Bugungi şiddatli va samarali islohotlar jarayonida barça sohalar vakillari qatori nuroniylarning faoliyati ham hal qiluvçi masalalardan hisoblanmoqda. Hozirda ular muhtaram Yurtboşimizning ulkan işonçlarini amalda oqlagan holda, oiladan tortib, mahallaga qadar zimmalariga yuklangan vazifalarni fidoyilik bilan ado etib kelmoqdalar. Çindan ham, bugun faol nuroniylar boş qöşmagan soha yöq. Bugun ularning şijoati yanada jöş urmoqda. Çunki yoşi uluğlar maslahati, kömagi va duosi bilan boşlangan iş borki, yakuni xayrli va samarali böladi, albatta.
Ayni kunlarda yurtimizning turli göşalarida bunyod etilib, özida piri badavlatlarimiz bölgan nuroniylarimizni jamlayotgan “Nuroniylar maskanlari”, çinakam maʼnoda, mahallalarimizning körki hamda fayzli oşyonlaridan biriga aylanmoqda.
Namangan viloyati Uyçi tumani hokimligi binosi yonida qad rostlagan körkam “Nuroniylar maskani”ni ana şunday loyihalardan biri deyiş mumkin.
Uyçi tumanida bugungi kunda 232 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bölsa, şundan 21 mingga yaqinini keksa avlod vakillari taşkil etadi. “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi tomonidan faxriylar faoliyatini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularni muhofaza qiliş, umrlariga umr qöşiş, keksalarning ulkan hayot tajribalaridan islohotlarni jadallaştiriş, yoş avlodni barkamol etib tarbiyalaşda oqilona foydalanişga yuqori darajada eʼtibor qaratilib, bu borada tizimli işlar olib borilmoqda.
Maskanning tantanali oçiliş marosimida “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi masʼul xodimi Abduraşid Boltaboyev, mehnat faxriysi Abdulhay Tursunov, jamğarmaning tuman bölimi raisi, viloyat Kengaşi deputati Tohirjon Ismatillayev, tuman hokimining örinbosari Saidaxon Ahmadaliyevalar iştirok etdilar.
Tantanada sözga çiqqanlar iştirokçilarni tadbir munosabati bilan tabriklab, uşbu joyning kelgusida uç avlod uçraşuvlari ötkaziladigan, özaro gurunglaşadigan, ibratli oilalar muloqoti taşkil etiladigan, turli tanlov hamda tadbirlar uyuştiriladigan maskanga aylanişiga umid bildirdilar. 
Nuroniylar bunday eʼtibor va ğamxörlik uçun, avvalo, Prezidentimiz, viloyat, tuman hokimliklariga öz minnatdorliklarini izhor etdilar. Bunga javoban yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarda yanada faol iştirok etib, yoşlar taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qöşişlarini maʼlum qildilar.
Tadbir yakunida mehmonlar maskanda yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Bu yerda kutubxona, soğlomlaştiriş, tibbiyot xonalari faoliyati yölga qöyilgan bölib, ularning barçasi nuroniy otaxonu onaxonlarimiz uçun muntazir.
Badiiy qismda tuman madaniyat markazi qoşidagi “Tarona” aşula va raqs ansambli xonandalari-yu sozandalari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qöşiqlar davraga yanada fayz kiritdi.
Bahodir Valiyev.