— deydi Lepesbay ota Abduraimov
Uçquduq Navoiyning u qadar katta bölmagan şaharçasi. Ammo juda taniqli. Balki maşhur xonanda Farrux Zokirovning özimizdagina emas, dunyo sahnalaridan ham “Uçkuduuuuuk!!!” deya yangragan qöşiği tufaylidir. Balki bunga şaharça yerosti xazinalarining noyobligi sababdir. Ehtimol mamlakat ğaznasiga oltin qöşayotgan oltin feʼlli odamlarining fidoyi mehnati tufayli Uçuquduq şu qadar maşhurdir. Har holda Uçquduqni bilmagan, tanimagan insonlar kam.
Viloyatning Tomdi tumanida tuğilib, örta maktabni şu yerda tamomlagan, Buxoro texnologiya institutida oliy maʼlumot olgan qozoq yigiti Lepesbay Abduraimov ham Uçquduqning dovruğini eşitib, quruvçi-muhandis sifatida şu yerda iş boşlagan. Işga kelganu mehri tuşib, şu yerlik bölib ketgan. Şundan buyon qança yöllar qurildi, qança imoratlar tiklandi. Axir, 60 yil kiçik fursat emas. Bu vaqt mobaynida Lepesbayning özi ham ulğaydi.
Tomdi tumanidan milliy urf-odatga köra, “obqoçib kelgan” Kuşerkul ismli qiz ham bugun nuroniy onaxonga aylandi. Lepesbay oğaga turmuş yöldoş bölib, yetti farzand kördi. Ikkitasini tuproqqa topşirib yiğladilar, kuydilar ham. Beş nafarini qaynonasi Jangil momo kömagida oq yuvib-oq tarab ulğaytirdilar.
Uçquduqdagi kattayu kiçik quriliş taşkilotlarida işlagan, obrö-eʼtibor bilan nafaqaga çiqqan Lepesbay oğa erkak kişi uyda dam olib qanday ötiraman, deb öylanib turgan bir paytda hamyurtlari uning nomzodini Uçquduqdagi “Abay” mahallasi raisligiga tavsiya qilişdi. Işonçdan mamnun bölar ekan, rozilik bildirdi va yana işga şönğib ketdi.
Ikki yarim yil “Abay” MFYdagi raislik faoliyati davomida taşkilotçiligi, halolligi mahalla ahliga maʼqul kelib, ança yutuqlarga erişdilar. Rais oğaning özi esa “Hali odamlarga kerak ekanman”, deya har kuni yangi kuç-ğayrat topib, işga kirişardi. Lepesbay oğaning nomzodi endi özi istiqomat qilayotgan “Şalxar” mahalla raisligiga körsatildi. Saylovda eng köp ovoz olib, ayni mahallada faoliyat olib bora boşladi.
“Şalxar”dagi raislik davri uni öz mahalla ahliga yanada yaqin qadrdon, jonkuyar döst qilib qöydi. Uç yil içida xalq bilan birgalik uni uyda zerikib qolmasligiga sabab böldi. Hozirda esa 78 yoşli Lepes bobo tuman “Nuroniy” jamğarmasi faoli bölib, yana xalq bilan birga.
— Özbek xalqi döstga döst xalq, — deydi Kuşerkul ona. — Men qozoqman, özbek maktabida bolalarga 42 yil rus tilidan saboq berdim. Mehnat jamoam juda yaxşi edi. Yaşaş joyimda ham qöni-qöşnilarim bilan opa-singildek muomala qilamiz. Bolalarimizga ham şuni örgatdik. Navrözda birgalaşib sumalak qilamiz. Qozoqça, özbekça laparlar, yallalar aytib, xursand ötkazamiz bayramni. Zuhraxon hoji degan qöşnim bilan ayniqsa yaqinman. Ziyodaxon degan qöşni singlim bilan ham qadrdonman. Bir-birimizga taom ilinamiz. Hol-ahvol söraşib, xabar olamiz. Ular men pişirgan beşbarmoqni yaxşi körişsa, men ulardan özbekça palov damlaşni örganganman. Turmuş örtoğim ham palovni yaxşi köradi. Uyda tez-tez oş damlaymiz. Köpçilik Uçquduqqa işlagani kelarkan, ammo nafaqaga çiqqaç, yana öz yurtiga ketib qolarkan. Ammo biz ketmaganmiz. Uçquduqqa mehrimiz tuşib qolgan. Qişni köpqavatli uyda ötkazsak, yozda hovlimizga ketamiz. U yerda tomorqamiz bor. Daraxtlar, gullar deganday. Yaylovda beş-oltita tuyamiz ham bor. Tuya suti juda şifobaxş.
Kuşerkul onaning fikr-mulohazasi ham özbekona bölib ketganini seziş qiyin emas. U oila muqaddasligi haqida ham ança fikrlar aytdi. Ayolning erkakka itoati haqidagi gapi, ayniqsa, çiroyli böldi: “Erkak oila boşliği. Demak, boşliqning fikrini hurmat qiliş kerak. Yana bir gap, erkaklar mard böladi, ammo biroz mört böladi. Yaʼni tez jahli çiqişi, murosaga kelmasligi, içki “men”ining yuksakligi bor gap. Ayol esa keçirimli va mulohazali bölişi şart. Şunda hammasi yaxşi böladi. Er-xotinning arzimagan narsaga janjal qilaverişi bolalar tarbiyasini salbiy tarafga buradi. Quş uyasida körganini qiladi, axir. Uzatadigan qizingiz, uylaydigan öğlingiz sizdan ibrat oladi”.
Bu gaplardan qöşa qariş poydevorini topiş qiyin emas. Ularning Lepesbay oğa bilan 60 yillik ahil turmuşi, farzandlarining oliy maʼlumotli, öz oilasida baxtli ekani ota-onaning ibratidan ekanligi körinib turibdi. Beş nafar farzand, 14 nafar nevara, 7 nafar çevara qurşovida keksalik gaştini surib yurganlarning oilasi faqat farzandlari uçungina emas, hamma uçun ham örnak ekaniga amin böldik.
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy” muxbiri.