Mustaqillik yillarida, ayniqsa, oxirgi ön yil mobaynida yurtimizda amalga oşirilayotgan islohot va yangilanişlar barça jabhalarda ulkan samaralar berib, qölga kiritilayotgan öziga xos körsatkiçlar nafaqat mamlakatimiz, balki jahondagi nufuzli xalqaro jamiyatlar, rivojlangan davlatlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yölidagi islohotlarni amalga oşirişda yuksak iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy quvvatga ega bölgan Andijon viloyatining ham salmoqli hissasi bor, albatta. Viloyatning tuman va şaharlari, xususan, Asaka tumanida hozirgi kunda barça sohalar qatori, faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularning salomatliklarini muhofaza qiliş, oltinga teng bilim salohiyati va tajribalaridan barkamol avlodni tarbiyalaş, xalqimiz farovonligini oşirişda faol foydalanişga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
Özbekiston Respyblikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 92-sonli, 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning hayot darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 167-sonli va 2023 yil 11 mart kunidagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida “Nuroniy” jamğarmasi Asaka tumani bölimi tomonidan davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Mahallalarda oilalar va yoşlar bilan iş olib borişda “Nuroniylar jamoatçilik kengaşi” aʼzolari, tumandagi 76 ta mahalla raislari va mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhi raislari iştirokida hamkor taşkilotlar masʼul xodimlari bilan kengaytirilgan yiğiliş ötkazilib, asosiy vazifalar belgilab olindi.
Şundan kelib çiqib, olib borilgan amaliy işlar doirasida 65 nafar ajrim yoqasidagi yoş oila 65 nafar, 66 ta taʼlim muassasasiga 3 nafardan, jami 198 nafar nuroniy biriktirilib, yil boşidan buyon uşbu faol nuroniylar öz zimmalariga yuklangan vazifalarni sidqidildan ado etib kelmoqdalar. Jumladan, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili doirasida 203 nafar nuroniyga 1996 nafar yoş biriktirilgan bölsa, hozirda ularning 1714 nafari muammoli yoşlar toifasidan çiqarilgan. “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovida “Niyozbotir” MFY “Keksalar maslahati” guruhi raisi Şermamat ota Madaminov tumanda 1- örinni egallab, viloyat boskiçida faol iştirok etdi va 4-örinni egalladi.
Tumandagi davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan obrö-eʼtiborli keksalar, Özbekiston Kahramonlari, davlat mukofotiga sazovor faxriylar iştirokida korxona va taşkilotlarda, taʼlim muassasalarida ötkazilayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari yoşlar uçun ham, keksa avlod vakillari uçun ham birdek manfaatli bölmoqda.
“Qadriyat” MFYda joylaşgan musiqa va sanat maktabida ötkazilgan “Qöşa qariş saodati” maʼnaviy-marifiy tadbiri ham ulkan taassurotlarga boy böldi. Qöşa qariş saodatiga erişgan 5 ta oila vakillarining ibratli hayoti, ularning jamiyatda tutgan öziga xos örni xususida fikr yuritilib, faxriy otaxonu onaxonlar yoş va örta avlod vakillariga özlarining insoniylik saboqlarini berdilar.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasida tumandagi 1100 nafar keksa nuroniylar 150 ming tup mevali va manzarali köçatlar ekib, yoşlarga çin maʼnoda ibrat bölişdi.
Ötgan yili sentyabr-oktyabr oylarida “Ğayratli keksalar” şiori ostida ötkazilgan sport musobaqalari nuroniylar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etişda öziga xos ahamiyatga ega böldi. Mazkur tadbirlarda 500 dan ziyod mehnat faxriylari sportning şaxmat, şaşka, stol tennisi va DARTS turlari böyiça özaro bellaşdilar. 24 nafar ğolib qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi. Nuroniylarimiz uçun “Ğayratli keksalar” sport musobaqalari, çin maʼnoda, ğayrat-şijoat bellaşuvlariga aylanmoqda.
2025 yilda “Keksalar haftaligi” doirasida “Heç kim mehr va eʼtibordan çetda kolmasin!” şiori ostida ötkazilgan tadbirlarda 345 nafar uyda yotgan bemorlar, ehtiyojmand keksalar, kasalxonalarda davolanayotgan keksalar, özgalar yordamiga muhtoj yakka-yolğizlarga muruvvat körsatilib, ularning holidan xabar olindi, uylarida haşarlar taşkil qilindi. 50 nafar yakka-yolğiz nuroniy “Beşçaşma”, 30 nafar nuroniy “Bobur” sihatgohida öz salomatligini tiklab qaytdi. 11 nafar keksa nuroniyga nogironlik aravaçalari, 8 nafariga eşitiş moslamasi berildi. Bu ezgu va xayrli işlarni yana davom ettiryapmiz.
“Keksalar uçun turizm” oyligi davomidagi taşabbuslarni ham öziga xos deyiş mumkin. 2260 nafar nuroniy tumandagi madaniy meros obʼyektlariga, ziyoratgohlarga, viloyatdagi “Bobur boği” kabi qadamjolarga, 50 nafar nuroniy Namangan şahriga, 110 nafardan ziyod asakalik nuroniy otaxonu onaxonlar Samarqand, Buxoro, Xiva şaharlariga sayohatga bordilar.
Keksalar salomatligini asraş maqsadida tizimli tarzda mahallalarda, oilaviy, köp tarmoqli hamda tuman poliklinikalarida, qişloq vraçlik punktlarida 22019 nafar keksalar bepul tibbiy körikdan ötkazildi. Kasallik aniqlangan 22 nafar nuroniyga viloyat şifoxonalarida davolaniş uçun order olib berildi. Bemorlarga zarur tibbiy yordamlar körsatildi. 350 nafardan ortiq keksaga dori-darmon bepul tarqatildi. Töğri ovqatlaniş, uzoq umr köriş sirlariga bağişlangan davra suhbatlari ötkazildi. Şu bilan birga, “Biz — soğlom turmuş tarafdorimiz”, “Soğlom hayot — soğlom kelajak”, “Soğlom hayot uçun 5000 qadam” kabi tadbirlarning muntazam taşkil qilinayotganligi nuroniylar salomatligini mustahkamlaşda samarali omillardan bölib xizmat qilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-sonli qarori ijrosini taʼminlaş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlarni ham alohida qayd etiş mumkin. Uşbu qaror ijrosi doirasida tumandagi 76 ta mahallada 3 nafardan, jami 228 nafar faol nuroniy tanlab olingan bölib, ularning har biriga 5 nafardan, jami 1140 ta kambağal, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar biriktirilgan. Ayni vaqtda uşbu faol nuroniylar özlariga biriktirilgan oilalar bilan yaqindan işlab, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxşilaş böyiça manzilli çora-tadbirlarni amalga oşirmoqdalar. Amaliy saʼy-harakatlar natijasida 865 ta oila kambağallik reyestridan çiqarilgan.
Bir söz bilan aytganda, hozirda tubdan yangilanişlar va öziga xos yutuqlar makoniga aylangan Asaka tumanining faol nuroniylari islohotlar bilan qadamba-qadam, zimmalariga yuklangan şarafli vazifalarni yuqori masʼuliyat va talabçanlik bilan ado etib, el-yurt manfaatlari yölida kamarbasta bölib kelmoqdalar.
Isroiljon Sultonov,
“Nuroniy” jamğarmasi
Asaka tumani bölimi raisi.