Xorazmliklar taniqli olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Qurolboy Navrözovni ilm-fan darğasi deb ataşadi. Bu bejiz emas, olimning ilmiy kaşfiyotlari bugun turli sohalarda samarali qöllanib kelmoqda.
Qurolboy Navrözov 1946 yilning 7 noyabrida Turkmanistonning Toşhovuz viloyatida tuğilgan. U bolaligidan fizika va matematika fanlariga mehr qöydi. Ayniqsa, yerning tortişiş kuçi orqali yuz beradigan ğaroyib hodisalar uni hayajonga solardi.
Maktabni tugatgaç, Farğona davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetida tahsil olgan bölajak olim bu maskanda professor J.Karimov, dotsentlar Q.Boyqöziyev, M.Mamatov, T.Söpiyevlardan astoydil saboq oldi. Sohani çuqur örganiş istagida 1967 yilda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining Marğilon filialida matematika kafedrasi assistenti lavozimida iş boşladi.
Keyinçalik Xorazm davlat pedagogika institutida faoliyatini davom ettirdi. Şu-şu uning taqdiri Xorazm bilan boğlandi. Yoş olima Rözigul Rajabova bilan oila qurdi. Yangilik yaratiş ilinjida tinib-tinçimas, izlanişlari jarayonida bir-birlariga maslakdoş böldilar.
Ilm, ota-bobolarimiz taʼrif etganidek, igna bilan quduq qazimoq demak. Özbekiston Fanlar Akademiyasining aspiranturasiga öqişga kirgan Qurolboy buni yaxşi anglar, bu dargohda akademik D.F.Fayzullayev rahbarligida olib borayotgan ilmiy işini tezroq nihoyasiga yetkaziş, fan rivojiga öz hissasini qöşişni istardi. 1976 yilda u “Devorlari deformatsiyalanuvçi va deformatsiyalanmaydigan quvurlarda ikki fazali muhit gidrodinamikasining baʼzi masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Uning ilmiy işi qişloq xöjaligi va qurilişda işlatiladigan va har qanday taşqi va içki taʼsirga çidamli trubalarni yaratişga asos bölar edi. Çindan ham, mazkur kaşfiyot fanda yangilik sifatida baholanib, tajriba sinovlaridan ötdi. 1977 yilda Oliy attestatsiya komissiyasining xulosasiga köra, Qurolboy Navrözovga “Fizika-matematika fanlari nomzodi” ilmiy darajasi berildi va şu asosda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlaş taklif etildi.
Olim Xorazmga qaytib, pedagogika institutining matematika kafedrasi katta öqituvçisi lavozimida işladi va doktorlik işi ustida izlanişlar olib bordi. Şu bilan birga, 1983 yilda Özbekiston Fanlar Akademiyasining mexanika va inşootlar mustahkamligi institutining doktoranturasida faoliyatini davom ettirdi.
Nihoyat, 1990 yilda Sankt-Peterburg davlat texnika unversitetida “Kanal va quvurlarda nonyuton va ikki fazali suyuqliklarning pulsatsion oqimi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1991 yilda “Fizika-matematika fanlari doktori” ilmiy darajasiga sazovor böldi. Şu yili unga “Matematika kafedrasi professori” ilmiy unvoni ham berildi.
Olim bu natija bilan çeklanib qololmasdi. Yanada salmoqli yangiliklar yaratiş ilinjida eʼtiborini fanning yangi sohasi —biomexanika yönalişiga qaratdi, yangi ğoyalar yaratdi.
Ulardan biri — qon tomirlarida yurak pulsining tarqaliş tezligi, tomirlarning deformatsiyalaniş xususiyatlariga uzviy ravişda boğliqligi aniqlanib, muqobil sunʼiy qon tomirlarini yaratişning nazariy asoslari edi. Şu asosda qon aylaniş dinamikasini atrofliça örganib, tomirlarning tarmoqlaniş qismlaridagi qon harakati gidrodinamikasining matematik hisob-kitobi taqdim qilindi. Buning natijasida tuğma yurak porogi kasalligining kelib çiqiş sabablari örganilib, xastalikni jarrohlik yöli bilan davolaşning yangi usuli joriy qilindi. Bu usul hozirda Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida qöllanilmoqda.
Qurolboy Navrözov, şuningdek, Latviya Fanlar akademiyasi instituti professorlari V.P.Tamuj, I.V.Knets va V.A.Kasyanovlar bilan hamkorlikda sunʼiy qon tomiri va sunʼiy yurak klapanlarini yasaş metodikasi ustida işladi. Belorussiya Fanlar akademiyasi professorlari Z.P.Şulman va B.M.Xusid bilan birgalikda esa nonyuton suyuqliklar reologik modellarini yaratdi. Bu model asosida yopişqoq elastik plastik suyuqliklarning umumlaşgan modellari işlab çiqildi.
Bu kabi tadqiqotlar va ularning natijalari dunyoning yetuk olimlari tomonidan tan olingan va inson manfaatlariga xizmat qiladigan muhim kaşfiyot deb baholangan. Ayniqsa, olim Qurolboy Navrözovning “Biomexanik jarayonlarni matematik modellaştiriş” mavzusidagi ilmiy qaraşlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eʼtirof etilgan va buning uçun “Fan va texnologiyalarni revojlantirişni muvofiqlaştiriş” qömitasining granti ajratilgan. Yurakning harakatlaniş mexanizmi, sodir bölayotgan jarayonlarning yurak klapanlari harakatiga mos va mos kelmagan hollardagi faoliyatiga taʼsir ötkazişga bağişlangan “Yurak biomexanikasi va uning tadbiqlari” mavzusidagi loyihasi uçun esa 150 million söm grant mablaği ajratilgan.
Bu yönalişdagi tadqiqotlarning yaratilişi bir jihatdan, sportçilarning jismoniy imkoniyatlarini aniq körsatib bersa, infarkt va insult kasalligida bemorning kundalik harakatlarini rejalaştirişda alohida ahamiyatga ega böldi. Boşqaça aytganda, yurak qorinçalarining hajmini kardiografiya maʼlumotlari asosida aniqlaş hamda yurakdagi qonning haydaliş holatlarini tajribada sinab körişning matematik jihatdan ifodalaş imkonini berdi. Natijada kardiogramma va kardiografiya maʼlumotlari asosida inson tomirining deformatsiyalaniş darajalarini aniqlaş usuli yaratildi. Bu usul arterial tomirlar elastikligini aniqlaş usuli deb nomlanadi. Usulning afzallik tomonlari şundaki, uning yordamida qon tomirlarining qattiqlik va elastiklik darajalari aniqlanadi. Bu bemorlarga aniq taşxis qöyişda asosiy vositalardan biri bölib xizmat qiladi.
Professor Qurolboy Navrözovning biomexanika yönalişida qilgan yangiliklari Respublikada ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, Ukraina tibbiyot akademiyasida, şuningdek, Toşkent şahridagi Örta Osiyo temir yöli kasalxonasida, Toşkentdagi bir qator ilmiy tekşiriş institutlarida amaliyotda keng qöllanilmoqda. Yana bir qator tadqiqot samaralari esa Özbekiston Fanlar Akademiyasi, Toşkent quriliş va arxitektura instituti, Farğona davlat universiteti, Moskva davlat universiteti, Belorussiya, Bolgariya, Latviya fanlar akademiyalari, Ukraina tibbiyot akademiyasiga qaraşli yurak-qon tomir jarrohligi institutlarida amaliyotga joriy qilingan.
Qurolboy aka qator xalqaro ilmiy simpozium, sʼyezd, konferensiyalar iştirokçisi. Biomexanika böyiça yuzdan ortiq ilmiy maqolalari xorijda va yurtimizdagi ilmiy jurnallarda naşr qilingan. 5 ta monografiya, 10 dan ortiq ilmiy metodik adabiyotlar, talabalar uçun “Algebra va analiz asoslari”, “Kompleks sonlar, kompleks özgaruvçilarning funksiyalari” kabi metodik qöllanmalari çop etilgan. 2011 yilda esa “Yirik qon tomirlar biomexanikasi” mavzusidagi monografiyasi naşr etilgan.
Professor Qurolboy Navrözov rahbarligida öndan ortiq aspirantlar nomzodlik dissertatsiyasini, yigirmadan ortiq magistrantlar magistrlik dissertatsiyasini, ikki nafar doktorant doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Xorazm davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, ilmiy işlar böyiça prorektor, institut rektori, Urganç davlat universiteti kafedra mudiri, fakultet dekani, prorektor lavozimlarida samarali mehnat qilib, obrö-eʼtibor qozongan qahramonimiz hozirda Urganç davlat universitetida mexanika va matematik injinering kafedrasi professoridir.
U hayoti davomida nafaqat ilm-fan sohasiga katta hissa qöşdi, balki namunali oila qörğonini ham bunyod etdi. Ikki nafar farzandi bugun turli jabhalarda masʼul lavozimlarda mehnat qilişmoqda. Nevaralari bobosi singari olim bölişni öz oldilariga maqsad qilib qöyişgan. Ulardan Mehribon va Qizlarxon Urganç davlat universitetida magistratura bosqiçida tahsil olişmoqda. Gözalxon esa Toşkent iqtisodiyot universitetida doktoranturada öqidi, doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bibisora Toşkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, şu yerda ordinaturada tahsil olmoqda. Akbarbek va Akmalbek ham oliy maʼlumotli iqtisodçi, Bibimaryam va Bibixonimlar ayni paytda oliy öquv yurtida tahsil olyapti.
Xorazmliklar Qurolboy Navrözovni ilm-fan darğasi deb ataşadi. Butun hayotini ilmga bağişlagan olim qutluğ 80 yoşni qarşilamoqda. Uning hayot yöli, tinimsiz izlaniş va yaratuvçanlikka yöğrilgan umri yoş olimlar uçun ulkan hayot maktabidir.
Madamin YANGIBOYEV,
“Nuroniy” jamğarmasi Gurlan tumani bölimi
jamoatçilik kengaşi aʼzosi.