Narpayda “Obi hayot” deb atalgan mahalla bor. Odamlari mehmondöst, biri-biriga mehribon. Şu bois bölsa kerak, hududda özgalardan pand-nasihatlarini ayamaydigan, yoşlarga töğri yöl körsatadigan piru badavlat nuroniy otaxonu onaxonlar talaygina.

Tumanning “Totkent” mahallasi hududida joylaşgan “Oqsaroy” tantanalar majmuasida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi taşabbusi bilan taşkil qilingan “Qöşa qariş saodati” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda  bunga yana bir karra amin böldik. Tadbirga 60-70 yil birga yaşagan oilalar taklif etildi. Uzukka köz qöygandek bir-biriga yaraşib turgan keksa otaxonu onaxonlarga közingiz tuşar ekan, xursandçiligingizni yaşirolmaysiz, ularga havas-la boqib, beixtiyor ezgu niyatlar qilasiz.

150 nafardan ortiq iştirokçining gulduros qarsaklari ostida davraga birinçi bölib Rayimqul ota va u kişining turmuş örtoği Salomat ona Ergaşevalar taşrif buyurişdi. Söngra birin-ketin Nurullo bobo va Mahkam momo Hamrayevalar oilasi, Bekmurovlar oilasi, Berdiqulovlar oilasi, Berdiyev, Narzullayev, Egamberdiyev, Xöjayev, Safarov, Bozorov, Hasanov, Böronov, Beknazarov, Imomov, Quvvatov kabi oilalarning piri badavlat otaxonu onaxonlari davra törini bezadilar.

Uçraşuvni “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Ş.Habibov kiriş sözi bilan oçdi. Tadbirda tuman hokimi örinbosari Ş.Samadov, “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi örinbosari D.Toşboyevlar ham söz olib, tadbir ahamiyatiga töxtalib ötdilar. Katta avlod vakillarining ibratli hayoti va faoliyati barçamiz uçun mahorat maktabi bölib xizmat qilişini alohida taʼkidladilar. Şundan söng davra töridagi mehmonlar — qöşa qariş saodatiga erişgan otaxonu onaxonlar oila, unda ota-onaning örni va roli, farzandlar tarbiyasi, hayot maşaqqatlarini yengib ötiş, baxtli turmuş poydevorini yaratiş sirlari xususida söz yuritdilar.

— Bunday ruhdagi tadbirlar aholi, ayniqsa, yoşlar uçun juda muhim, — deydilar Nurullo bobo. — Nega desangiz, bunday uçraşuvlarda yoşlar uluğlarning tajribasidan özlari uçun juda kerakli jihatlarni oladilar. Turmuş davomida er ayolini, ayol esa erini hurmat qiliş, qadriga yetiş, şu orqali jamiyatda obrö-eʼtibor qozonişni öylaydi. Şunday ekan, bu kabi tadbirlar bardavom bölişi kerak.

Tadbir sanʼatkorlar ijrosidagi dilrabo kuy-qöşiqlarga ulanib ketdi. Uçraşuv yakunida “Nuroniy” jamğarmasi hududiy bölimi hamda tuman hokimligi tomonidan qöşa qariş saodatiga erişgan oilalarga esdalik sovğalari va taşakkurnomalar topşirildi.

Bahodir QILIÇEV,

Samarqand viloyati. 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan