Yana bir eʼtirofga sazovor bölganimdan qalbim ğurur va iftixorga töldi. Kamtarona mehnatlarim qadrlanib, “Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga loyiq körilganimdan ğoyat baxtiyorman. Yurtboşimiz tomonidan uşbu kökrak nişonining taʼsis etilgani yurtimizda aziz nuroniylarga hurmat va ehtirom körsatiş, eʼtirof va eʼzoz bilan boğliq qadriyatlarimiz mazmunini yanda oşirib yubordi. Faxriylar, çin maʼnoda, jamiyatimizning faxru iftixoriga aylandilar.
Uşbu eʼtibor aziz va möʼtabar nuroniylarimizga alohida kuç-ğayrat, kötarinki kayfiyat bağişlamoqda. Çunki el-yurt manfaatlari yölida qilingan xizmatlarning kun kelib qadrlanişi va taqdirlanişi insonga ulkan xursandçilik olib keladi.
Faoliyatimiz mobaynida insonlarning yaşaş tarzi, muammolari, hayot sifatini örganiş uçun joylarga, çekka hududlarga çiqqanimizda odamlar kayfiyatiga alohida eʼtibor beraman. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yangilanişlar, özgarişlar kişilar könglida umid uyğotganini körib quvonaman, albatta. Bugun xalqimiz kelajakka işonç bilan nazar solayotir. Ayniqsa, hududlarda faol nuroniylarimizning mahalla vakillari bilan birgalikda olib borayotgan işlari tahsinga sazovor. Bugun nuroniylar özlarini köp yillik tajriba va ögitlari asosida jamiyat rivojiga ulkan hissa qöşib kelmoqdalar.
Bizga bildirilgan hurmat va eʼtibor uçun davlatimiz rahbariga öz minnatdorligimni bildiraman.
Sayyora ABDUKARIMOVA,
davlat va jamoat arbobi, “Sodiq xizmatlari uçun” ordeni,
I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibasi.