Mamlakatimizda “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlarini ötkaziş anʼanaga aylanib ulgurgan. Mazkur tadbirlar keksa, örta va yoş avlod örtasida öziga xos maʼnaviy köprik vazifasini ötab, yoş avlodni barkamol etib tarbiyalaşda hal qiluvçi taşabbuslardan bölmoqda. Uşbu tadbirlar doirasida ulkan hayot va mehnat tajribasiga ega bölgan nuroniy otaxonu onaxonlar örta va yoş avlod vakillariga özlarining oltinga teng maslahat va tavsiyalarini bermoqdalar.
Uç avlod vakillarining navbatdagi uçraşuvi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi bilan hamkorlikda ötkazildi. Tadbirni universitet rektori Inom Madjidov kiriş sözi bilan oçib, uç avlod vakillarining bir davrada jam bölişi maʼnaviy davomiylikni taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Uçraşuvda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev iştirok etdi. U öz nutqida milliy birlik va umummilliy qadriyatlarning jamiyatda mustahkamlanişi bugun har qaçongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etayotganini taʼkidlab turib, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va belgilangan strategik ustuvor vazifalarning hayotiyligini taʼminlaş faqat davlatninggina emas, balki keng jamoatçilikning zimmasida ekani, bu jarayonda keksa ham, yoş ham birdek daxldorlikni his etişi lozimligini qöşimça qildi.
Şuningdek, tadbirga mehnat faxriylari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari hamda universitet faxriy professor-öqituvçilari taklif etildi.
Muloqot davomida ÖzFA akademigi Abdulla Aʼzamov, taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev hamda universitetning közga köringan olimlari — Mersaid Aripov, Nigina Şermuhammedova, Neʼmat Norqulov va Xurşid Toşovlar sözga çiqdilar. Ular öz hayot yöllari, ilm-fan sohasidagi maşaqqat va zafarlari haqida sözlab, talabalarni yurt taraqqiyoti yölida fidoyi bölişga çorladilar.
Xususan, barça sohada kadrlar salohiyatini yuksaltiriş, ilm-fan va madaniyat rivojiga hissa qöşiş, bobolarimizning ilmiy merosini çuqur örganiş, ilm-fan sohasida xalqaro tajribalardan unumli foydalaniş töğrisida yoşlarga körsatma berildi. Bugun zamon surʼat bilan rivojlanayotgan va davr şiddat bilan özgarayotgan tahlikali bir paytda, milliy özlikni anglaş, milliy tamaddun va tarixni puxta özlaştiriş zarurligi taʼkidlandi.
Darvoqe, yoşlar tarbiyasida, ularning maʼnaviy kamolotida donişmand nuroniylarning boy hayot tajribasidan foydalaniş, keksalarning el-yurtimiz ravnaqi yölidagi uzoq yillik mehnat faoliyati bilan yoşlarni yaqindan taniştiriş, ularni vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik, maʼrifatparvarlik va sadoqat ruhida tarbiyalaşni maqsad qilgan turkum uçraşuvlar pirovardida ijobiy natija bermoqda. Avvalo, katta avlod öz hayotiy tajribasi, urf-odatlar va qadriyatlarni yoşlarga yetkazişi ortidan yoşlar tarixiy xotira va madaniy merosni çuqurroq anglay boşlamoqda. Qolaversa, avlodlar örtasidagi boğliqlikni mustahkamlaş, ijtimoiy birdamlikni kuçaytiriş, milliy “immunitet”ni şakllantiriş, keksalarning ijtimoiy faolligini oşiriş va davlat siyosatini qöllab-quvvatlaşga xizmat qilmoqda.
Ilhom ABDUSALOMOV.