Yurtimizda sönggi yillarda röy berayotgan özgarişlar kattayu kiçikni birdek quvontirmoqda. Buning boisi, amalga oşirilayotgan islohotlarning, eng avvalo, inson qadrini uluğlaş tamoyiliga asoslanganligidir. Yoşlarning taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi uçun  zarur şaroitlar yaratiş, şu orqali mehnat bozorida raqobatbardoş kadrlarni tayyorlaş, aholining turmuş farovonligiga erişiş maqsadida tub özgarişlarni dastlabki nuqta — mahallalardan boşlaş nafaqat fuqarolarning turmuş şaroitlari, ongi va dunyoqaraşini özgartirmoqda, balki yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-texnologik salohiyatining yuksalişiga ham zamin hozirlamoqda.

Bugun dunyo hamjamiyatida tinçlik, döstlik aloqalari muvozanatdan çiqib, özaro uruşlar, mintaqaviy ziddiyatlar xavfi kuçaygan bir paytda davlatimiz rahbarining oqilona siyosat olib borayotganliklari alohida eʼtirofga sazovordir. Jumladan, Özbekiston ahil qöşniçilik aloqalarining mustahkamlanişida taşabbus körsatayotgani, dunyo davlatlari bilan döstona diplomatik aloqalarning yölga qöyilgani, avvalo, xalq manfaatlari öylanganidan dalolatdir.

Tinçlik, omonlik hukm surayotgani uçun ham Özbekistonda bayramu tantanalar xotirjam, boş omonlikda, huzur-halovatda katta şodiyonalar bilan nişonlanmoqda.

Joriy yil yurtimizda Navröz umumxalq bayrami va Ramazon ayyomining uyğun kelganligi yanada xayrli böldi. Ezgu anʼanaga muvofiq, bu yil ham poytaxtimiz va respublikamiz viloyatlari böylab iftorlik yiğinlari taşkil etildi. Barça hududlarda yozilgan iftorlik dasturxonlari atrofida nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor hamda ehtiyojmand yurtdoşlarimiz jamlandilar.

Sariosiyo tumanida ham  qutluğ ayyomlar munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, xalq sayillari davom etmoqda. Mehr-oqibat, xayr-saxovat, bağrikenglik singari yuksak insoniy fazilatlar namoyiş etilib, ehtiyojmand oilalarga moddiy-maʼnaviy kömak berilmoqda.

Biz, surxondaryolik  nuroniylar yurtimizda keksalarga körsatilayotgan ehtiromdan ğoyat mamnunmiz. Ulkan eʼtibor va işonç ğayratimizga ğayrat qöşib, masʼuliyatimizni oşirmoqda. Bugungi uluğ ayyom kunlarida barça nuroniylar duoga qöl oçib, muhtaram Yurtboşimizga omonlik, kuç-quvvat tilab, mamlakatimizga tinçlik, xalqimizga farovonlik sörayotirlar. Tilagimiz şuki, tinçligimiz abadiy bölsin! Bayramlar bayramlarga ulanaversin!

Salom QOSIMOV,

“Nuroniy” jamğarmasi

Sariosiyo tumani bölimi raisi.

Yurtimizda bayramlar bayramlarga ulanib ketdi. Bundan xalqimiz ğoyat mamnun. Barçaning qalbida şukronalik. Navröz bayramidan bir quvonsak, Ramazon şukuhi ruhimizga özgaça halovat bağişlamoqda. Hayit bayrami arafasida muhtaram Yurtboşimiz rahbarliklari ostida mamlakatimizda anʼanaga mos ravişda taşkil qilingan iftorlik dasturxonida iştirok etdik va özgaça hurmat-ehtirom, eʼtibordan mamnun böldik.

Onlayn taşkil qilingan muloqotda mamlakatimiz Prezidenti keyingi yillarda respublikamizda amalga oşirilgan bunyodkorlik va yangilanişlar, inson qadrini uluğlaş, xalqimiz farovonligini oşiriş borasidagi taşabbuslar hamda ularning amaldagi samaralarini alohida taʼkidlab ötdilar.

Eʼtirof etiş joizki, erişilayotgan öziga xos yutuqlarda bugungi kunda yurtimizda iş olib borayotgan faol nuroniy otaxonu onaxonlarning ham munosib hissalari bor. Ular hozirda jamiyatimizning har bir jabhasida özlarining hayotbaxş taşabbuslari bilan qizğin iştirok etib, aholi farovonligini oşiriş, yoşlarni kasb-hunarga yönaltiriş, ularning muammolarini tizimli hal etişda jonbozlik namunalarini körsatib kelmoqdalar.

Albatta, hali oldinda öz yeçimini kutib turgan masalalar bisyor. Işonç bilan aytamizki, ğuzorlik nuroniylar bundan keyin ham bildirilgan yuksak işonçni oqlaş yölida masʼuliyat bilan faoliyat olib boradilar.

Zero, öz Vatani va xalqining gullab-yaşnagan, farovon va xotirjam hayotini köriş, özini-da ana şu baxtli hayot bağrida his etiş har bir nuroniy kuçiga kuç, ğayratiga ğayrat qöşadi.

Fursatdan foydalanib, barça yurtdoşlarimizni Navrözi olam va Ramazon hayiti ayyomlari munosabati bilan çin dildan muborakbod etamiz. Hamişa yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin!

Hasan Qahhorov,

“Nuroniy” jamğarmasi 

Ğuzor tumani bölimi raisi. 

Yurtimizda özgaça ayyom şukuhi hukm surmoqda. Bir tomondan Navröz — yangilaniş va yaşariş bayrami, ikkinçi tomondan — Mohi Ramazon, hayit ayyomining zavqu şavqi mamlakatimizga ajib bir tarovat, yurtdoşlarimizga olam-olam quvonç, halovat va xotirjamlik ulaşmoqda.

Hurmatli Yurtboşimiz iştirokida taşkil etilgan fayzli tadbir — iftorlik dasturxoni mamlakatimizdagi nuroiylarni qalban bir davraga jamladi, desam mubolağa emas. Davlatimiz tomonidan körsatilayotgan eʼzoz, ehtiromni his etib, biz — barça nuroniylar jannatmakon yurt, qonun ustuvor, adolat barqaror bölgan jamiyatda yaşayotganligimizga şukronalar aytdik. Bu yuksak eʼtibor bizga yanada kuç-quvvat berdi.

Dunyo maydonida turli ziddiyatlaru notinçliklar, uruşlar keçayotgan bir vaqtda mamlakatimizda tinçlik va farovonlikning barqaror bölib turganligi respublikamizda tinç-osuda hayot, elimiz baxt-saodati yölida  imkoniyatlarning tölaqonli işga solinayotganligini körsatadi, albatta.

Mamlakatimizda keçayotgan islohot va yangilanişlarda turli sohalar vakillari qatorida biz — nuroniylarning ham oldingi saflarda borayotganligimiz, ijtimoiy faol bölib, barkamol avlod kamoli, xalqimiz farovonligiga baholi qudrat hissa qöşayotganligimizdan har lahzada  faxru iftixor hissini tuymoqdamiz.

Bugun sirdaryolik faol nuroniy otaxonu onaxonlarning  şijoati    oldingidan ança baland. Joriy yilda ham ular öz zimmalaridagi vazifalarni yuqori talabçanlik bilan ado etişda bardavom bölib, xalqimizning farovonligini taʼminlaş yuzasidan mamlakatimizda olib borilayotgn xaqçil islohotlarga labbay deb javob bermoqdalar, şarafli xizmat yölida kamarbasta bölib kelmoqdalar.

Rasul Veysalov,

“Nuroniy” jamğarmasi

Sirdaryo tuman bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan