Bugungi mahallalarimiz tubdan yangi qiyofa kasb etmoqda: rekonstruksiya va bunyodkorlik işlarining jadallaşayotgani, şaharsozlik madaniyatining ösib borayotgani hududlarda asta-sekin sezilmoqda. Eng muhimi, hayotiy islohotlar eng quyidan — mahalla va undagi oilalar darajasidan boşlab hayotga kirib kelyapti. Bugunga kelib, yangilanişlarning natijasini aholining turmuşidan, kayfiyatidan seziş mumkin.
Uzoq yillik faoliyatimda şunga guvoh böldimki, jamiyatda özaro qöllab-quvvatlov kuçli taşkil etilsa, aholiga ijtimoiy, ruhiy-maʼnaviy kömak tizimli berib borilsa, ijtimoiy hayotimizda guvoh bölayotganimiz — bir qator muammolar yeçimini topibgina qolmay, ularning sabablarini ham bartaraf etişga erişiladi. Şayxontohur tumanida joylaşgan “Kamolon darvoza” mahallasida 41 yildan beri yaşayman. “Oqila ayollar” guruhi aʼzosi sifatida, qolaversa, mahallani uzoq yillardan beri yaxşi taniydigan nuroniy sifatida mahallamizda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, xotin-qizlar bandligi, muammoli va kam taʼminlangan oilalar bilan işlaş kabi masalalarga alohida eʼtibor berib, bu xususda ijobiy özgarişlarga ham erişdik.
Mahallada, bilasizmi, nima eng muhim sanaladi? Birdamlik, özaro birlik, ittifoqçilik hamda ahil qöşniçilikni yölga qöyiş ğoyat zarur. Şundagina nafaqat bir hudud, balki yaxlit bir ölka taraqqiyotida oldinga siljiş kuzatiladi. “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni mahalla tizimida qilgan mehnatlarimizga mukofot bölib, könglimizni kötardi, oçiği. Bu insonlarning — yoşidan qatʼi nazar, ijtimoiy hamda fidokorona mehnat faoliyati soya ortida qolmayotganini, har bir sohada inson qadri tuşunçasi qadriyat darajasida yuksaltirilayotganini körsatadi. Öz navbatida, eʼtirof va eʼzoz keksa holimizga qaramay, yangidan kuç-ğayrat bermoqda.
Aslini olganda, mahalla tizimida uzoq yillik boy hayotiy tajribaga ega jamoatçilik faollarining qiladigan işi bugun-ertalik natijalarga asosan yakunlanib qolmaydi. Mahallada şakllanayotgan har bir şaxs, har bir oila donişmand keksalarning eʼtibori hamda kömagiga tayanadi. Özbekiston misolida “mahallabay” yondaşuvning ijobiy natijalariga birgalikda guvoh bölmoqdamiz. Bugungiga öxşagan el-yurtning eʼtirofini tamsil etgan mukofotlar esa kişini yangiça zavq va katta kuç bilan işlaşga undaşi aniq.
Naiba DJURAYEVA,
“Kamolon darvoza”
mahallasi faoli,
I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibasi.