Oçiğini aytsam, eʼtirofdan ğoyat mamnun böldim. Mamlakatimizda jamiyat barqarorligiga jiddiy eʼtibor qaratilayotgan bir paytda, köplab ijtimoiy sohalar, jumladan, taʼlim, xavfsizlik, moliya, sanoat, qişloq xöjaligi qatori soğliqni saqlaş tizimiga va uşbu soha xodimlariga ham imkoniyat va yengilliklar yaratib berilayotgani, ularning mehnatlari qadr topayotgani quvonarli, albatta. Öz navbatida, salomatlik posbonlarining vazifasi insonlarga soğlom kelajak barpo etişga kömaklaşiş, aholi salomatligini qöllab-quvvatlaşda davlatga kömakdoş bölişdan iborat.

Şu çoqqa qadar endokrinologiya böyiça olib borgan izlanişlarimiz natijasi sifatida bir qator ilmiy maqolalar, uslubiy qöllanmalar yuzaga keldi, amaliyotda esa qand kasali, yurak-qon tomir kasalliklari va yondoş kasalliklar profilaktikasi yölga qöyilib, aholi salomatligini barqarorlaştirişga erişdik. Faoliyatim davomida qandli diabetga çalingan köplab bemorlarni davoladim. Ilgariga soliştirganda, bugungi tibbiyot amaliyotida kasalliklarni davolaşga qaratilgan çora-tadbirlarning kölami ança keng.

Şuni taʼkidlaş kerakki, kasalliklar, xususan, qandli diabet faqat muolajalar bilangina davolanadigan kasallik emas, turmuş tarzini taşkil etişdagi şaxsiy odatlar ham katta rol öynaydi. Masalan, köp kaloriyali ovqat va kam harakatlilik mazkur kasallikning boş omillaridan hisoblanadi. Demakki, aholi orasida soğlom turmuş tamoyillarini keng ommalaştiriş zarur. Bu jarayonda nafaqat şifokorlar, balki keng jamoatçilik iştiroki muhim.

Mehnatlaring el-yurt tomonidan qadrlansa, bundan uluğroq şaraf bölmaydi. Şu maʼnoda, “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni men uçun yurtdoşlarimiz, davlatimiz hamda Prezidentimiz işonçi va eʼtirofining ramziy namunasi sifatida alohida qiymatga ega, şu barobarda, soğliqni saqlaş tizimining faxriy xodimi sifatida yelkamizga masʼuliyat yuklamoqda hamda yangi reja va vazifalarga yöl oçmoqda.

Oydin ABDULLAYEVA,

oliy toifali şifokor-endokrinolog,

I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibasi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan