Qizilqum keçagina poyonsiz tuyulgan sahrolarga ega çöl edi. Bundan salkam 45 yillar avval şu zaminni makon tutgan insonlar mehnati bilan barxanlar içida konçilik sanoati va çorvaçilik rivojlandi. Qizilqum bağrida, Navoiy viloyati markazidan 300 kilometr uzoqlikda joylaşGan Uçquduq tumani respublikamizning eng şimoliy mintaqasi hisoblanadi.

Tumanda 7 ta mahalla hamda Koyantli, Böronboy, Oqbaytal, Oqböğot, Quriquduq, Ğörboy, Nabiquduq, Olimboy, Kökpatas, Kontay, Bözovboy, Qulanqoq kabi ovullar kesimida taşkil etilgan 7 ta ovul fuqarolar yiğinlari mavjud. Ularda bugun 40300 dan ziyod aholi, jumladan, özbek, rus, tojik, qozoq, qoraqalpoq, tatar, turkman va boşqa millat vakillari istiqomat qilib kelmoqda.

Quvonarlisi, tuman aholisining 3515 nafari nuroniylar. Ular — elning eng hurmatli insonlari. Ularning duosi bilan hudud tobora obodlik kasb etmoqda.

— Köpçilik yaxşi bilsa kerak, 1958 yilda geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi muhandislari tomonidan tumanimiz hududida juda katta miqdorda uran, oltin, oltingugurt, marmar va boşqa qazilma boyliklarining zahiralari aniqlangan va ularni oçiş, özlaştiriş, işlab çiqariş maqsadida turli davlatlardan mutaxassislar kelişgan. Uçquduq şahri dastlab ularga ijtimoiy şart-şaroitlar yaratiş uçun posyolka sifatida qad rostlagan, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Uçquduq tumani bölimi raisi Ikrom aka Rahimov. — Bugun mamlakatimizning barça hududlari kabi Uçquduq ham yangi qiyofa, yangi ruh va bunyodkorliklar maskaniga aylanmoqda. Obodlik qaysi maʼnodaki, har bir keksa yoşli fuqaro eʼtiborda, mehr oğuşida. Nuroniylarimiz orasida 45 nafar yakka-yolğiz yaşaydigan keksalar, 24 nafar Afğoniston uruşi qatnaşçilari, 2 nafar Çernobil fojiasini bartaraf etişda iştirok etgan faxriylar bor. 13 nafar uçquduqlik keksalar davlat mukofotlari va turli darajadagi “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.

Taʼkidlaganimdek, yolğiz yaşayotgan keksalar holidan doim xabardormiz. Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahallalardagi kompleks ijtimoiy xizmatlar körsatiş xodimlari har kuni ularning xonadoniga taşrif buyurib, oş-ovqatini tayyorlaşda, uy işlarida kömak berişadi. Patronaj hamşiralar esa salomatliklarini nazorat qilib, zarur dori-darmonlar bilan bepul taʼminlab kelişyapti.

Darvoqe, bu fikrlar aniq amaliy natijalardir. Jumladan, “Aytim” mahallasida 410 nafar nuroniy yaşaydi. Ikkinçi jahon uruşida front ortida mehnat qilgan 93 yoşli Krvenyuk Anna Ivanovna ham mana şu mahalladagi Geologlar köçasi, 9-uyning 3-xonadonida istiqomat qiladi.

Onaxonning ikki öğli Rossiya Federatsiyasiga köçib ketgan. Ammo Anna Ivanovna: “Men yoşlik yillarim ötgan, non-tuz berib ardoqlagan Özbekistondan heç qayoqqa ketmayman”, deya Uçquduqda qolgan. U mehrli odamlar orasida. Eşitiş qobiliyati ança pasaygan bölsa-da, bu unga muşkullik tuğdirmaydi. Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar bölimi vakili Nafisa Saidova uning közu quloği. Biz ham uning kömagida onaxon bilan suhbatlaşdik.

— Men 45 yildan köproq vaqt şahar kommunal xizmatlar bölimida işladim, — dedi Anna Ivanovna. — Bu yillar davomida özbeklarning insoniylik fazilatlariga juda köp marta guvoh böldim. Bu begona, mening nima işim bor, degan narsa özbeklarga yot. Mana, qöşnilarim har kuni issiq ovqat qilib meni körgani kirişadi. “Nuroniy” jamğarmasi xodimlari, mahalla raislari bayramlarda sovğa-salomlar bilan yöqlaşadi, yolğizligimni bildirişmaydi. Qizim Nafisaxon har kuni keladi, xabar oladi. Umridan baraka topsin. Bunaqa mehr-oqibat yana qayerda bor, öğlim?! Juda köp millatdoşlarim Özbekistondan ketişayotganda meni ham şunga undaşdi, ammo mening tomirim şu yerga boğlanib bölgan, qabrim ham şu tuproqda bölişini istayman…

Onaxonning minnatdor bölganiça bor. Anna Ivanovnaning pensiyasini naqd pul hisobida uyiga keltirib berişar ekan. Tuman hokimligi tomonidan zaruriy çaqiruvlar uçun xonadoniga simli telefon hamda signalizatsiya moslamalari örnatilibdi.

Darhaqiqat, tumanda “Kambağallikdan —farovonlik sari” davlat dasturining ijrosi böyiça mahalla va ovul fuqarolar yiğinlari raislari bilan bamaslahat holda 29 nafar eng faol, katta hayotiy tajribaga ega nuroniylarga 106 ta ijtimoiy reyestrda turuvçi oila biriktirilgan. Natijada röyxatda turgan oilalarning 58 nafar vakili iş bilan taʼminlangan, 12 nafariga özini-özi iş bilan band etişi uçun kredit mablağlari ajratilgan, 10 nafari qöşimça kasb-hunar egallaşi uçun öquv kurslariga jalb etilgan va 17 ta oilaning maktabda öqiydigan farzandlariga öquv qurollari, stol-stul hamda sport kiyimlari taqdim etilgan.

“Keksalar maslahati” guruhi rahbari Astonbil Barakov hamda faol nuroniylar Gulnora Bahranova va Gulsara Barakovalar hamrohligida ular tomonidan amalga oşirilayotgan xayrli işlar bilan ham tanişdik.

Gulsara Sobirovna şu yilning birinçi yarmida öziga biriktirilgan 4 ta kambağal oila vakillari — Marina Bandarçukni Şimoliy kon boşqarmasining mexanik taʼmirlaş zavodiga, Gulsanam Egamberdiyevani tuman obodonlaştiriş korxonasiga, Anora Raşidovani şahar sovuq suv taʼminoti bölimiga, Lola Şamsiyevani “Kökpatos volfram” korxonasiga işga joylaştiribdi.

Gulnora Bahranova bilan suhbatlaşayotganimizda, bir ayol bizga yaqinlaşib özini taniştirdi:

— Men mana şu mahallada yaşayman, Dilnoza Hasanova bölaman. Uç farzandim bor. Sönggi yillarda uçquduqliklarning turmuşi yaxşilanib boryapti. Yaxşi yaşaşimiz, farzandlarimiz taʼlim olişi, sport bilan şuğullanişi uçun barça şaroitlar yaratib berilyapti. Bunga javoban öğil-qizlarimiz ham yuksak marralarni egallaşyapti. Öğlim Faxriyor Şuhratov maktabning yuqori sinfida öqiydi, şu yil fan olimpiadasining respublika bosqiçida matematika böyiça 2-örinni egalladi. Mahallamizda bölib ötadigan bayram tadbirlarida öğlim kabi izlanuvçan yoşlar doim eʼtirof etiladi. Bunda Gulnora opa va u kabi faollarning alohida hissasi bor. Mamlakatimizdagi tinçlik, farovonlik esa baxtli kunlarimiz uçun asos bölib xizmat qilyapti. Biz, uçquduqliklar muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan islohotlardan mamnunmiz, — deydi ayol ğurur bilan.

Uçquduq tumani şunday hududki, uning bir çetidan narigi sarhadiga bormoqçi bölsangiz, biydek sahro böylab kamida 300-350 çaqirim yöl bosib ötişingizga töğri keladi. Hamrohim — tuman nuroniylari raisi Ikrom aka Rahimovning aytişiça, Kökayaz ovuli turgan joyimizdan 182 kilometr, Uzunquduq 150, Mingbuloq 70 kilometr olisda ekan.

Gapning oçiği, tonggi soat tört yarimda yölga çiqib, 366 kilometr yöl bosib kelganimiz uçun  uzoq ovullarga borişni boşqa galga qoldirib, şahar çetidagi “Navoiy” nomli mahallada böldik.

6251 kişi istiqomat qilayotgan mazkur fuqarolar yiğinida 439 nafar nuroniy jinoyatçilikning oldini olişda, oilalar mustahkamligini taʼminlaşda kuç-ğayratini ayamayapti ekan. Ikki nafar yuridik, beş nafar jismoniy şaxslar tomonidan mikroloyihalar amalga oşirilgani bois, yil boşida röyxatga olingan 34 nafar işsiz fuqaroning 23 nafari iş bilan band etilibdi. Kambağal oilalar soni esa 8 taga qisqaribdi. Öşa oila aʼzolaridan 2 nafarini mahalla “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Safar aka Isanovga, şuningdek, faol nuroniy Gulsara opa Bakirovaga Ozoda Jörayeva, Gulnoza Boboqulova hamda Maftuna Temirovalar “mahalla yettiligi” tomonidan biriktirilgan ekan. Viktoriya Xabibulina va Nilufar Ermanovalarning farzandlariga maktab formasi, stol-stul, 4 turdagi sport kiyimlari yetkazib berilibdi. Gulsara opa Bakirova Ozoda Jörayevaning turmuş örtoğini Şimoliy kon boşqarmasiga işga joylab, soğliğida muammosi bor farzandini davolatiş uçun homiy tomonidan 10 million söm moddiy yordam körsatilibdi. Gulnoza Boboqulova Şimoliy kon boşqarmasiga, Maftuna Temirovaning turmuş örtoği Şimoliy kon boşqarmasiga qaraşli temir yöl stansiyasiga işga joylaştirilibdi.

Bu işlar bilan tanişar ekanmiz, mamlakatimizning barça hududlaridagi nuroniylar kabi uçquduqlik nuroniylar ham jamiyatimiz hayotida faol iştirok etib, el-yurtimiz xizmatiga kamarbasta bölayotgani, öz mahallasi yoşlariga  çin maʼnoda ibrat körsatayotganiga guvoh böldik.

Xudoyberdi Navröz,

“Nuroniy” muxbiri.

“Navoiy — Uçquduq — Navoiy”.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan