Mamlakatimizda inson qadri, mahalla barqarorligi va jamiyat taraqqiyoti özaro uzviy boğliq ustuvor yönalişlar sifatida belgilangan. Şundan kelib çiqib aytiş mumkinki, davlatimiz rahbarining 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasida 2026 yilni “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb eʼlon qiliş taşabbusi ana şu ustuvor siyosatning mantiqiy davomi böldi.
Bu qaror, öz örnida, mahallalarda aholi farovonligini oşiriş, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaş va inson manfaatlarini yanada yuqori poğonaga olib çiqişga qaratilgan keng qamrovli islohotlar izçil davom ettirilişini anglatadi.
Albatta, uşbu jarayonlarda keksa avlod vakillarining örni beqiyos. Boisi, nuroniylar hayotiy tajribasi, maʼnaviy salohiyati va jamoatçilikdagi nufuzi bilan mahalla va jamiyat barqarorligining tayanç ustunidir. Yurtimizda ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, munosib turmuş şaroitini yaratiş va faol jamoatçilik hayotiga jalb etişga qaratilgan taşabbuslar kölami tobora kengayayotgani kişini quvontiradi. Ayniqsa, joylarda barpo etilayotgan “Nuroniylar maskani” esa bu eʼtiborning amaliy ifodasidir. Navoiy viloyatining Ğozğon şahrida yangidan barpo etilgan “Nuroniylar maskani” ham hududda istiqomat qilayotgan keksa avlod vakillari uçun munosib hurmat va ğamxörlik timsoliga aylandi.
Majmuaning tantanali oçiliş marosimida şahar sektori mutasaddilari, nuroniylar, faol jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Tadbirda sözga çiqqan şahar hokimi N. Jörayev hamda “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi
Ş. Nabiyev mamlakatimizda keksa avlodga körsatilayotgan eʼtibor, davlat siyosati darajasida ularni qöllab-quvvatlaş va bu borada amalga oşirilayotgan işlar samarasi haqida öz fikrlarini bildirdi. Eʼtirof etiş kerak, yangi maskan hududida nuroniylar uçun keng qamrovli va zamonaviy şaroitlar yaratilgan. Jumladan, xizmat xonalari, boy fondga ega kutubxona, sport, madaniy tadbirlar va körgazmalar zali, tibbiy xizmat körsatiş hamda dam oliş xonalari taşkil etilgan. Bu esa keksa avlod vakillarining soğlom turmuş tarzini olib borişi, maʼnaviy hayotini boyitiş va jamoatçilik işlarida faol iştirok etişi uçun mustahkam zamin yaratadi.
Marosim iştirokçilari maskanda yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişib, uning ahamiyatini yuqori baholadilar. Nuroniylar esa özlariga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik uçun Yurtboşimizga minnatdorçilik bildirib, yurtimiz tinçligi va ravnaqi uçun duoga qöl oçdilar. Şubhasiz, Ğozğondagi uşbu “Nuroniylar maskani” yangi yilda keksa avlodga taqdim etilgan ezgu tuhfalardan biri böldi. Majmua kelgusida mahalla hayotini yanada jonlantiriş, avlodlar örtasidagi maʼnaviy köprikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz.
Akmal Ahadov,
Navoiy viloyati.