Mamlakatimizda millati, kasbidan qatʼi nazar, yurtimiz ilm-fani, madaniyatini yuksaltirişga hissa qöşgan uluğ insonlar bisyor. Ularning faoliyati yuksak ibrat namunasi bölişi bilan bir qatorda, qoldirgan ilmiy merosi xalqimizning ulkan maʼnaviy mulkiga aylangan.

Abdurasul Ergaşev ham ana şunday yurtdoşlarimizdan biri edi. U 1951 yilda Dehqonobod tumanida tuğilgan. Bolaligi qiyinçiliklar bilan ötgan. 1959-1969 yillarda tumandagi 1-sonli umumtaʼlim örta maktabida “aʼlo” baholarga öqidi. Öquvçilik çoğlaridayoq şeʼrlar yozib, şoir bölişni orzu qildi. Ammo bir kuni jurnalda maşhur olim Toşmuhammad Qori Niyoziy haqidagi maqolani öqidiyu birdan fikri özgardi-qoldi. Butun dunyoga donği ketgan olimga havasi keldi.  “Men ham olim bölaman!” — dedi öziga-özi. Öquvçilik yillarida fizika va matematika fanlari böyiça fan olimpiadalarida faol iştirok etdi. Maktabni bitirayotgan yili fizika fanidan Butunittifoq olimpiadasida qatnaşib, öz iqtidorini namoyiş etdi va Örta Osiyo mintaqasi böyiça yuqori örinni egalladi. 1969 yili maktabni oltin medal bilan tugatgaç, Toşkent davlat universiteti, hozirgi ÖzMUning mexanika-matematika fakultetiga öqişga kirdi.

Bölajak olim uçinçi kursdan boşlab, mutlaqo yangi soha — “Diskret kompleks funksiyalar nazariyasi” bilan şuğullana boşladi. Şuni alohida taʼkidlaş zarurki, mazkur nazariya matematika faniga endigina kirib kelayotgandi va bu soha bilan sobiq Ittifoqda barmoq bilan sanarli bir neça olim, Angliya, Germaniya, Polşa va Yaponiya mamlakatlarida közga köringan matematiklar şuğullanardilar. Öşa davrda bu sohada fizika-matematika fanlari doktori, professor Lev Izraeloviç Volkovskiy rahbarligidagi olimlar ilmiy-tadqiqot işlarini olib borişardi. Yangi nazariya Abdurasul Ergaşevni öziga rom etib qöydi. Törtinçi kursda tahsil olayotganida “Ikki haqiqiy özgaruvçanli diskret differensial tenglamalarni yeçişning operatsion hisob metodi” mavzusida kurs işi yozdi.

Bu bilan qanoatlanib qolmadi. Universitetni bitiriş çoğida “Uzluksiz haqiqiy bir özgaruvçili va diskret kompleks bir özgaruvçili diskret tenglamalarni yeçişning operatsion metodi” mavzusidagi diplom işini muvaffaqiyatli himoya qildi. Diplom işiga professor L.I.Volkovskiy va fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.S.Çumakovlar ilmiy rahbarlik qilişdi. Mazkur iş respublika oliy taʼlim vazirligi tomonidan yuqori baholanib, A.Ergaşev maxsus diplom bilan taqdirlandi. Xullas, yangi soha  Abdurasul Ergaşevning butun borliğini qamrab olib, unga sira tinçlik bermay qöydi.  Uning yana nimalarnidir tadqiq  qilgisi, qandaydir yangiliklar yaratgisi kelardi.

Köp yillar diskret tenglamalar nazariyasi böyiça ilmiy-tadqiqot işlari bilan şuğullandi va köp özgaruvçanli  diskret tenglamalarni yeçişning Ye — almaştirişlar metodini yaratişga va hisoblaş matematikasi, biofizika, kibernetika, iqtisodiyot  sohalarini ilmiy jihatdan har tomonlama puxta tadqiq etib,  diskret tenglamalarning aksariyati iqtisodiyotni matematik modellaştirişda qöllanilişini  aniqlaşga  muvaffaq  böldi. 1983 yil Abdurasul Ergaşev ilmiy faoliyatida katta buriliş yasadi.  Öşa yili iqtisod fanlari doktori, professor L.A.Ahmedov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.S.Çumakovlar ilmiy rahbarligida (ilmiy maslahatçi professor L.I.Volkovskiy) “Diskret çiziqli joylaşgan obʼyektlarda avtomobil va vertolyotlar bilan yuk taşiş jarayonlarini modellaştiriş” mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini himoya qildi.

A.Ergaşev 1991 yili  “Borib bölmaydigan joylarda va favqulodda holatlarda turli xil transport vositalari  (samolyot, vertolyot, yer usti va suv transportlari)ni optimal boşqariş” mavzusida doktorlik  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, iqtisod fanlari doktori  ilmiy unvonini olişga erişdi. Öz sohasining yetuk bilimdoni Abdurasul Ergaşev tadqiq etgan ilmiy işlar şunçaki qoğozlarda qolib ketgan emas. Uning ilmiy işlari bevosita hayotda qöllanila boşlandi va hozirgi paytda Ğarbiy va Şarqiy Sibirda, Uzoq Şarqda va Markaziy Osiyodagi oğir şaroitlarda va favqulodda holatlarda qöllanib kelinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Kibernetika institutida muhandis, katta muhandis, yetakçi konstruktor,  ilmiy xodim va katta ilmiy xodim vazifalarida  barakali mehnat qildi va fan rivojiga salmoqli hissa qöşdi.

Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti professori vazifalarida işlab,  ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qöşdi, yoş olimlarni qöllab-quvvatladi, bilimga çanqoq talabalarning fan va xalq xöjaligi sohalarida yetuk kadrlar bölib yetişişlarida  jonbozlik körsatdi. U Respublika tojik milliy-madaniy markazi Qaşqadaryo viloyati bölimining raisi sifatida joylarda millatlararo totuvlik, hamjihatlikni taʼminlaş, tojik xalqining urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlarini  keng tarğib etiş yuzasidan qizğin faoliyat olib bordi.

U bir qator ilmiy kitoblar muallifi. Toşkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Donetsk, Novosibirsk, Sverdlovsk, Tomsk, Vladivostok, Xabarovsk, Duşanbe va boşqa yirik şaharlarda ötkazilgan nufuzli xalqaro ilmiy anjumanlarda  öz maʼruzalari bilan faol iştirok etgan. Önlab fan doktorlari va fan nomzodlarining ilmiy işlariga rahbarlik qilgan.

Kamtar va xokisor, olijanob inson Abdurasul Ergaşevning ilm-fan taraqqiyoti, jamiyat rivojidagi halol va fidokorona mehnatlari munosib taqdirlangan. U “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan. Kamina Abdurasul Ergaşev bilan bir neça bor suhbatda bölganman. Oçiqköngil, kamtarin olim özi haqida emas, nuqul ilm-fan, yoşlarni unga jalb etiş, tumandagi maktablarda matematika fani böyiça çuqurlaştirilgan sinflarni taşkil etiş xususida jöşib-jöşib sözlardi. Tuman hokimligining taşabbusi bilan bundan öttiz yilça oldin u kişining hayotlik  kezlarida  olimning  uy-muzeyini taşkil etgan edik.

Abdurasul Ergaşev 2021 yili 70 yoşida olamdan ötdi. U insondan  yaxşi nom va  katta ilmiy meros qoldi. Yaqinda Dehqonobod tumanidagi 5-sonli bolalar musiqa maktabida iqtisod fanlari doktori, professor Abdurasul Ergaşev tavalludining 75 yilligiga bağişlangan xotira keçasi bölib ötdi. Unda Qaşqadaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Firdavs Sattorov, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi Qaşqadaryo viloyati hududiy  bölinmasi rahbari Farhod Asadov, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori Juma Hamroyev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Respublika tojik milliy-madaniy markazi Qaşqadaryo viloyati bölimi raisi, professor Imomnazar Tursunov,  Özbekiston menejerlar assotsiatsiyasi Qaşqadaryo viloyati filiali direktori Şermamat Rajabov, Qarşi davlat texnika universiteti professori Yusuf Manzarov, Respublika tojik milliy-madaniy markazi Dehqonobod tuman bölinmasi raisi Karim Toşqulov, professor Abdurasul Ergaşevning ukasi Abduqayum Ergaşev, singlisi Ziyoda Ergaşeva, öğli Inoyat Ergaşev va boşqalar iştirok etib, olimning boy ilmiy merosi xususida fikr yuritdilar.

Taniqli xuşovoz xonandalar Umrzoq Quvvatov, Xayrulla Nasriddinov, Farmon Azimovlarning  musiqiy çiqişlari yiğilganlarga  manzur böldi. Tadbirda mehmonlar bir piyola çoy ustida dildan suhbat qurdilar. Qurʼoni karim tilovat qilinib, ötganlar ruhiga duoi fotiha öqildi.

Abduqayum  BEKKAMOV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan