Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda BMT Boş assambleyasining 72-sessiyasida sözlagan nutqida Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazi bunyod etilayotgani haqida töxtalib, muqaddas dinimiz ezgulik va tinçlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylaşga, ilm-maʼrifat yöliga daʼvat etişini, uni zöravonlik va qon tökiş bilan bir qatorga qöyadiganlar bilan murosa qilib bölmasligini alohida taʼkidlagan edi.
Ana şu yuksak ğoya va maqsadlar asosida bunyod etilgan mazkur markaz xalqimizning uç ming yillik tarixi, bunyodkorlik salohiyati, jahon tamadduniga qöşgan ulkan hissasi, buyuk ajdodlarimizning madaniy-maʼrifiy merosini çuqur örganiş va keng ommalaştirişga xizmat qiladi.
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi özining mahobati, maydoni va qamroviga köra, dunyoda islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyalarini örganiş hamda tarğib etişga qaratilgan yirik majmualardan biri hisoblanadi.
U Toşkentning maşhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan. Bino uç qavatdan iborat bölib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni taşkil etadi. Gumbazining balandligi 65 metr, umumiy foydalaniş hududi esa 42 ming kvadrat metrdan ziyod. Bu kabi noyob körsatkiçlar uni “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritiş uçun ham asos bölmoqda.

Markaz binosi Prezident Şavkat Mirziyoyevning meʼmoriy ğoya va takliflari asosida loyihalaştirilgan. Bunyod etiş jarayonida davlatimiz rahbari uşbu majmuaga bir neça bor taşrif buyurib, uning mazmunan va şaklan yanada mukammal bölişi yuzasidan qimmatli tavsiya va maslahatlarini ulaşdi. Xususan, 2025 yilning özida Prezidentimiz markazga bir neça marta kelib, ekspozitsiyalar, infratuzilma, maʼrifiy va ilmiy yönalişlarni takomillaştiriş böyiça muhim körsatmalar berdi.
Markaz qadimiy va milliy meʼmorçilik anʼanalari asosida qurilgan bölib, unga tört tomondan – tört asosiy portal orqali kiriş mumkin. Uşbu portallar va binoning taşqi ravoqlari ilm-maʼrifat, bağrikenglik, insoniylik va ota-onaga hurmat mazmunidagi Qurʼon oyatlari hamda hadislar bilan bezatilgan.
Quyi qavatda bolalar uçun maxsus platforma, restavratsiya hamda elektron nusxa oliş laboratoriyasi, muzey eksponatlari va nodir qölyozmalarni saqlaş fondlari, zamonaviy kafeteriy va muzey vestibyullari joylaşgan.
Birinçi qavatdan qariyb 8 ming 350 kvadrat metrlik körgazma zaliga ega muzey va 550 örinli anjumanlar zali örin olgan. Ikkinçi qavatda esa qölyozma va toşbosma manbalar, bosma va elektron adabiyotlar fondiga ega kutubxona, öquv zallari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar va ilmiy muassasalar uçun şaroit yaratilgan.
Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev ana şunday ulkan maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega majmuaga yana bir bor taşrif buyurib, yaratilgan şaroitlar, boy ekspozitsiyalar va yangi taşabbuslar bilan tanişdi.

Dastlab davlatimiz rahbari Qurʼoni karim zaliga kirib, mazkur maskanda yaratilgan maʼnaviy muhit va noyob ekspozitsiyalarni közdan keçirdi. Uşbu zal, taʼbir joiz bölsa, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining maʼnaviy qalbi hisoblanadi.
Gumbaz ostida maxsus mepping gologrammasi yaratilgan bölib, unda avval koinot tasviri namoyon böladi, osmondagi yulduzlar jilolanadi. Eʼtiborlisi, gumbaz ostidagi yulduzlar kompozitsiyasi Toşkent osmonida tunda körinadigan yulduzlar xaritasi asosida şakllantirilgan. Ularni ifoda etiş uçun 90 dona “svarovskiy” toşi va 650 dan ortiq çiroqlardan foydalanilgani mazkur zalga alohida uluğvorlik bağişlagan.
Bu yerda Usmon Mushafi bilan bir qatorda yurtimizga tegişli bölgan, turli sulolalar davrida yaratilgan 114 ta nodir Qurʼon qölyozmasi jamlangan. Ular orasida somoniylar, qoraxoniylar, ğaznaviylar, temuriylar, şayboniylar va boşqa davrlarga mansub noyob nusxalar bor. Bu qölyozmalar Şarq kitobat sanʼatining yuksak namunalari sifatida nafaqat diniy, balki ulkan tarixiy, ilmiy va badiiy qimmatga ham ega. Zaldagi zamonaviy vitrinalarda xalqimiz orasida asrab-avaylab saqlanib kelingan va markaz fondiga taqdim etilgan asl qölyozmalar ham munosib örin olgan.
Qayd etilganidek, markaz tamal toşi qöyilganidan 2025 yilga qadar uning fondidagi qadimiy manbalar soni 2 mingdan oşdi, nodir Qurʼon qölyozmalari esa 60 tadan ziyodga yetdi. Ularning barçasi xalqimizdan jamlangan va xalqaro auksionlar orqali xarid qilingan. Bu borada amalga oşirilgan işlar milliy va diniy merosimizni qayta tiklaş, tarqoq holda saqlanayotgan bebaho manbalarni Vatanga qaytariş, ularni ilmiy muomalaga kiritiş va kelajak avlod uçun asrab qoliş yölidagi teran yondaşuvni yaqqol namoyon etmoqda.

