Bugun Navoiy şahrida 167 mingdan ziyod turli millatga mansub aholi istiqomat qiladi. Ular orasida 17895 nafar 65 yoşdan oşgan keksalar bor. Keksalarning 8943 nafari erkaklar, 8952 nafari ayollardir. Ularning 58 nafari 80, 16 nafari 90 yoşdan oşgan kişilar bölib, bir nafari 95 yoşda. Öşa keksalardan mehnat qiliş qobiliyatiga ega bölgan 33 nafari özlari istiqomat qiladigan mahallada “Keksalar maslahati” guruhi rahbari etib saylangan. 108 nafari esa faol nuroniy sifatida 479 ta kambağal oilaga biriktirilgan. Uşbu yoşi uluğ faollarning 7 nafari I va II darajali mehnat faxriylari sanaladi. Orasida davlat mukofotlari hamda kökrak nişonlari sohiblari bor.
Şijoatli nuroniylarning bugungi şiddatli islohotlar jarayonidagi faol iştiroki, erişilayotgan natijalar bilan qiziqar ekanmiz, “Nuroniy” jamğarmasi Navoiy şahar bölimi raisi, mehnat faxriysi Abdurazzoq aka Narziyevga murojaat qildik:
— Nuroniylarimiz orasida 19 nafar Ikkinçi jahon uruşi davrida front ortini mustahkamlaşda qatnaşgan keksalarimiz, 13 nafar afğon uruşi iştirokçilari hamda 79 nafar Çernobil atom stansiyasi talofatlarini bartaraf etişga safarbar qilingan faxriylar va 67 nafar yolğiz yaşaydigan keksalarimiz bor. Ulardan taşqari, şahrimizda 176 nafar I guruh, 1094 nafar II guruh nogironlari yaşaydi. Biz tizimli ravişda jamğarmamiz qoşida şakllantirilgan jamoatçilik kengaşi aʼzolari hamda mahalla fuqarolar yiğini raislari bilan birgalikda ötgan 2025 yilda homiylik mablağlari hisobidan ular, şuningdek, 12480 nafar yoşi uluğ keksalarimiz holidan xabar oldik. 8421 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdik. 14567 nafarining yaşaş joylarini obodonlaştirişga kömaklaşdik. 2 nafarining xonadonini kapital taʼmirlaşga erişdik.
5 nafar yakka-yolğiz yaşaydigan nuroniylarimizni sanatoriylarga yubordik. Şuningdek, bir guruh keksalarimiz Samarqand, Jizzax, Toşkent va boşqa viloyatlardagi ziyoratgohlarga borib kelmoqdalar.
Faol nuroniylarimizning saʼy-harakatlari bilan kambağallik reyestriga kiritilgan 102 nafar oila vakillari turli işlarga joylaştirilib, 423 nafariga özini özi iş bilan band qiliş uçun kam foizli kredit mablağlari olişga yordam qildik. Röyxatga kiritilgan oilalarning 68 nafar yuqori sinflarda öqiydigan farzandlarini bepul repetitorlik kurslariga joylaştirdik.
“Nuroniy” jamğarmasi şahar bölimi qoşida şakllantirilgan “Nuroniylar va ota-onalar kengaşi” aʼzolari bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yiğinlarining maʼmuriy binolarida, öquv muassasalarida, korxona va taşkilotlarda, harbiy qismlarda “Uç avlod uçraşuvi”, “Qöşa qariş saodati”, “Eng namunali oila” va yana qator tadbirlarni ötkazib kelyapmiz. “Buvijonlar maktabi” aʼzolari hamda “Keksalar maslahati guruhi” rahbarlari hamkorligida olib borilgan tizimli işlar natijasida 25 ta nizoli oila özaro yaraştirildi, — deydi şaharlik nuroniylar oqsoqoli.
Prezidentimizning 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan — farovonlik sari” davlat dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi “Faol nuroniylarni kambağal oilalarga biriktiriş hamda mahallalarda soğlom turmuş tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni şakllantirişga jalb etiş tartibi töğrisida”gi 892-sonli qaroriga köra, “Nuroniy” jamğarmasi Navoiy şahar bölimi faol nuroniylari tomonidan olib borilayotgan işlar kölami ham eʼtirofga sazovor, albatta.
Bu boradagi işlar samaradorligi bilan yaqindan tanişiş maqsadida, “Yangiobod” mahallasida bölib, “Mahalla iftixori” kökrak nişoni sohibasi Şoira opa Töxtamişovadan ularning faoliyati haqida söradik. Rais mahallada 402 nafar keksalar yaşaşi, ulardan 4 nafari 90 yoşdan, 12 nafari 80 yoşdan, 95 nafari 70 yoşdan va 160 nafari 60 yoşdan oşgan mehnat faxriylari ekanini aytdi.
Mahalla “Keksalar maslahati guruhi” rahbari Bahriddin aka Norboyevga MFY maʼmuriy binosidan alohida xona ajratilibdi. U kişi eng faol nuroniylardan biri bölgani uçun 2025 yilda “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovining şahar bosqiçida qatnaşib, 1-örinni egallabdi va viloyat bosqiçiga yöllanma olibdi. Ayni paytda “Nuroniy” jamğarmasi şahar bölimi tomonidan aholini röyxatga oliş harakatiga jalb etilganiga qaramay, öziga biriktirilgan kambağallik röyxatidagi 5 nafar oila — Oksana Korotkix, Qunduz Hazratova, Zaynab Ishoqova, Maftuna Sobirovalarning maktabda öqiydigan farzandlariga öquv qurollari, sport kiyimlari yetkazib berişdan taşqari, ularga mahalla tomonidan moddiy yordam olişga kömaklaşibdi. Oksana Tarosenkoga öğlining oyoği tuğma qiyşiqligi uçun uni Toşkentga olib borib, murakkab jarrohlik amaliyoti ötkazişga yordamlaşibdi. Boşqa kambağal oilaning öğli Törayev Umidjonni Zarafşon şahridagi Gidrometallurgiya zavodiga işga joylabdi. Bundan taşqari, oqsoqol mahalla “Keksalar maslahati” guruhining 15 nafar aʼzosi bilan birga, 27 ta ajrim yoqasiga borib qolgan notinç oilalardan 17 tasini yaraştiribdi.
— Bahriddin akaga öxşagan faol nuroniylar borligi uçun mahallamiz guvillagan katta şaharning eng aholisi gavjum göşasida joylaşganligiga qaramay, hozirça “qizil” va “yaşil” hudud oraliğida, — deydi uçastka profilaktika noziri Aziz Bobonazarov.
Navbatdagi manzil — “Oltin vodiy” mahallasi böldi. Mahalla “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Ahmadjon aka Safarov yoşi uluğ, tajribali nuroniylardan biri. Mustaqilligimizning yubiley nişonlari, “Konçilik şuhrati” kökrak nişoni bilan taqdirlangan. Şahardagi 3986 nafar öquvçi taʼlim oladigan 8-umumtaʼlim maktabi rahbariyati taniqli mehnat faxriylari — konçilik sohasida xizmat körsatgan geolog Hamid aka Şaripov, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi Olim aka Xöjayevlar bilan birga, Ahmadjon aka Safarovni ham “Uç avlod uçraşuvi” tadbiriga taklif etgan ekan.
Mahalla raisi Oybek Şamsiyevdan faol nuroniylar va ular tomonidan mahallada amalga oşirilayotgan işlar xususida söradik.
— Mahallamizda 529 nafar keksalar bölib, ulardan 60-70 yoşdagilari 259 nafar, 70 yoşdan oşganlari 148 nafar, 80 yoşdan oşganlari 18 kişi va 2 nafar 90 yoşdan oşiq umr körayotgan onaxonlar bor, — deya maʼlumot bera boşladi Oybekjon. — Faol nuroniylarimiz tomonidan olib borilayotgan işlarga töxtaladigan bölsak, 2025 yilda mahallamizda 78 ta kambağal oila röyxatga kiritilgan edi. Uşbu oilalardan 15 tasini “mahalla yettiligi” bilan maslahatlaşib, katta hayotiy tajribaga ega Ahmadjon Safarov, Fayzullo Ergaşev va Hojibegim Oçilova singari faol nuroniylarga biriktirgan edik. Ularning saʼy-harakatlari bilan hammasi kambağallikdan çiqarildi. 2026 yil boşida yana har biriga 5 nafardan xuddi şunday oilalar bilan işlaş vazifasi topşpirildi.
Şu orada Ahmadjon aka bilan ham yuzma-yuz böldik. U kişi sud-huquq tizimida köp yillar işlab, pensiyaga çiqqan, dunyoqaraşi keng, yuksak maʼnaviyatli inson. Ahmadjon aka maqsadimizdan boxabar bölgaç, şeriklari Fayzullo Ergaşev şaharda qurilgan yangi masjidning oçiliş tadbiriga, Hojibegim Oçilova esa mahallaning eng keksa vakilasi — 93 bahorni qarşilayotgan onaxondan xabar oliş uçun ketganliklarini maʼlum qildi.
Ahmadjon Abdumannonoviçning öziga ötgan yilning I va II bosqiçida 10 nafar: Diyora va Gulnora Husanovalar, Gulnora Muxtorova, Mehrigul Astanoyeva, Xurşida Rayimova, Dilafruz Mamanazarova, Gulnoza Boltayeva, Marina Ablyazova singari kambağal oilalar biriktirilgan ekan. Şulardan D.Husanova, M.Astanoyeva hamda M.Ablyazovalarni şahardagi tadbirkorlik subʼyektlariga işga kiritibdi. G.Muxtorova bilan D. Mamanazarovalarga özini özi iş bilan band qiliş uçun har biriga 10 mln. sömdan kredit mablağ olişiga kömaklaşibdi. “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi tomonidan 22 ta kambağal oilaning maktabda öqiydigan farzandlariga parta, stul va sport kiyimlarini yetkazib berişdan taşqari, 7 nafariga “Saxovat va kömak” jamğarmasi tomonidan, 35 ta kambağal oilaga esa boşqa homiylar topib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beribdi. Şuningdek, faol nuroniy Fayzullo Ergaşev ham özi masʼul bölgan kambağal oilalardan Komila Sanayeva bilan Mehriniso Murodullayevalarga tadbirkorlik bilan şuğullanişlari uçun 35 million sömdan kredit olişda yordamlaşibdi. Gulçehra Ahmedovani işga joylaştiribdi. Bunday misollarni Hojibegim Oçilova misolida ham keltiriş mumkin.
Ha, safarimiz tafsilotlaridan şunday xulosaga keldikki, Navoiy şahrida umrguzaronlik qilayotgan köp sonli nuroniylar muborak iyd Ramazon oyida öz ibodatlarini mukammal ado etiş bilan birga, zimmalaridagi otaxonlik, onaxonlik burçlarini ham xuddi şu darajada, yuqori talabçanlik ruhida davom ettirayotganlarini körib, benihoya xursand böldik.
Bu bejiz emas, çunki 2026 yilda xalqimiz qatori, navoiylik nuroniylarning ham oldida davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Senati va xalqimizga yöllagan Murojaatida belgilab berilgan köplab vazifalarni oxiriga yetkaziş, keng kölamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni davom ettirişdek ulkan rejalar turibdi.
Hazrat Alişer Navoiyning 585 yillik şodiyonasini kötarinki ruhda ötkazgan navoiyliklar endi sohibqiron Amir Temur bobomizning 690 yilligini munosib nişonlaş taraddudida, albatta. Bundan taşqari, qator tumanlarning 100 yillik töylarini ham nişonlaş közda tutilgan. Ayni tantanalarda viloyat rahbarlari qatorida şijoatli nuroniylarning ham kamarbasta bölib turişlari şubhasizdir.
Xudoyberdi Navröz,
“Nuroniy” muxbiri.