Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yillik tantanalariga qizğin hozirlik körilayotgan şu qutluğ kunlarda qariyb yarim asrlik hayot va mehnat yölimni köz oldimdan ötkazib, çuqur xayolga toldim.
Mustaqillikdan avval maktabda öqituvçi, tuman partiya qömitasida mutaxassis, qişloq kengaşi (soveti)da rais lavozimlarida işladim. Ortga nazar taşlab, öşa davr bilan bugungi dorilomon kunlarni qiyoslasam, yurtimizda qanday buyuk özgarişlar va yutuqlar yuz berganiga yana bir bor amin bölaman. Istiqlol yillarida 27 yil davomida mahalla tizimida faoliyat yuritdim. Töğrisini aytiş kerak, dastlabki yillarda aholi farovonligini yuksaltiriş, infratuzilmani yaxşilaş, oilalar tinçligini taʼminlaş va yoşlarni mustaqil hayotga tayyorlaş işlari tizimli yölga qöyilmagani sababli katta qiyinçiliklar bilan amalga oşirilardi.
Sobiq tuzum davrida 22 ming aholi istiqomat qiladigan Oxunboboyev nomli qişloq kengaşida atigi 3 ta iş örni mavjud edi, xolos. Vazifa va masʼuliyat esa haddan taşqari köp edi. Öşa paytdagi Jizzax (hozirgi Şarof Raşidov) tumanidagi 13 ta qişloq kengaşi hududdagi barça sohalarga javobgar edi. Paxta va ğalla rejasi, aholidan sut va göşt yiğiş, majburiy soliqlar, iqtisodiy-ijtimoiy masalalar, hatto hududni suv, gaz, elektr bilan taʼminlaş, harbiy va huquqiy sohalar ham mana şu uç nafar xodimning yelkasida edi. Xodimlarni moddiy yoki maʼnaviy rağbatlantiriş haqida gap ham bölişi mumkin emasdi, lekin talab va masʼuliyat qattiq edi. Nikohni qayd etiş, tuğilganlik haqida guvohnoma beriş, pasport rejimi, aholi salomatligi — xulosa qilib aytganda, inson hayoti bilan boğliq barça jarayonlar şu kiçik jamoa zimmasida edi. Tabiiyki, bunday şaroitda aholining real ehtiyojlarini qondiriş, turmuş darajasini yuksaltiriş imkonsiz. Bu ham yetmaganidek, davlat idoralarida ona tilimizda hujjat yuritiş taʼqiqlangan edi.
Yurtimizda hurriyat şabadasi esa boşladi. 1989 yilda “Davlat tili töğrisida”gi Qonunning qabul qilinişi bilan iş yuritiş özbek tiliga ötdi. 1991 yilda qölga kiritilgan mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz tiklandi.
Sönggi ön yilda esa inson qadrini yuksaltiriş yölida juda katta islohotlar amalga oşirildi. Oila instituti va farzand tarbiyasiga bölgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga kötarildi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari, har bir insonning baxtli va farovon hayot keçiriş huquqlari Yangi tahrirdagi Boş qomusimiz orqali qatʼiy kafolatlandi.
Bugun mamlakatimizda barça saʼy-harakatlar inson omiliga, uning baxtli yaşaşiga xizmat qilmoqda. Erkaklar va ayollar teng huquqliligi taʼminlanib, mahalla instituti davlatning eng yaqin tayançiga aylandi. Ayniqsa, keyingi yillarda mahalla tizimi tubdan transformatsiya qilindi. Prezidentimiz taşabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan “mahalla yettiligi” tizimi hududlardagi muammolarni joyida hal etişning eng samarali modeliga aylandi. Mahallalarning vakolatlari kengaytirilib, mustahkam moddiy-texnik bazasi yaratildi. Endilikda har qanday masala yuqori idoralar aralaşuvisiz, mahallaning özida mustaqil hal etilmoqda.
Mahallalar huzurida öndan ziyod jamoatçilik kengaşlari taşkil etilgan. “Keksalar maslahati”, “Buvijonlar maktabi” guruhlari, “Oqila ayollar” harakati, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş va yoşlar bilan işlaş kengaşlari bugun “mahalla yettiligi”ga yaqindan kömak bermoqda. Ular hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, sport va soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda fidoyilik körsatişmoqda. Biz işlagan davrlarda ehtiyojmand oilalarga, tadbirkorlarga yoki iqtidorli yoşlarga moliyaviy yoki ijtimoiy yordam berişning na tizimi, na imkoniyati bor edi. Mustaqillik şarofati va bugungi oqilona siyosat tufayli bu muammolar tarixda qoldi. Bugun yoşlarimizning ilm-fan, innovatsion loyihalar bilan şuğullanişi, jahon minbarlarida yurtimiz bayroğini baland kötarişi uçun yaratilgan şaroitlarni körib, odamning közi quvonadi.
Inson qadri uluğlangan, mehnat munosib rağbatlantiriladigan yurtda yaşaş — katta baxt. Eng katta boyligimiz esa yurtimizdagi tinçlik, osoyiştalik va millatlararo totuvlikdir. Mana şunday dorilomon kunlarning qadriga yetiş, Vatanimizning har bir qariç yerini köz qoraçiğidek asrab-avaylaş barçamiz, ayniqsa, biz, keksa avlod vakillari va umidli yoşlarimizning muqaddas burçi, albatta.
Dilbar SAIDOVA,
Şarof Raşidov tumani “Buvijonlar maktabi” rahbari,
“Mehnat şuhrati” ordeni sohibasi.