Eng uluğ, eng aziz bayram — davlat mustaqilligining 35 yillik şonli tantanalari oldidan eʼlon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saXovat” oyligi hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari mamlakatimiz böylab yangiça surʼat kasb etmoqda.

Ahamiyatlisi, uşbu xayrli va ezgu jarayonlarda nuroniylar, mahalla faollari va yoşlar bir tanu bir jon bölib, hududlarni obodonlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş hamda kam taʼminlangan va ehtiyojmand yurtdoşlarimizga mehr-oqibat va muruvvat körsatişda yuksak faollik körsatmoqdalar.

Aslida bayram va xursandçilik kunlari oldidan öz uyimiz, mahallamiz va köçalarimizni obod qiliş, atrofga gözallik ulaşiş xalqimizga xos eng ezgu anʼanalardan biri aslida. Çunki xonadon ozodaligi va köçalar körki nafaqat dilni yayratadi, balki odamlar orasida özaro mehr-oqibat va ahillik muhitini ham mustahkamlaydi.

Aynan ana şunday xayrli qadriyatlarni uluğlagan holda, Farğona tumanidagi faol nuroniylar taşabbusi bilan salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan,  “Tinçlik” mahallasida yaşovçi Mavluda Temirova, Barçinoy Ahmedova va Kimyoxon Bekmirzayevalar mahalla raisi Rustamjon Ğofurov tavsiyasiga asosan, rayhon köçatlarini mahalladoşlarga ulaşib, xonadonlarga fayz va iliqlik olib kirmoqda.

Bu kabi ezgu va savobli amallar hudud çiroyiga çiroy qöşiş bilan birga, mahalladagi qöşniçilik riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari esa tuman husniga husn, körkiga körk ulaşmoqda. Bu esa beruniyliklarning kayfiyatiga ijobiy taʼsir qilib, ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamlayapti.

Prezidentimizning 2025 yil 8 oktyabrdagi “Alohida tuman (şahar) va mahallalarni aholining yaşaşi va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun namunali hududga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi”gi qaroriga asosan, Beruniy tumani “Saroyköl” mahallasi “oğir toifadagi mahalla” röyxatiga kiritilgan bölib, respublika byudjetidan 2 mlrd. mahalliy byudjetdan 1. mlrd söm mablağ ajratilgan.

Şunga asosan hududdagi 3 kilometr yölda qora qoplamali asfalt yotqiziş,  1 dona transformator punktini örnatiş hamda 1 kilometr 200 metr masofaga havo elektr tarmoqlarini tortiş işlarini amalga oşiriş közda tutilgan.

Hozirda içki köçalarda asfaltlaş işlari boşlangan. Aholining “Taşabbusli byudjet” jarayonidagi faolligi sabab yana 2 kilometr yölda asfaltlaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Bunday amaliy loyihalar natijasida hududda tadbirkorlik qiliş istagidagi işbilarmonlar uçun qulay infrastrukturaning yaratilişi, doimiy daromadga ega böliş, yangi iş örinlarining paydo bölişiga şart-şaroitlar yaratmoqda.

Şuningdek, mamlakatimizda bayram şukuhi kezib yurgan  bugungi kunlarda yurtimizda tabiatga oşno, gulni sevib parvarişlaydigan otaxonu onaxonlarimiz ham mahallalar obodligiga öz hissalarini qöşişmoqda.

Yunusobod tumani “Minor” mahallasida istiqomat qiluvçi Tryabin Aleksey Nikolayeviç hamda Tryabina Natalya Nikolayevna ana şunday yurtdoşlarimizdan. Ular yoşlarining uluğligiga qaramay, mehnatsevarligi va tabiatga bölgan çeksiz mehrini amalda namoyon etib kelişmoqda. Uşbu gulçi nuroniylar özlari yaşayotgan köp qavatli uy atrofida 400 tupdan ortiq turfa xil gul köçatlarini ekib, mehr bilan parvarişlab, möʼjazgina  gulzor barpo etgan holda, barçaga namuna bölmoqdalar.

Bugungi kunda uşbu gözal maskan mahalla ahlining eng sevimli göşasiga aylangan. Bu yerga taşrif buyuruvçi  mehmonlar özgaça zavq olib, fayzli maskan tarovatini alohida eʼtirof etmoqdalar.

Tryabinlar oilasining gulsevarligi, fidoyiligi mahallada barçaga yaxşi maʼlum. Ikki nuroniy aslo böş ötirmaydi. Qaçon qarasangiz, ular ana şu gulzorga işlov berayotgan böladilar. Ayni ezgu amal obod va fayzli mahalla yaratişda har bir insonning öz hissasi va örni qançalik muhimligini yana bir bor körsatib bermoqda, albatta.

Darhaqiqat, gözallik mehr bilan yaratiladi, obod mahalla esa ana şunday fidoyi insonlar bilan yanada fayzli böladi. Uşbu ikki fidoyi nuroniy mehnatlarining samarasini körib, dil yaşnaydi, köz quvonadi. Öz navbatida, bu tajribani mahalladagi barça xonadonlar uçun tavsiya etiş ham mumkin.

Şubhasiz, yuqoridagi tadbirlarda uyuşqoqlik bilan qatnaşayotgan faol keksalarimiz, ularning taşabbusi bilan obod bölayotgan hududlar hamda bu yöldan borayotgan örta va yoş avlod vakillari mahallalarimizdagi ahil muhitning mustahkam kafolatidir. Bunday umumxalq harakati yurtimizda mehr-oqibat, oqibatlilik va yaratuvçanlik anʼanalari bardavom ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etyapti.

Tursunboy MADALIYEV,

“Nuroniy” jamğarmasi Farğona tumani bölimi raisi,

Maysara Nazarova,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan