“Mehnat qilgan — elda aziz” deb bejiz aytmas ekan. Kasaba uyuşmalari saroyida ötkazilgan tantanali tadbirda “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan yurtdoşlarimizning quvonçiga şerik böldik. Ular özlarining fidokorona mehnati, jamiyat taraqqiyoti va yoşlar tarbiyasi yölidagi yuksak masʼuliyati bilan el-yurt örtasida haqli ravişda obrö-eʼtibor qozonib kelmoqdalar. Zotan, mukofotlanganlarning kasb-kori, sohasi turliça bölsa-da, maqsad va niyatlari yagona — Vatan ravnaqiga hissa qöşiş. Ular orasida olimlar, ijodkorlar, sanʼat va davlat arboblari bor.

Quvonarlisi, mana şunday fidoyi ziyolilar, Özbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmalari faollari, vazirlik va qömita vakillari, oliy taʼlim professorlari hamda xalq artistlari safida menga ham uşbu yuksak mukofot topşirilganidan boşim kökka yetdi. Yunusobod tumanidagi 274-sonli umumtaʼlim maktabida 43 yildan buyon ona tili va adabiyot fanidan dars berib kelaman. Mazkur yutuq esa menga doimo yelkadoş bölgan pedagogik jamoamiz, zukko, izlanuvçan öquvçilarimning yutuğidir. Bugun maktabimizda taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviy taşkil etiş, zamon talablariga mos bilim beriş uçun barça şaroitlar yaratilgan: sinf xonalari elektron doskalar, kompyuterlar va zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlangan.

Köp yillik tajribaga ega, öz kasbining fidoyisi bölgan nuroniy ustozlarimiz juda köp. Öylaymanki, ularning har biri mana şunday yuksak eʼtirofga munosib. Marosimda bir haqiqatni yanada çuqur angladim: inson uçun eng katta baxt — halol mehnatining şirin mevasini köriş va eʼzozlanişi ekan. Şak-şubha yöqki, nuroniylari qadr topgan, ustozlari uluğlangan yurtning kelajagi doimo porloq böladi.

Mahmuda VALIYEVA,

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 274-maktab öqituvçisi,

“Soğlom avlod uçun” ordeni sohibasi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan