtimizda “Inson qadri uçun, el-yurt baxti uçun!” degan ezgu ğoya ostida jamiyatimizning barça jabhalarida amalga oşirilayotgan oqilona islohotlar amalda öz samarasini berib, xalqimiz taraqqiyot va farovonlik yölidan sobitqadamlik bilan bormoqda. Ayni jarayonda yurtimizning maʼnaviy xazinasi hisoblangan keksalarning örni va roli yanada ortmoqda. Bugun joylarda nuroniylarning bevosita iştirokida amalga oşirilayotgan qator taşabbuslar natijasida köplab oilalar kambağallikdan çiqarilmoqda, aholini qiynab kelayotgan muammolar öz yeçimini topmoqda, yoşlar kasb-hunarga öqitilib, ularning bandligi taʼminlanmoqda. Bu işlarda nuroniylarning faolligini alohida taʼkidlaş örinli.
Taqdirlaş marosimida mamlakatimizning taniqli sanʼatkorlari, Özbekiston xalq artistlari — Abdulaxat Abduraşidov, Naima Pölatova, Yodgor Saʼdiyev, Nasiba Abdullayeva ham “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanişdi.
Taniqli sanʼatkorlar kuylagan dilrabo qöşiqlar, sozandalar tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-navolar, bir-biridan gözal raqslar tadbirga yanada fayz bağişlab, iştirokçi otaxonu onaxonlar qalbiga zavqu şavq ulaşdi. Ayni mukofot Yangi Özbekistonimizning ardoqli nuroniylariga mamlakatimizning porloq kelajagi yölidagi fidoyi mehnatlari, taşabbuskorligi, yoşlarni tarbiyalaş borasidagi işlarida yangi ilhom, kuç-quvvat va ğayrat-şijoat bağişlaydi, deb işonamiz.
Öz navbatida, “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan barça faxriylarimizni yana bir bor tabriklaymiz!
Hamroxon MUSURMONOVA
tayyorladi.
Bahodir VALIYEV
olgan suratlar.