Namangan şahri “Jamoa bölib bir oy davomida eng köp ekilgan gullar” yönalişida Ginnes rekordini örnatdi
Bugun Namangan viloyatida yuksak surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy sanoat va işlab çiqariş, ilğor innovatsiyalar va şijoatli tadbirkorlik faoliyati nafaqat mamlakatimiz, balki jahon ahlining ham eʼtirofiga sazovor bölmoqda. Azaldan dovruği ketgan gulçilik sanʼati — Namanganning taşrif qoğozi, uning dunyoga yuz tutgan öziga xos milliy brendi desak, aslo xato qilmagan bölamiz.
Joriy yil Namanganning asriy gulçilik tarixida, şubhasiz, yana bir oltin sahifa oçdi. Viloyatning fidokor, mehnatsevar ahli birdamlik körsatib, “Jamoa bölib bir oy davomida eng köp ekilgan gullar” yönalişida dunyoni hayratga soldi va nufuzli Ginnes rekordini örnatdi.
Bu xuşxabar 65-Xalqaro gullar festivalining tantanali va muhtaşam oçiliş marosimida butun olamga yangradi. Tadbir çoğida “Guinness World Records” taşkilotining rasmiy vakili Şeyda Subasi uşbu tarixiy zafarni tasdiqlovçi maxsus sertifikatni Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqovga tantanali ravişda topşirdi.
Raqamlarga eʼtibor qaratadigan bölsak, ötgan yili festivalga tayyorgarlik doirasida viloyat böyiça 100 million tup gul köçati ekilgan edi. Bu yil esa gulsevar namanganliklar öz rekordini yangilab, uşbu körsatkiçni 150 million tupga yetkazdilar! Aynan mana şu beqiyos nafosat mehnati Namangan nomini jahon rekordiga kiritiş imkonini berdi.
Anʼanaviy Xalqaro gullar festivali şaharning markaziy şohköçasi böylab taşkil etilgan avtoparad bilan boşlandi. Rangba-rang gullar bilan bezatilgan transport vositalarining karvoni şahar ahli va dunyoning turli göşalaridan kelgan mehmonlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulaşdi.
Unda tabarruk otaxon va onaxonlarimizning ham faollik bilan iştirok etayotgani festival tarovatiga fayz bağişlamoqda.
Dilyara RUSTEM.