Isteʼdodli şoira Oysuluv Ğoziyevaning asli kasbi — öqituvçilik. Soha unga begona emas. Bobosi Şayxul bobo Ğoziyev  hayotini öquvçilarga bilim, taʼlim-tarbiya beriş bilan ötkazgan. Uruş davri va undan keyingi oğir yillarda qişloğidagi bolalarga naridan-beri qurilgan maktablarda dars bergan, ularni komil inson qilib tarbiyalaş uçun bilim va tajribasini sarf etgan.

Şayxul domla öqituvçilik kasbidan taşqari,  adabiyot ixlosmandi, şeʼriyat muxlisi bölgan. Şuning uçun uyidagi möʼjaz kitob javonida mumtoz adabiyotimizning yetuk namoyandalari: Saʼdiy Şeroziy, Alişer Navoiy, Mirzo Abduqodir Bedil, Söfi Olloyor, Boborahim Maşrab, Habibiy, Çustiy singari şoirlarning asarlaridan namunalar bölgan.

Oysuluv Ğoziyeva ana şu Şayxul muallimning nabirasi.

— Bobom zamondoş hamqişloği, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, mohir jurnalist va şoir, Buxoro davlat pedagogika institutining özbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan va uşbu oliy dargohda talabalarga dars bergan, keyinçalik uzoq yillar “Buxoro  haqiqati” gazetasida boş muharrir bölib işlagan Toşpölat Hamid bilan nazm, xususan, aruz vaznining öziga xos 19 ta bahri xususida uyida tez-tez muşoiralar ötkazar edi, — deb eslaydi Oysuluv Ğoziyeva.

U bolalik paytlaridan boşlab, bobosining mehmonxonasida keçgan ijodiy davralarni kuzatib, taniqli şeʼriyat ixlosmandlarining adabiyot, badiiyat töğrisidagi fikr-mulohazalarini tinglab katta bölgan va şuning uçun  yoşligidan murğak qalbida nazmga muhabbat tuyğulari çeçak ota boşlagan. U maktabning 5-sinfida öqiyotgan paytidayoq “Qiziltepa tongi” gazetasida şeʼrlari bosila boşlagan. Tahririyat tomonidan qizaloq ijodiga berilgan eʼtibor uni yanada ruhlantirib, ilhomlantirgan. Şu tariqa, nazm böstonining muxlisiga aylangan. 1976 yilda örta maktabni bitirgaç, Buxoro davlat pedagogika institutining özbek tili va adabiyoti fakultetiga öqişga kiriş uçun hujjat topşirgan. Biroq öşa davr taqozosiga köra, hujjatlarini boşlanğiç taʼlim metodikasi fakultetiga qabul qilişgan.

“Qiz bolaga baxt kulib boqsa, yaxşi xonadonlar eşik oçar” deganlaridek, institutda ularning kursida birinçi bosqiçdalik paytiyoq nemis tili va adabiyoti fanidan taniqli şoir va tariqatçi olim Sadriddin Salim Buxoriy dars bergan. Toleʼning uşbu inʼomi Oysuluvga şeʼriyat maydoniga yanada dadil kirib boriş imkoniyatini yaratadi. U tez orada domlaning darsdan taşqari, nazm yönalişi böyiça viloyat gazetasi qoşida taşkil etgan “Nihol” ijodiy tögaragining faol aʼzosiga aylanadi. Vaqt ötişi bilan qalami çarxlana boşlagan tolibi ilm ustozning nazariga tuşadi. Bora-bora, uning lirik şeʼrlari taniqli şoirning tavsiyasi bilan oliy dargohning “Ilğor fan uçun” röznomasi hamda “Buxoro haqiqati” gazetalarida bosila boşlaydi. Viloyat “Yoşlar ovozi” radiosi orqali yangi ijod namunalaridan öqiş baxtiga ham muyassar böladi.

U 1982 yilda institutni bitirib, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi özi öqigan 21-umumtaʼlim maktabIda boşlanğiç sinflarga dars bera boşlaydi. Öşa yili Inoyat Otaqulov ismli muhandis yigitga turmuşga çiqadi.

Yoş muallima öquvçilarga saboq beriş bilan birga, maktabning  maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarida faol iştirok etib, özining söz boyligi, taşabbuskorligi va taşkilotçiligi bilan maktabda hurmat qozonadi. Iş, rözğor yumuşlaridan ortib, ijod bilan şuğullanadi. Ona sifatida beş nafar: tört öğil, bir qizni dunyoga keltirib, ularga tarbiya beradi.

Intilganga toleʼ yor, deyişadi. Taniqli şoirlardan saboq olgan ijodkor muallim totli orzularining röyobi yölida ijod qilişdan töxtamadi, imkoniyat qidirdi. Nihoyat, intilişlarini turmuş örtoği qöllab-quvvatladi, yelkadoş böldi. 1995 yilda uning ilk kitobi — “Dil navolari” naşr etildi. 2013 yilda ikkinçi şeʼriy töplami — “Hayratli dunyo” “Navoiy” naşriyoti tomonidan çop qilindi. 2016 yilda “Uç ögit qissasi”, 2025 yilda “Eʼtiqod ildizi” nomli şeʼriy asarlari bosmadan çiqdi. Ayni paytda u “Oqquş nolasi” nomli nazmiy asari hamda “Qabrdan qaytgan odam” hikoyalar töplamini naşr ettiriş arafasida.

Oysuluv Ğoziyeva ayni paytda badiiy ijod bilan şuğullaniş barobarida, jamoat işlarida ham faol iştirok etib kelayotgan kayvoni ayollardan biri. U özi istiqomat qilayotgan Navoiy şahridagi “Çinor” MFYda “Kambağallikdan — farovonlik sari” davlat dasturining ijrosini taʼminlaş böyiça öziga biriktirilgan kambağallik reyestridagi 5 nafar oilaga hayotiy tajribalaridan kelib çiqib, amaliy yordam körsatib kelayotir. Hali faol nuroniy sifatida iş boşlaganiga köp vaqt  bölmadi. Şunga qaramay, uç farzandning onasi bölgan va oilasi bilan ijara uyda yaşayotgan Qunusova Azizaning turmuş örtoğini  xususiy korxonaga işga joylaştirdi, özini mahalladagi boğçaga işga kiritmoqçi. Şuningdek, yana bir kambağallik röyxatida turuvçi, oilasi bilan ijara uyda yaşab kelayotgan  Jumaniyozova Nazokatning turmuş örtoğini ham şahardagi avtokorxonaga haydovçi bölib işga ötişiga kömaklaşdi. Özini şahardagi tikuv sexiga işga kiritişga astoydil kirişdi.

— Oysuluv opa 68 yoşda bölişiga qaramay, mahallamizdagi eng serğayrat, tinib-tinçimaydigin ayollardan. Ijodkor öqituvçi bölgani uçunmi, mahalla kayvonilaridan biri, töy-maʼrakalarda xotin-qizlarga yöl-yöriq körsatib turadi, — deydi mahalla raisi Zilola Toşeva. — Yaqinda “Kitobxon ayol” körik-tanlovida qatnaşib, şahar bosqiçida 1-örinni, viloyat bosqiçida esa 28 nafar iştirokçi orasida 3-örinni egalladi. Şuningdek, turk yozuvçisi Ahmad Lutfiy Qozonçining “Ögay ona” hamda Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimovning “Dunyoning işlari” asarlari böyiça şahar mahallalarida istiqomat qiluvçi nuroniylar örtasida ötkazilgan tanlovda ham 34 nafar iştirokçi örtasida 3-öringa munosib körildi. Faol nuroniylarimiz Tohir aka Xuşnazarov, Ibrohim aka Ismoilovlar bilan birgalikda mahallamizda “Uç avlod uçraşuvi”, “Eng ibratli oila” kabi tadbirlarni muntazam ötkazib kelamiz. Yoş oilalarda özaro kelişmovçilik boşlangan vaqtda ular bilan birga uylariga borib, darhol yaraştirib qöyamiz.

Tinib-tinçimas faol nuroniy, oliy toifali öqituvçi Oysuluv Ğoziyeva kabi fidoyi buvijonlar bor ekan, farzandu nabiralarimizning oqil va oqila insonlar bölib ulğayişiga şubha yöq, albatta.

Xudoyberdi Navröz,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan