Yangi Özbekiston istiqboli sari: yangiça ruh, yangiça islohotlar bilan — yurtimizda bayram şodiyonalari davom etmoqda
Zaminda yangilaniş va yaşariş fasli hukm surayotgan bir paytda inson kayfiyatida ham kötarinkilik, bunyodkorlik, yangilikka intiliş istagi paydo bölib, uni yangidan-yangi marralar tomon yetaklaydi. Şuning barobarida, aholi xalq sayillari vositasida tarix, milliy tamaddun asoslari, anʼana va qadriyatlarga yanada köproq yaqinlaşadi. Bunday tadbirlarda özbek xalqiga xos işbilarmonlik, donişmandlik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bağrikenglik va mehmondöstlik anʼanalari yaqqol namoyon böladi. Yurtimiz böylab qizğin davom etayotgan şodiyonalar, çin maʼnoda, inson qadrini uluğlaşga qaratilgan.
Xususan, Namangan viloyati Uyçi tumanida joylaşgan “Çörtuk”, “Ittifoq”, “Yangi hayot” mahallalarida “Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaşdir” ğoyasi asosida umummilliy xalq sayli ötkazildi. Unda Respublika işçi guruh vakillari, mahalla ahli, nuroniylar va yoşlar iştirok etib, milliy qadriyat va urf-odatlarni özida mujassam etgan körgazmalar namoyiş qilindi. Şuningdek, “Uç avlod uçraşuvi”, “Qöşa qariş saodati”, “Kambağallikdan —farovonlik sari”, “Inson qadri uçun”, “Ekspress kutubxona”, “Milliy sport öyinlari” kabi loyihalar hamda musiqiy çiqişlar tadbir dasturidan örin oldi.
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Sevinç” mahallasida faol nuroniylar, buvijonlar, mahalla ahli va yoşlar iştirokida milliy anʼanalarimizni tarğib etuvçi “Sumalak sayli” taşkil etildi. Tadbirda sözga çiqqanlar yurtimizga tinçlik-totuvlik, xalqqa farovonlik, yurtga obodlik va baraka tilab, tinçlikning qadriga yetiş zarurligini taʼkidladilar.
Namangan şahrida joylaşgan “Sumalak guzari” mahallasida bayram munosabati bilan qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda davra suhbatlari taşkil etildi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining işçi guruh aʼzolari, Namangan şahar hokimi Ayubxon Kamalov, mahalla faollari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbir davomida mahalliy tadbirkorlar tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlar körgazmasi ham taşkil etilib, unda hududning işlab çiqariş salohiyati va milliy hunarmandçilik anʼanalari taqdimot qilindi. Şuningdek, sport musobaqalari, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvçi körgazmalar, Navrözga xos udumlar hamda sanʼatga ixlosmand yoşlarning kuy-qöşiqlari va çiqişlari bayramona kayfiyatga kayfiyat qöşdi. Tadbir yakunida uşbu mahallada istiqomat qiluvçi bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bayram sovğalari topşirildi.
Xorazm viloyatida ham bayram yuqori saviyada nişonlandi. Bu haqda “Nuroniy” jamğarmasi Xiva şahar bölimi raisi Qurbonboy Xoliqov şunday deydi:
— Bu yilgi Navröz ilgarigilaridan ham köproq şod-xurramlik ulaşmoqda. Sababi, yurtimizda keçayotgan muhim voqeliklar — yangilaniş va bunyodkorlik işlaridan yoşu qari birday xursand. Birgina Xiva şahri misolida oladigan bölsak, juda katta quriliş işlari olib borilmoqda. “Xiva Arda” uçun 120 million dollar miqdorida mablağ sarflangan bölsa, şu yilning özida Xivaga 400 million dollardan ziyod mablağ ajratilib, işlar yangi bosqiçda davom ettirilmoqda. Bularning hammasi xalqimizning farovonligini taʼminlaş, mamlakatimiz salohiyatini yuksaltiriş, xususan, Xivaning turizm istiqbolini oşiriş uçun, albatta. Buning uçun Yurtboşimizga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Darhaqiqat, köp millatli xalqimizning Navrözi olam bayramini yuqori kayfiyatda, şukronalik ruhida, tinçlik-omonlikda nişonlaşi uşbu ayyomning xalqimiz tarixidagi beqiyos örnini yanada yaqqol namoyon etmoqda.
Mazkur bayram uç ming yillik tarix qatidan çiqib, xalqimizning maʼnaviyatiga közgu tutmoqda, ezgulik, tinçliksevarlik, elparvarlik, obodlik va ahillikni tamsil etib, Özbekistonning qiyofasini dunyoga tanitmoqda. U xalqimizni millati, tili, dinidan qatʼi nazar, birlaştiruvçi, Yangi Özbekistonning yaxlit ovozi ekanini körsatuvçi ölmas qadriyatlarimiz durdonasidir. Navröz — umrboqiydir.
S.Sobirova.