Prezidentimizga ekspozitsiyadan örin olgan ayrim alohida qimmatli qölyozmalar haqida ham maʼlumot berildi. Jumladan, 1589 yilda xattot Sulton Muhammad tomonidan sakkiz burçak şaklida köçirilgan va tumor sifatida ham işlatilgan “Bozuband” Qurʼon qölyozmasi, XVII asrga mansub, safaviylar davri xattotlik va kitobat sanʼatining yetuk bosqiçini aks ettiruvçi juda nafis bezakli nusxa, 1872 yilda xattot Muhammad ibn Abd al-Hadi tomonidan mağribiy xat uslubida köçirilgan noyob qölyozma, şuningdek, XII-XIII asrlar çegarasida saljuqiylar davrida xattot Muhammad Sodiq ibn Muhammad Şafiy tomonidan nasx xatida köçirilib, satrlar orasiga forsiy tarjimasi berilgan nodir nusxa şular jumlasidandir. Ayrim qölyozmalarda Samarqand, Hirot va Buxoro kitobat maktablarining anʼanalari yaqqol namoyon bölişi qayd etildi.
Şundan söng Prezidentga muzeyga taşrif buyuruvçi mehmonlarga yuqori sifatli xizmat körsatişni taşkil etiş işlari taqdimot qilindi.
Markaz qisqa muddat içida xalqaro nufuzli taşkilotlar va naşrlar tomonidan eʼtirof etilayotgani taʼkidlandi. Xususan, markaz Fransiyaning Avitsenna mukofotiga sazovor bölgan, AQŞdagi Smitson institutining “Smithsonian Magazine” naşri talqiniga köra, 2026 yilda dunyoda eng katta qiziqiş bilan kutilgan 10 ta muzeydan biri sifatida eʼtirof etilgan. Şuningdek, “Condé Nast Traveler” naşri uni 2026 yil iyun oyida taşrif buyuriş mumkin bölgan muzeylar röyxatiga kiritgan, BBC Travel esa dunyodagi eng köp kutilgan muzeylar qatoriga qöşgan.
Markazda taşrif buyuruvçilarga xalqaro standartlar asosida xizmat körsatiş uçun tarqatma materiallar, broşyuralar va kitoblar tayyorlangan. Özbekiston muzey amaliyotida ilk bor xalqaro ekspertlar jalb etilgan holda zamonaviy kimyo-fizik laboratoriyada barça muzey aşyolarining kimyoviy tarkibi va yaratilganlik vaqti aniqlanib, ularning texnologik pasportlari tayyorlangan.

Xalqaro ISO standartlari asosida eksponatlar raqamlaştirilib, yagona elektron platformaga joylaştirilgan. YUNESKO va IKOM talablari, şuningdek, jahonning eng maşhur muzeylari tajribasi asosida eksponatlarning 8 yönalişdagi etiketaj etalonlari va tasniflari yaratilgan. Har bir eksponatga QR-kodlar joylaştirilişi natijasida taşrif buyuruvçilar mobil telefon yoki planşet orqali ularning video va audio kontenti bilan dastlab 3 tilda, keyinçalik esa 8 tilda tanişiş imkoniga ega böladi.
Taqdimotda “Har kim uçun oçiq muzey” konsepsiyasi asosida markazni ijtimoiy integratsiya maydoniga aylantiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Kelgusida barça eksponatlarga maxsus elektron çiplar örnatiş, közi ojiz insonlar eksponatga yaqinlaşganda audiogid orqali maʼlumotni avtomatik eşitiş tizimini joriy etiş, Bluetooth mayoqçalari yordamida bino içida mustaqil harakatlaniş imkoniyatini yaratiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, Britaniya, Luvr va Metropolitan muzeylaridagi kabi robotgidlar, planşetlar orqali video va audio tanişuv, audiogidlar, radiogidlar va yönaliş körsatuvçi quloqçinlardan foydalaniş közda tutilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, markazga bir kunda örtaça 5 ming nafarga yaqin taşrif buyuruvçi kelişi kutilmoqda. Markaz va muzeyning xalqaro standartlar asosida tölaqonli faoliyat yuritişi uçun 400 dan ziyod xodim talab etilişi, ayni paytda maxsus tayyorgarlikdan ötgan 100 dan ortiq nazoratçi va 30 dan ziyod ekskursovodlar faoliyat yuritayotgani, 10 ta davlatdan taşrif buyuruvçi sayyohlar uçun alohida gid matnlari işlab çiqilgani ham qayd etildi.

Şundan keyin davlatimiz rahbari markaz binosining ikkinçi qavatida Özbekiston musulmonlari idorasi faoliyati uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Taşrifning navbatdagi qismida Prezidentimiz markaz kutubxonasini közdan keçirdi.
Kutubxonaning umumiy maydoni 3 ming 105 kvadrat metrni taşkil etadi. Hozirgi vaqtda uning fondi 45 ming 150 tadan ziyod adabiyotni qamrab olgan bölib, şundan 2 ming 609 tasi nodir naşrlardan iborat. Bundan taşqari, kutubxonada 350 mingta elektron adabiyot mavjud. U bir vaqtning özida 310 nafar foydalanuvçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega. Olimlar va professorlar uçun alohida 4 ta xona taşkil qilinib, ularning ilmiy faoliyat olib borişi uçun barça zamonaviy texnika va qulayliklar yaratilgan.
Kutubxona bölimlaridan biri 22 nafar maʼrifatparvar jadid bobolarimizning merosiga bağişlangan. Jadidlarning fotoportretlari joylaştirilgan kitob javonlarida esa ular tomonidan yaratilgan va faoliyatiga oid nodir adabiyotlar örin olgan.

Şuningdek, kutubxona fondini Özbekistonning uluğ mutafakkir olimlari hayoti va ijodi, ular taşkil etgan ilmiy maktablar töğrisidagi noyob naşrlar bilan boyitiş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, buyuk allomalarimizning qölyozma va toşbosma asarlarining ilk naşrlari, ularning ilmiy merosini örganişga bağişlangan noyob tadqiqotlar va şarhlar xarid qilinib, fondga qöşilgan. Bu işlar xorijiy auksionlar, ilmiy muassasalar, xususiy kolleksiyalar hamda xalqimiz tomonidan keltirilgan manbalar hisobiga muntazam davom ettirilmoqda.
Kutubxonadan Yevropa nodir naşrlari ham örin olgan bölib, ularda lotin tilidagi musulmon sulolalari, turkiy xalqlar tarixi, Şarq xalqlariga oid ensiklopediyalar, Xuroson va Movarounnahrga bağişlangan sayohatnomalarning XX asrgaça bölgan davrda çop etilgan nusxalari mavjud. Şu bilan birga, şaxsiy kolleksiyalardan xarid qilingan qölyozmalar, Nosiruddin Rabğuziyning “Qisas ul-anbiyo” asari, Alişer Navoiyning XIX asr boşlarida Toşkentda köçirilgan devonlari, Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlarining turkiy tildagi tarjimalari kabi nodir manbalar ham kutubxona mazmunini yanada boyitgan.
Kutubxonada imkoniyati çeklangan foydalanuvçilar uçun ham alohida şaroit yaratilgani haqida axborot berildi. Xususan, köriş qobiliyati çeklangan yoki zaif köruvçi insonlar uçun maxsus xonalar, ixtisoslaşgan dasturlar, printer va qurilmalar örnatilgan, ular uçun Brayl yozuvidagi 1000 dan ortiq adabiyot keltirilgan. Özbekistonda ilk bor aynan şu kutubxonada ovozdan xoli kabinalar taşkil etilgan bölib, ular foydalanuvçilarning onlayn muloqot olib borişida atrofdagilarga xalaqit bermaslik, şu bilan birga, suhbat va şaxsiy maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, “Sonic chair” audio resurslar uçun zamonaviy qurilmasi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyoda ham birinçi marta şu yerda joriy etilgan.

Kutubxona hududida kitobxonlar uçun yaşil maydon, nusxa köçiriş xizmati, individual şuğullaniş uçun maxsus xonalar va bolalar uçun alohida maydon ham taşkil etilgan.
Şundan keyin Prezidentimiz markaz huzurida taşkil etilgan xalqaro ilmiy-maʼrifiy platforma faoliyati bilan tanişdi.
Maʼlum qilinganidek, platforma doirasida bir qator nufuzli xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik yölga qöyilmoqda. AYSESKO, IRSIKA, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Fransiyadagi Temuriylar jamiyati, TURKSOY kabi xalqaro taşkilotlar bilan birgalikda ular uçun ofis xonalari taşkil etilgan. Bu mahalliy olimlar va xorijiy taşkilotlar vakillarining hamjihatlikda tadqiqot olib borişi, qöşma loyihalar işlab çiqişi va maʼrifiy taşabbuslarni amalga oşirişi uçun qulay muhit yaratadi.
Taşrif davomida davlatimiz rahbari markazga hadya etilgan va xorijdan xarid qilingan qimmatbaho tarixiy artefaktlar körgazmasi bilan ham tanişdi.
Qayd etilganidek, Prezidentimiz topşiriğiga muvofiq, xorijdagi madaniy boyliklarni Özbekistonga qaytariş işlari izçil olib borilmoqda. Ötgan yilda Buyuk Britaniyadagi “Sotheby’s” va “Christie’s” kabi auksion uylari, art-dilerlar va şaxsiy kolleksionerlardan 700 dan ortiq artefaktlar sotib olingan. Şuningdek, turli muassasalar, taşkilotlar va homiylar tomonidan 1000 dan ortiq buyumlar hadya qilingan. Ularning asosiy qismi birinçi qavatdagi muzeyga joylaştirilgan.

Ekspozitsiyada somoniylar, qoraxoniylar, ğaznaviylar, temuriylar va boşqa davrlarga mansub köplab nodir artefaktlar namoyiş etilgan. Xususan, X asr oxirlarida işlangan, oltin suvi yuritilgan va somoniy sarkardasi Abu Mansur Sabuktekin nomi bitilgan kumuş barkaş, somoniylar davriga oid kumuş piyola va mis siyohdon, Oltin Örda hukmdori Özbekxon davrida yasalgan, firuza toşlar bilan bezatilgan ayollar kamari, XIX asr usmoniylar davriga mansub “Alloh” va “Muhammad” ismlari bitilgan zardözi kaştalar alohida eʼtiborga molik ekani aytildi.
Prezidentimizga temuriylar davri kulolçilik namunalari, Madina şahrida Payğambarimiz qabrlari ustiga yopilgan XIX asrga mansub ipak yopinçiq, Kaʼba eşigi ustida osilgan xizomaning tarixiy namunasi, katta hajmli “ona-sözana”, Amir Temur davrida köçirilgan yirik Umar Aqtoʼ Qurʼonining parçalari, temuriylar davri arxitektura yodgorliklariga tegişli koşin bölaklari, boburiylar davriga mansub qurol-aslaha, dubulğa, qalqon, qiliç va sovut parçalari haqida ham axborot berildi.
Şuningdek, Amudaryo xazinasiga oid topilmalar haqida ham maʼlumot taqdim qilindi. 1877 yilda Buxoro amirligi hududidan topilgan va bugun Britaniya muzeyida saqlanayotgan uşbu betakror xazinaning ayrim qismlarini Londondagi savdo uylari orqali Özbekistonga olib kelişga muvaffaq bölingan. Ular orasida VIII-IX asrlarda işlangan söğd çavandozi tasvirlangan oltin pektoral, Baqtriya davriga mansub oğirligi 666 gramm bölgan ilon şaklidagi bilaguzuklar kabi noyob buyumlar bor.

Ekspozitsiyada markazga hadya qilingan artefaktlar ham munosib örin olgan. Xususan, Amerikada yaşovçi şarqşunos olim Aleksandr Naymark Pahlavon Mahmud qölyozmasini markazga tuhfa qilgani, bu qölyozma Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruzning şaxsiy dastxati bilan köçirilgani va uni örganiş jarayonida 70 dan ortiq yangi ruboiylar aniqlangani aytildi. Şuningdek, turli davrlarga mansub tangalar, taqinçoqlar, medalonlar va boşqa tarixiy aşyolar, jumladan, Mayskiy xazinasi topilmalari ham körgazmadan joy olgan.
Umuman, taşrif çoğida mazkur markazning yurtimiz tarixi va madaniy merosini çuqur örganiş, asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, islom dinining haqiqiy insonparvarlik va maʼrifatparvarlik mohiyatini oçib beriş, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ilmiy va maʼnaviy boylikni xalqaro miqyosda namoyon etiş borasidagi ulkan salohiyati yana bir bor yaqqol namoyon böldi.
Taşrif yakunida davlatimiz rahbari Islom sivilizatsiyasi markazining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.
uza.uz