Keyingi yillarda mamlakatimizda inson qadri va manfaatlarini uluğlaş, ayniqsa, yoş avlodning har tomonlama barkamol ulğayişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan islohotlar izçil amalga oşirilmoqda. Ana şunday ezgu saʼy-harakatlar natijasida hududlar qiyofasi tubdan yangilanib, aholi uçun qulay va farovon turmuş muhiti yuzaga kelmoqda.

Qayd etiş joizki, keyingi yillarda Toşkent viloyatining Angren şahri tobora ulkan imkoniyatlar maydoniga aylanib bormoqda. Şaharda olib borilayotgan bunyodkorlik işlari, ijtimoiy infratuzilmaning kengayişi va zamonaviy obʼyektlarning barpo etilişi aholi, ayniqsa, yoşlarning mazmunli hayot keçirişi uçun muhim omil bölmoqda.

Angren şahrining “Mirzo Uluğbek” mahallasida barpo etilgan “Yangi Angren” madaniyat va sport majmuasining tantanali oçilişi bu boradagi taşabbuslarning amaldagi yorqin isbotidir.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova, Madaniyat vaziri örinbosari Murodjon Madjidov, Respublika işçi guruhi aʼzolari, Toşkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbosari Şarof Ubaydullayev, Toşkent viloyati prokurori Azamat Mirzayev, şahar hokimligi masʼullari, mutasaddi taşkilotlar rahbarlari, mahalla aholisi, nuroniylar, turli millat vakillari, milliy-madaniy markazlar faollari hamda keng jamoatçilik  iştirok etdi.

Yangi majmua nafaqat zamonaviy infratuzilma namunasi, balki mahallada soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, oilalar farovonligini mustahkamlaş, jamiyatda maʼnaviy-madaniy muhitni yanada yuksaltirişga xizmat qiladigan muhim maskan sifatida öziga xos ahamiyat kasb etadi.

Majmua Angren şahridagi 3-sonli “Dukent” madaniyat markazi negizida bunyod etilgan bölib, 2025-2026 yillarda uşbu markazda loyiha qiymati 31 milliard sömlik kapital rekonstruksiya işlari amalga oşirildi.

Tantanali oçiliş marosimida majmua hovlisida amaliy sanʼat va hunarmandçilik buyumlari, turli millatlarning milliy taomlari körgazmalari namoyiş etildi. Şuningdek, majmuaning boğ hududida taşkil etilgan “Book kafe” faoliyati taqdimoti ötkazilib, “Kitoblar karvoni” doirasida kitobxonlik muşoirasi taşkil qilindi.

Majmua binosi tantanali oçilgaç, mehmonlar unda yaratilgan şaroitlar, jumladan, binoning kiriş qismida joylaşgan sport zali, gimnastika xonasi, rassomçilik va doiraçilar tögaraklari, ikkinçi qavatdan joy olgan tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, raqs, vokal, teatr, folklor va musiqa yönalişlaridagi tögaraklar faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Şu bilan birga, majmua tarkibidagi 32x20 ölçamli sport,  şeyping zallari, fitnes xonasi barçaga manzur böldi.

Tadbir davomida majmua qurilişi va rekonstruksiyasida faol iştirok etgan bir guruh faollar taqdirlandilar. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida taşkillaştirilgan daraxt köçatlari ekiş işlari ham ajoyib haşarga aylanib ketdi.

Tantana yakunida havola etilgan konsert dasturida “Zamin” xalq teatri jamoasi tomonidan Özbekiston va qöşni davlatlardan yetişib çiqqan buyuk allomalar siymosi gavdalantirildi. Öz navbatida, sanʼat va madaniyat sohasi namoyandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar davraga yanada fayz kiritdi.

Umrzoq Rahmatov.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan