Xalq orasida şaxsiy manfaatdan köra jamiyat farovonligini ustun qöyadigan fidoyi insonlar hamişa qadrlangan. Bugungi tadbirkorlik va globallaşuv davrida bunday toifadagi kişilar kamayib borayotgandek tuyulsa-da, atrofimizda ezgulik ulaşib yaşayotgan bağrikeng insonlar talaygina.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, “Soğlom turmuş” medali va I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi Ibrohim Jumayev ana şunday insonlardan biridir. 1948 yil 12 mayda Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Duldul qişloğida tuğilgan qahramonimiz yoşligidan jurnalistika va adabiyotga qiziqqan bölsa-da, oilaviy şaroit tufayli 1965 yilda maktabni tugatib, Karmana şahridagi bosmaxonada oddiy işçi sifatida iş boşlaydi.
U öşa davrning murakkab harf teriş qurilmalarida işlaş — linotipçilik kasbining sir-asrorlarini qunt bilan örganadi, tajribali işçilardan mahorat sirlarini özlaştiradi. U bosmaxonadagi oğir mehnat bilan bir qatorda, ijodga ham vaqt topadi. Gazetalarga kiçik xabar va maqolalar yozib turadi. Tez orada uning iqtidori sezilib, 1972 yilda “Karmana ovozi” gazetasi muharriri Qosim Hasanov uni naşrga muxbirlikka taklif etadi.
Şu tariqa Ibrohim akaning professional jurnalistikadagi faoliyati boşlanadi. Keyinçalik u Navoiy davlat pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetini imtiyozli tamomlab, “Navbahor tongi” gazetasida bölim mudiri sifatida tajriba oşiradi. 1986 yilda Navoiy viloyatining boş naşri — “Döstlik bayroği” gazetasiga masʼul kotib örinbosari bölib işga kiradi. Köp ötmay, poğonama-poğona kötarilib, masʼul kotib, muharrir örinbosari va boş muharrir lavozimlarida faoliyat yuritadi.
Bu davrda u gazetaçilikning maşaqqatlarini mukammal egallab, viloyat va respublika miqyosida taniqli matbaaçi va rahbar sifatida nom qozonadi. 1996 yilda matbuot tizimidagi islohotlar sababli “Döstlik bayroği” va “Znamya drujbы” gazetalari tahririyatlari birlaştirilib, rahbarlikka rus tilini ham biladigan mutaxassis tayinlaş talabi qöyiladi.
Şu sababli, Ibrohim ota öz arizasiga köra lavozimidan böşaydi. Biroq tajribali jurnalist uzoq vaqt işsiz qolmadi. Öşa yili viloyat hokimligi va matbuot boşqarmasi tavsiyasi bilan u yangi taşkil etilayotgan “Salomatlik” gazetasiga boş muharrir etib tayinlanadi. Ibrohim Jumayev uşbu naşrni viloyat tibbiyotining közgusiga aylantiriş uçun bor bilim va tajribasini safarbar etadi.
Mana, 30 yildirki, gazeta aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, yuqumli kasalliklarning oldini oliş, şuningdek, odam savdosi va giyohvandlik kabi illatlarga qarşi kuraşişda beminnat xizmat qilib kelmoqda. Bu ezgu işlarda muharrirning xizmatlari beqiyosdir. Bugungi qahramonimiz nafaqat ötkir qalam sohibi, balki zukko adib hamdir.
Uning tibbiyot xodimlarining şarafli mehnatiga bağişlangan “Birinçi dovon” va “Dovon oşa” nomli kitoblari öquvçilar tomonidan iliq kutib olingan. Ayni paytda u sohadagi keng kölamli islohotlar, zamonaviy davolaş tizimlari va tibbiyotdagi yutuqlar aks etgan yangi kitobini naşrga tayyorlamoqda. Bundan taşqari, 78 yoşni qarşilagan ustoz jurnalist yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda “Salomatlik” gazetasining 30 yilligi arafasida şogirdlari bilan hammualliflikda viloyat tibbiyot tizimi solnomasi bölgan kitob-albom ustida işlamoqda.
Ustoz ijodkorga soğlik-salomatlik va kuç-quvvat tilab, dildagi barça ezgu rejalari va orzulari amalga oşişini tilaymiz.
Xudoyberdi NAVRÖZ,
“Nuroniy” muxbiri.