Özaro hamjihatlik, birdamlik xalqimizga xos qadriyatlardan biridir. Aholi taşabbusi va iştirokiga asoslangan “Taşabbusli byudjet” dasturi uşbu anʼananing yurtimizda bardavomligini yaqqol namoyon etmoqda. Zero, ayni taşabbus doirasida ilgari surilayotgan har bir loyiha —  xalq irodasining öziga xos ifodasi bölmoqda.

Xususan, 2025 yil 1-mavsumda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida nuroniylar uçun zamonaviy va şinam maskan barpo etiş taşabbusi ilgari surilib, keng jamoatçilik tomonidan qöllab-quvvatlangan edi. Loyihaning umumiy qiymati 1,5 milliard sömni taşkil etib, 1 ming 520 ta ovoz bilan ğolib deb topilgan. Quriliş işlari “Siroj Nodir hamkorligi” MÇJning malakali quruvçilari tomonidan amalga oşirilib, zamonaviy talablarga töliq javob beradigan “Nuroniylar maskani” barpo etildi. Endilikda bu oşiyon nafaqat dam oliş, balki suhbat, maslahat va tajriba almaşiş maskaniga aylanişi şubhasizdir.

Tantanali oçiliş marosimida “Nuroniy” jamğarmasi Sirdaryo viloyati bölimi raisi Ötbosar Abdiyev, Guliston tumani hokimi Olimjon Jörayev, nuroniylar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Unda sözga çiqqanlar bugungi kunda faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan tadbirlar, ularning öziga xos samaralari, mazkur maskanning uzoq yillar davomida nuroniylarimizga xizmat qilişi, faxriylarning duosi va hayotiy tajribasi yoş avlod tarbiyasida muhim örin tutişini alohida taʼkidladilar.

Mehmonlar maskan faoliyati bilan yaqindan tanişar ekanlar, yaratilgan  şaroitlar hamda imkoniyatlar barçaga birdek manzur böldi.

Tadbir yakunida nuroniy otaxonu onaxonlar “Zebuniso” tantanalar majmuasida jam bölib, bir piyola çoy ustida dildan suhbat qurdilar. Sanʼat ustalari va havaskor ijroçilar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qöşiqlar davraga yanada fayz bağişladi.

Murodqul  Mirzaraimov,

“Nuroniy” jamğarmasi

Guliston tumani bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan