Ota-bobolarimiz azaldan oilani tabarruk maskan sifatida eʼzozlab kelişgan. Ayniqsa, nikohlanuvçi yoşlarni hayotga tayyorlaşda köpni körgan nuroniylarimizning ögitlari asqotadi.

Jumladan, “Nuroniy” jamğarmasining joylardagi bölim va bölinmalari  qoşida taşkil etilgan “Buvijonlar maktabi” faollari tomonidan yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş yuzasidan qimmatli maslahatlar berib kelinayotganligi ayni muddao bölmoqda.

Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanidagi “Yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş markazi”da taşkil etilgan   navbatdagi öquv maşğulotida 9 nafar nikohlanuvçi yoş juftligi iştirok etdi.  Uni “Buvijonlar maktabi” jamoatçilik guruhi rahbari Avazoy Törayeva olib bordi.

Öquv maşğulotida yoşlarga oila, mehr-oqibat, murosa-yu madora   tuşunçalari, oilaning muqaddas dargoh ekanligi tuşuntirildi. Oilaviy qadriyatlar, maromiylik, urf-odatlar, qaynona va kelin örtasidagi muomala, kiyiniş madaniyati, saranjom-sariştalik, tejamkorlik, pazandalik töğrisida fikr yuritildi.

Şuningdek,  oilaviy hayotga qadam qöyayotgan har bir nikohlanuvçi yoş kasb-korli, biror hunar egasi, kitobga oşno, sabr-qanoatli,  şirinsöz bölişi lozimligi tuşuntirildi.

Uçraşuvda Qaşqadaryo viloyati “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi,    Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi Şavkat Sultonov, “Oqila ayollar” harakati aʼzosi Hamida Sobirovalar ham iştirok etib, öz hayotiy tajribalari haqida gapirdilar. Öz navbatida, yoşlarning savollariga atrofliça javob berdilar.

Ravşan NORMURODOV,

“Nuroniy” jamğarmasi Nişon tumani

 bölimi mutaxassisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan