Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilliK bayrami tantanalariga hozirlik körilayotgan bugungi şukuhli kunlarda xalqimizning ozod va erkin hayot sari bosib ötgan şarafli yöli — el-yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi, Yangi Özbekistonimiz obodligi sari taşlangan salmoqli qadamlar yurtimizda ham, dunyo hamjamiyatida ham yuksak iftixor bilan eʼtirof etilmoqda.

Inson qadri va xalq manfaati davlat siyosatining ustuvor mezoniga aylangan yurtimizda   “Yagona vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” şiori bilan boşlanayotgan Mustaqilligmizning 35 yilligi tantanalari arafasida har bir yurtdoşimiz, xususan, el-yurtimiz ravnaqi yölida uzoq yillar fidoyilik bilan xizmat qilgan faxriylar, nuroniylarga körsatilayotgan hurmat-ehtirom yangi bosqiçga kötarildi. Bu borada prokuratura organlari tizimida ham ibratli işlar amalga oşirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2025 yil 15 maydagi “2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin köpaytiriş va turistik xizmatlar kölamini jadal kengaytiriş orqali turizmning iqtisodiyotdagi örni va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga asosan, “Özbekiston böylab sayohat qil!” içki turizmni rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş maqsadida har oyning ikkinçi haftasi şanba va yakşanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga çiqiş kuni” etib belgilangan.

Şu munosabat bilan prokuratura organlarining bir guruh faxriylari poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat uyuştirişdi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi hamda Prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi tomonidan taşkil etildi. Tizimning 70 nafar faxriy xodimi zamonaviy avtobuslarda maskanga yetib kelişdi.

Prezidentimizning 2017 yil 23 iyundagi qarori bilan qurilişi boşlangan mazkur majmuaga  2018 yilgi Ramazon hayiti kuni tamal toşi qöyilgandi. Oradan sakkiz yil ötib, uşbu uluğvor majmua tantanali ravişda oçildi. Hazrati Imom majmuasi hududida joylaşgan, uç qavatli va 65 metrli gumbazga ega mazkur mahobatli bino milliy meʼmorçilik anʼanalari zamonaviy uslublar bilan uyğunlaşib, mamlakatimizning bunyodkorlik salohiyati va estetik tafakkurini özida namoyon etdi.

Markazda jamlangan boy ilmiy va maʼnaviy meros xalqimiz qançalar buyuk sivilizatsiya yaratganining yaqqol dalilidir. Qurʼoni karim zalida saqlanayotgan Usmon mushafi kabi noyob yodgorliklar ham diniy, ham umuminsoniy sivilizatsiya tarixidagi beqiyos ahamiyatga ega durdonalar sirasiga kiradi. Turli sulolalar davriga oid qölyozmalar, sanʼat asarlari va artefaktlar esa yurtimiz hududi azaldan fan, madaniyat va maʼrifat markazi bölganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Markazning asosiy vazifasi ana şu merosni köz qoraçiğidek saqlaş, ilmiy isteʼmolga kiritiş, xalqimizga va xorijlik sayyohlarga tuşunarli tilda yetkaziş hamda jahon hamjamiyatiga keng tarğib qilişdan iborat. Zero, bugungi globallaşuv şaroitida millatning özligini anglaşi, öz tarixi va tomirlariga tayanişi har qaçongidan ham muhim. Islom sivilizatsiyasi markazi strategik maʼnaviy poydevor sifatida ana şu ehtiyojga töla javob beradi. Sayohat davomida faxriylar bir neça guruhga bölinib, maxsus biriktirilgan gid-hamrohlar bilan markaz zallarini közdan keçirişdi.

— Majmua Özbekistonning taraqqiyoti nafaqat iqtisodiy yoki texnologik yutuqlardan, balki maʼnaviy yuksaliş va ilm-fandan iborat ekanini namoyon etib turibdi, — deydi yuridik fanlar doktori, prokuratura faxriysi Baxtiyor Pölatov. — Şu bilan birga, bu dargoh jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşişning eng samarali vositalaridan biri bölib xizmat qiladi. Islom dinining asl mohiyati — tinçlik, bağrikenglik va ilmga çorlaşdir. Markaz turli notöğri talqinlarga qarşi maʼrifiy qalqon vazifasini ham ötaydi.

Faxriylar har bir zaldagi noyob eksponatlarni maroq bilan tomoşa qilib, unutilmas taassurotlarga ega bölişdi.

— Islom sivilizatsiyasi markazidan bir olam taassurot bilan çiqar ekanman, vujudimda yangi bir ruhiy quvvat uyğongandek böldi, — deydi Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, prokuratura faxriysi Mirzohid Obidov. — Men bunday tuyğuni har bir yurtdoşim his qilişini istayman. Markazda asrlar oşa nomlari bizgaça yetib kelgan uluğ ajdodlarimiz — maʼrifat namoyandalari bilan muloqot qilgandek böldim. Qolaversa, bu maskan özini şu yurt farzandi deb hisoblaydigan har bir fuqaroga özligini, ildizini, kim ekanini tuşunişiga yaqindan yordam beradi.

Şu bilan birga, faxriylar markaz binosining ikkinçi qavatida joylaşgan Yangi Özbekiston innovatsion kutubxonasida ham bölişdi. Qariyb uç yuz kişiga biryöla xizmat körsata oladigan maskanning kitob fondi 350 ming bosma kitobdan iborat bölib, undan 100 mingi qölyozma va toşbosmalar, 250 mingi esa zamonaviy naşrlardir. Kutubxonaning elektron fondi 5 million resursga möljallangan bölib, bu respublika miqyosida eng katta siğim hisoblanadi.

Markazda bölgan har bir yurtdoşimiz özini Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy kabi buyuk zotlarning munosib izdoşi sifatida his etadi. Bu kabi sayohatlar esa prokuratura tizimi faxriylari, ularning izidan borayotgan yoş xodimlarga ham maʼnaviy quvvat bağişlamoqda.

Botir KALONOV,

Özbekiston prokuratura organlari faxriylarini

ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi raisi.

Oybek Sultonov,

Özbekiston Respublikasi Boş Prokuraturasi Kadrlar boşqarmasi boşliği örinbosari.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan