Yurtimizda soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oşiriş yölida fidoyilik körsatib kelayotgan insonlar bisyor, albatta. Ana şunday yurtdoşlarimizdan biri ustoz Husniddin Nuriddinovdir. Domlani nafaqat ğuzor tumani, balki Qaşqadaryo viloyati hamda respublikamizda ham yaxşi tanişadi.

Bugungi kunda 80 yoşni qarşilagan Husniddin Nuriddinov tumanning Qoratikan qişloğida ulğaygan. Samarqand davlat universitetining kimyo-biologiya yönalişiga öqişga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomlagaç, özi taʼlim olgan 8-maktabda öqituvçi bölib iş boşlaydi. Yoş öqituvçi öquvçilarga kimyo fanidan bilim beriş bilan birga, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişga astoydil kirişadi. Fanga qiziquvçi öquvçilar uçun tögarak taşkil etadi. Ayni saʼy-harakatlari, taşabbuskorligi, izlanuvçanligi, yangiliklarga intiluvçanligi, maʼnaviy-maʼrifiy işlarni taşkil etişdagi isteʼdodi sababli maktab jamoasida obrö-eʼtibor topadi.

Maktab rahbariyati keyinçalik uni ilmiy bölim mudiri lavozimiga tayinlaydi. Maktabda öquv işlarining belgilangan talablar asosida olib borilişini taʼminlaş yölida astoydil harakat qiladi. Öqituvçilarning özaro tajriba almaşinuvini yölga qöyadi. Öquvçilarning maktab kutubxonasi bilan hamkorligini yaxşilaşga erişadi. Tez orada tuman   partiya qömitasi tarğibot va taşviqot bölimi mudiri örinbosari vazifasiga işga taklif etiladi. Bölim mudiri vazifasida işlab kelayotgan Husanjon Aminov (Olloh rahmat qilsin) bilan bir safda işlab, hamfikr, sirdoş birodarga aylanib ketdi. Keyinçalik bu döstlik, birodarlik riştalari bir umr uzilmadi.

Öqiş, örganiş, izlaniş, tajribali xodimlar bilan yaqindan hamkorlik işlari öz samarasini berdi. Şu tariqa Husniddin Nuriddinov 1976-1985 yillarda  tarğibot va taşviqot bölimi mudiri, 1985-1987 yillarda taşkiliy kadrlar masalalari bölimi mudiri lavozimlarida işladi. 1987 yildan 2008 yilgaça tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri lavozimida faoliyat olib bordi.

Ustoz taʼlim sohasidagi işlarda öta talabçanlik va qatʼiylik bilan faoliyat yuritganlar. Birinçi navbatda, bölim mutaxassisi va metodistlari tarkibiga işçan, talabçan va öz işiga masʼuliyat bilan yondaşadigan xodimlar tanlab olindi. Öquv-tarbiya jarayoni sifati, taʼlim samaradorligini yaxşilaşga qaratilgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar,   körsatmalar va tavsiyalar ijrosi ustidan tizimli nazorat örnatildi.

Ötgan asrning 80-yillarida tumanda maktablar soni 58 ta, maktabgaça taʼlim muassasalari soni 8 ta, maktabdan taşqari muassasalari soni 1 ta, maktablararo (kasb-hunarga yönaltirilgan) öquv işlab çiqariş kombinatlari soni 3 tani taşkil etgan bölsa, ustozning rahbarliklari davrida (2008 yil avgust oyida) maktablar soni 78 taga, maktabgaça taʼlim muassasalari soni 31 taga, maktabdan taşqari muassasalar soni 3 taga yetdi.

Iqtidorli yoşlarni izlab topiş, fanlarni çuqurlaştirib öqitişga katta eʼtibor qaratildi. 1992 yilda viloyatda birinçilardan bölib tumanda aniq fanlar yönalişidagi, 1996 yilda xorijiy tillar hamda jismoniy tarbiya va sportga (futbol va milliy kuraş) ixtisoslaştirilgan maktab internatlarining faoliyati yölga qöyildi.

Mazkur taʼlim muassasalaridagi pedagog kadrlar salohiyatini oşiriş maqsadida, Respublika va viloyatdagi oliy öquv yurtlari bilan hamkorlik örnatildi. Qarşi davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Bozor Çoriyev (Olloh rahmat qilsin) iqtidorli öquvçilar bilan maşğulot olib borişi natijasida ular fan olimpiadalarida iştirok faol etişib, katta yutuqlarga erişdilar.

Fizika, matematika, geografiya, fransuz va ingliz tillari, kimyo fanlari böyiça Respublika fan olimpiadasida ğolib çiqqan öquvçilar oliy öquv yurtlariga  imtiyozli asosda talabalikka qabul qilindilar.

Şamsiddin Bozorov Xalqaro Mendeleyev nomidagi  kimyo fani olimpiadasida, Öktam Alimardonov (Olloh rahmat qilsin) matematika fani böyiça sobiq hamdöstlik mamlakatlarining Olma-ota şahrida, Farrux Şaripov “Aerokosmik” tanlovining Pokiston va Armaniston davlatlarida ötkazilgan musobaqalarida ğolib bölişgan.

Irodasi mustahkam, hayot söqmoqlarida sinovli kunlarni boşdan keçirgan  ustoz bir zum ham xizmat vazifasini bajarişdan töxtamagan. Bir neça marta muqobillik asosida tuman kengaşi deputatligiga saylandilar. Ikki marta Respublika Oliy Soveti kengaşi deputatligiga nomzodlari körsatildi.

Taʼlim muassasalarida ilğor tajribalarni örganiş va ommalaştiriş, metodik kunlar ötkazişga doir yangiliklarning joriy etilişi ustozning rahbarligida amalga oşirildi. Jumladan, xalqaro YUNISEF taşkiloti hamkorligida yangilik sifatida ilk bor 8-bolalar boğçasi huzurida “Xonadon boğça” taşkil etildi.  Boğça faoliyati xalqaro taşkilot vakili tomonidan örganilib, olib borilgan işlardan nafaqat qoniqiş hosil qildi, balki bu tajribani qöllab-quvvatlaş yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Ustoz zimmasiga garçi xalq taʼlimi sohasini boşqarişdek masʼul vazifa yuklatilgan bölsa-da, ötgan vaqt içida öqituvçi va öquvçilar uçun “Kimyoviy elementlar haqida nimalarni bilasiz?”, “Kimyoviy elementlar haqida hikoyalar” nomli qöllanmalar yaratdi. Mazkur qöllanmalar hozirda oliy öquv yurti talabalariga ham qöl kelmoqda. Şuningdek, “Ğuzorda taʼlim”, “Ğuzorliklar”, “Ğuzornoma”, ğuzorlik marhum şoir Husanjon Aminov hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan “Munavvar kunlar yodi” risolasi, biologiya fanlari doktori, professor Oçil Mavlonovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bağişlangan “Ilmning uzun yöli” kitoblari, 2025 yilda yangidan naşr etilgan 3 jildli “Hayotimda anglaganlarim” asari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylangan.

Husniddin Nuriddinov 2012 yildan 2020 yilgaça “Nuroniy” jamğarmasi Ğuzor tumani bölimini boşqardilar. Nuroniylar mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol iştirok eta boşladilar. Jamoatçilik asosida iş olib boradigan faollar közga taşlandi. Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari, keksa yoşdagi nogironlar va mehnat faxriylari, yolğiz keksalar, nafaqada bölgan ehtiyojmand keksalar holidan xabar oliş, homiylik yordamlari yölga qöyildi.

2022 yilda muhtaram Prezidentimizning Qaşqadaryo viloyatiga taşriflari çoğida u kişining tumanda “Nuroniylar maskani”ni taşkil etiş töğrisidagi takliflari eʼtiborga olindi. Oradan qisqa vaqt ötib,  yaʼni 2024 yilda “Nuroniylar maskani” qurilib, foydalanişga topşirildi. Ayni paytda uşbu maskanda maʼnaviyat xonasi, kutubxona, dam oliş xonasi, erkaklar va xotin-qizlar uçun trenajyor  zallari nuroniylar uçun xizmat qilmoqda.

Husniddin Nuriddinovning sobiq Özbekiston Kompartiyasi birinçi kotibi, davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov,  Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bilan muloqotda bölganliklarini kamdan-kam insonlarga nasib etadigan baxt desak, aslo mubolağa qilmagan bölamiz.

Ustozning fidokorona xizmatlari davlatimiz tomonidan öz davrida munosib taqdirlangan. Jumladan, Husniddin Nuriddinov “Şuhrat” medali, “Xalq taʼlimi aʼloçisi”, 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari bilan mukofotlangan.

Xoh keksa, hoh yoş avlod vakili bölsin, barçaga birdek hurmat-ehtirom körsatib kelayotgan ustozning fazilatlarini safdoşlari, hamkasblari, yaqin birodarlari, şogirdlari faxr bilan tilga olişadi.

Öz kasbining mohir ustasi, donişmand, yurtining sodiq, fidoyi va jonkuyar farzandi bölgan ustoz Husniddin Nuriddinovga uzoq umr tilaymiz. Hamişa farzandlaru nabiralar, yaqinlar yonida, davralarning törida duogöy bölib turişlarini Yaratgandan sörab qolamiz.

Bahrom Döstqobilov,

xalq taʼlimi faxriysi,

Ğuzor tumani. 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan