“Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqiçga olib çiqdi. Uning ijrosini taʼminlaşda mahallalardagi keksa avlod vakillarining iştiroki alohida ahamiyat kasb etayotgani quvonarli. Saxovatpeşa va tajribali nuroniylarning ehtiyojmand xonadonlarga biriktirilişi qisqa fursatda öz mevasini bera boşlagani, ularning taşabbusi bilan yuzlab oilalar öz tomorqasini daromad manbaiga aylantirib, qançadan-qança yoşlar “ustoz — şogird” anʼanasi asosida kasb-hunarli bölayotgani bor gap. Joylardagi ana şunday tizimli işlarning jonli ifodasini Qaşqadaryo va Namangan viloyatlari mahallalari misolida köriş mumkin.
Raqamlarga köra, Qaşqadaryo böylab 776 ta mahalladagi 2 ming 156 nafar faol nuroniy 10 ming 368 ta kambağal oilaga biriktirilgan. Biz hududdagi işlarning qay darajada borayotganini örganiş uçun Yakkaboğ tumanidagi “Serob” mahallasi faol nuroniysi Sobirjon Şukurov hamrohligida ijtimoiy reyestrda hisobda turuvçi Muhayyo Örazaliyeva xonadonida böldik. Erta bahorda ekilgan kartoşka hosilini yiğiştirib olayotgan oila bekasi bundan mamnun. Hosildan böşagan yerga takroriy ekin ekiş uçun hozirlik körilyapti.
— Sobir otaning qimmatli maslahatlari bilan tomorqamizda turli rezavorlar ekib, parvarişlayapmiz, — deydi Muhayyo Örazaliyeva. — Bu bilan dasturxon tökinligi taʼminlanibgina qolmay, farovonlik sari qadam qöyilmoqda. Farzandlarimiz uçun öquv qurollari, sport kiyim-boşi va stol-stul berildi. Bizga yaqindan kömakdoş bölayotgan nuroniylarga minnatdorlik bildiramiz.
Uljon Ahmedovalar oilasi ham Sobir Şukurovga biriktirilgan. Uning kömagi va maslahati bilan tomorqasida turli ekinlar ekilib, oila dasturxonining obodligi taʼminlanmoqda. Mazkur mahalladagi faol nuroniy Toşmaxmat Jörayev ham 5 ta ehtiyojmand oilaga masʼul. Nuroniyning kömagi bilan mahalladagi Malohat Törayeva, Zulxumor Rajabovalar oilalari ham kambağallikdan çiqarilmoqda. Ularning tomorqasida turli ekinlar ekilib, yetarli darajada hosil olinyapti. Şuningdek, mahalladagi faol nuroniy Neʼmat Husanov ham öziga biriktirilgan oilalar axvolini örganib, özining qimmatli maslahatlarini beryapti.
Tirkaş bobo Mahmudov tumandagi Samoq qişloğining saxovatpeşa nuroniylaridan. U kişiga uçta oila ajratilgan. Tadbirkor emasmi, otaliğidagi oilalar va ularning farzandlari uçun yordamini ayamayapti. Tomorqalardan samarali foydalaniş usullarini işlab çiqib, ekinlardan yuqori hosil olinişini taʼminlayapti. Masalan, foydalaniş uçun yaroqsiz bölgan avtomobil şinalaridan foydalanib, içiga tuproq va mahalliy öğit aralaştirgan holda kartoşka, pomidor, bulğor qalampiri, baqlajon singari ekinlar ekiş orqali har qariç yerdan samarali foydalanayotir. Öquv markazi oçib, unda ehtiyojmand oila farzandlarining imtiyozli ravişda öquvini taşkil etgan. Bu esa mahalladagi köplab yoşlar uçun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Şuningdek, mebel işlab çiqariş sexida yoşlar uçun qöşimça iş örinlarining taşkil etilişida otaxonning xizmatlari katta. Boboga biriktirilgan Sojida Turopova, Iroda Qobilova, Sojida Jörayevalarning tomorqasiga kartoşka, piyoz, baqlajon singari ekinlar ekilib, yaxşigina daromad olişga erişilmoqda.
“Nuroniy” jamğarmasi Yakkaboğ tumani bölimi raisi Farhod Jumayevning taʼkidlaşiça, 59 ta mahalladagi 153 nafar faol nuroniy 718 ta oilaga biriktirilgan bölib, qaror ijrosini taʼminlaş yuzasidan astoydil iş olib borilmoqda. Hozirgaça kambağallik reyestrida turadigan oilalarning 75 foizi kambağallikdan çiqarilgan.
— Mahallamizda 6 ming 541 nafar aholi, 1849 ta oila, 1051 ta xonadon bor, — deydi Şahrisabz tumanidagi “Mevazor” mahallasi raisi Sanjar Abdiaxatov. — Farhod Islomov, Faxriddin Samadov hamda “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Bahodir Mamatovlar özlariga biriktirilgan oilalar bilan astoydil iş olib borişyapti.
Faol nuroniylar hamrohligida “Fayzobod” köçasida yaşovçi Maftuna Umarova xonadonida böldik. Içkariga qadam qöyişingiz bilan özingizni “Boği eram”da his qilasiz, göyo. Tartib bilan ekilgan ekinlarga xonadonning nuroniy otaxoni — 76 yoşni qarşilagan Töra bobo Nazarov mehr bilan işlov beryapti ekan. Erta ekilgan kartoşka kovlab olinib, yerlar takroriy ekinga tayyorlanyapti. Pomidor, bulğor qalampiri, baqlajon, bodring singari ekinlar dehqon mehri bilan baravj rivojlanmoqda.
— Oilamizga faol nuroniy Faxriddin Samadov biriktirilgan bölib, kunora xabar olib turadilar, — deydi Maftuna Umarova. — Otaxonning kömagi bilan dasturxonimiz obodligi taʼminlanmoqda. Bularning barçasi Prezidentimizning “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturlari ijrosining amaldagi ifodasidir.
Namangan viloyatining Çust tumanida ham uşbu yönalişdagi işlar eʼtirofga arzigulik.
— Tumanimizdagi 69 ta mahalladan 206 nafar faol nuroniy tanlab olinib, ular 903 ta oilaga biriktirilgan, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Çust tumani bölimi raisi Jöraxon Mirahmedov. — Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturiga asosan, röyxatga olingan oilalar bilan muntazam ravişda iş olib borilyapti. Işsiz oilalarning 63 nafar farzandi iş bilan taʼminlanib, 259 nafari özini özi band qildi. Ular uçun 45 million söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib, çorvaçilik bilan şuğullaniş uçun 21 boş qoramol, 635 boş qöy va 421 boş eçki olib berildi. Faol nuroniylar taşabbusi bilan tomorqasida boqişga şaroiti bor oilalarga 983 ta tovuq, 249 dona kurka va 135 dona ördak tarqatildi. Kambğallik reyestriga kiritilgan oila farzandlaridan 325 nafari qöşimça darslarga, 371 nafari turli tögaraklarga jalb qilindi. 523 nafari “ustoz — şogird” anʼanasiga asosan, hunarmand ustalarga biriktirildi.
Tumandagi “Mehnatobod” mahallasi faol nuroniysi Madaminjon ota Şaripovga 5 ta kambağal oila biriktirilgan. Quvonarlisi, faol nuroniyga biriktirilgan oila farzandlari “ustoz — şogird” anʼanasiga köra, hunarmandlardan kasb sirlarini örganişyapti. Mumina Uralovaning farzandi Muslima Sobitjonova döppidöz onaxon Marhamat aya Qurbonovaga biriktirilib, hozirgi kunda döppi tikiş sirlarini özlaştirib oldi. Endilikda özi mustaqil ravişda döppilar tayyorlab, oila byudjetini mustahkamlaşga hissa qöşyapti. Bundan ota-onasi ham xursand. Şuningdek, otaxon öziga biriktirilgan oilalar tomorqalariga turli mevali köçatlar ektirib, yuqori hosil olinişini taʼminlamoqda. Otaxonning taşabbusi bilan 6 nafar mehnatobodlik işsiz yoş tadbirkor tomonidan oçilgan mebel sexida iş bilan taʼminlandi. Buning ortidan Farida Yoqubovaning farzandi Jasurbek Şarifjonov mebel tayyorlaş sirlarni puxta özlaştirib oldi.
Tumandagi “Pansada” mahallasi faol nuroniysi Muqaddas Xoldorova ham kambağal oilalar bilan işlaşda öziga xos tajribaga ega. Ayaning kömagi bilan Marğuba Aliyevaga imtiyozli kredit rasmiylaştirilib, xonadonida tikuvçilik sexi oçildi. Saida Ibragimovaning farzandi Doniyor Xolmirzayev Zohidjon usta qölida nonvoylik kasbini örgangan bölsa, Rahima Qosimova, Nilufar Ziyovuddinova singari yoşlar öz xonadonida tikuvçilik sexini oçgan tadbirkor Ibrohim Saydullayevdan tikuvçilik sirlarini mukammal örganib oldilar. Onaxonga biriktirilgan Muqaddas Nosirovaning qizi Barno Komilova döppidözlik bilan şuğullanayotgan Muhabbatxon Xoldorovaga biriktirildi. Natijalar esa kutilganidek böldi. Bu kabi misollarni yana köplab keltiriş mumkin.
Aytiş mumkinki, mahallalardagi faol nuroniylar özlariga biriktirilgan oilalar bilan muntazam ravişda iş olib borib, “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi ijrosini bajarişda öziga xos natijalarga erişmoqdalar.
Şavkat SULTONOV,
“Nuroniy” muxbiri.