Bugun mamlakatimizda davom etayotgan yangilaniş va islohotlar jarayonida yurtimiz faxriylarining faoliyatiga qaratilayotgan eʼtibor hamda ğamxörlikni alohida eʼtirof etiş joiz. Hozirgi nuroniylar, taʼbir joiz bölsa, uzoq yillar davlatimiz va xalqimizga xizmat qilib, faqatgina yoşlarni duo qilib ötiradigan faxriylar emas, aksinça, ularning yonida yeng şimarib, belni mahkam boğlab, butun tafakkuri, tajribasi va salohiyatini el-yurt manfaatlarini taʼminlaşga sarflaşga kirişgan keksalardir.
Bugun ular yoşlardek şijoatli va navqirondirlar. Çunki davlatimiz rahbariyati tomonidan keyingi yillarda nuroniylarning ijtimoiy faolligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar ularni ana şunday şaxdam va bardam keksalarga aylantirmoqda, albatta.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 167-sonli, 2023 yilda 11 mart kunidagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli qarorlari va yana qator hujjatlarning bu borada dasturilamal bölib kelayotganligi ayni haqiqatdir.
Bugun yurtimizning ğayratli, işbilarmon va donişmand faxriylari jamlangan “Nuroniylar maskanlari” yuqorida qayd etganimiz kabi öziga xos yutuqlarga deboça bölmoqda. Quvonarlisi, mamlakatimizda uşbu fayzli maskanlar soni tobora ortib borayotir.
Xususan, Toşkent viloyatining Qibray tumani “Sohibkor” mahallasidagi sölim va bahavo göşada qad rostlagan, çin maʼnoda, kişining bahri dilini oçadigan oşyonlardan biri bölgan “Nuroniylar maskani” oçildi.
Uşbu fayzli maskanning oçiliş marosimida doira, karnay-surnay navolari mehmonlarni öz huzuriga çorladi. Yöllar ham, bino va uning hovlisi ham Navröz bayramiga monand bezatilgan. Doşqozonlarda sumalak, halim qaynamoqda. Tandirlarda kök somsalar yopilmoqda. Milliy liboslardagi yigitlar mehmonlar uçun xizmatda. Dasturxonlarga bahoriy neʼmatlar tortilgan. Ovoz kuçaytirgiçdan bahoriy kuy-qöşiqlar taralmoqda.
Tadbir avvalida Qibray tumani hokimi Muzaffar Raşidov sözga çiqib, “Nuroniylar maskani”ni tantanali oçiş uçun söz navbatini Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga berdi. Viloyat hokimi hozirgi kunda yurtimiz nuroniylarini qöllab-quvvatlaş borasida muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan ezgu taşabbuslar xususida fikr yuritdi va ayni maskan uşbu amaliy saʼy-harakatlarning yorqin isboti ekanligini taʼkidladi. Öz navbatida, mazkur maskanga nafaqat tuman, balki viloyat miqyosida oldingi örinda turuvçi sölim va bahavo, barça imkoniyatlarga ega oşyon sifatida yuqori baho berdi.
Tadbirda mehnat faxriysi, Özbekiston Respublikasining ilk Boş vaziri Abduhoşim Mutalov, “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi raisi Abdusamad Nosirov, tuman “Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari Dilorom Salimova ham sözga çiqib, yurtimizdagi bunyodkorliklar, obodlik va yangilanişlar haqida sözladilar. Şuningdek, ulkan eʼtibor va ğamxörlik uçun davlatimiz rahbariyatiga çin dildan minnatdorlik bildirdilar. Özbekiston xalq şoiri, senator Mahmud Toir tomonidan öqilgan şeʼrlar davraga yanada fayz kiritdi.
Şundan söng anʼanaga köra, faxriylar tomonidan ramziy lenta qirqilib, mehmonlar içkariga taşrif buyurdilar. Maskanda yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Tantanali oçiliş marosimidan söng faxriy nuroniylar bir piyola çoy ustida maʼrifiy suhbatni davom ettirdilar. Xuşovoz xonandalaru sozandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar uşbu suhbatga özgaça zavqu şavq bağişladi.
I.ABDUSALOMOV.