Keksalikda odamning dunyoga qaraşi ham özgaradi. Ilgari şoşib bajarilgan işlarga endi xotirjamroq, hafsala bilan yondaşadi. Daraxtning bugungi hosilidan köra, uning qaçon ekilganini, neça yil oldin ilk kurtak yozganini eslaydi.
Bir qaraşda bu oddiy tomorqa. Ammo egasining közida u şunçaki yer emas. Bu yerning har bir qariçi taniş: mevasi ğarq pişganidan şoxlari yerga tegay-tegay deb turgan daraxtni bir vaqtlar özi ekkan, yöl böyidagi nihollarni esa nevarasi bilan birga ötqazgan. Qaysidir tok qurğoqçilikka bardoş bergan, qaysidir mevali daraxt yillar ötibgina hosilga kirgan. Bugun boğning yaxlit manzarasiga qarab, keksa boğbon öz umrining bir qismini körayotgandek böladi.
Aytgança, bunday boğlarda meva faqat pişib yetilmaydi — xotiralar ham qat-qat bölib yiğiladi. Daraxtlar yildan yilga kökka böy çözarkan, ularni parvariş qilgan insonning qadamlari aksinça, tobora vazminlaşa boradi. Şunga qaramay, tongda hovliga çiqib, yerning taftini kaftida seziş, daraxtlarga bir qur mehr bilan nazar taşlaş odatini bunday mirişkorlar aslo tark etmaydi.
Yaxşimurod ota Çoriyev Buxoro viloyati Olot tumani “Köl Çovdur” mahallasida yaşaydi. Bu yerda ularning boği juda maşhur. Aytişlariça, bugun uzumlar ğarq pişgan yerlar bir vaqtlar şörxok, hosil unmaydigan bölib, beda ekib, kökartiriş ham amrimahol bölgan. Ammo keksa boğbonning mehnatlari natijasida toklar şiğil hosilga kirgan. Dastlab 20 sotix maydonda uzumzor taşkil etildi, keyinçalik 60 sotixga yetkazildi. Ayni kunlarda “Toyipi”, “Husayni”, “Behişti”, “Qora kişmiş”, “Ketmonsopi”, “Avatar” va boşqa navlar ming tupga yaqinlaşib qolgan. Ilk hosilning öziyoq 20 tonnadan ortiq meva berdi, bu boğbonning çöntagiga 100 million söm daromad kirdi, degani.
Yaxşimurod otaning uzumzori xonadoniga baraka olib kiriş bilan birga, undan mahalla ahli ham bahramand bölayotir. Otaxonning taşabbusi atrofdagi boğbonlarni ham qiziqtirib qöydi, natijada, 10 nafar yer egasini birlaştirgan kooperatsiya taşkil etildi. Bu bir qaraşda muvaffaqiyat hikoyasidek körinadi, ammo möl hosil va daromad ortida Yaxşimurod otaning qilgan mehnatlari, yerga bergan mehri, ertangi kunga bölgan işonçi turibdi. Bu keksa nuroniy misolida yerga mehr beriş, ona tabiatga ğamxörlik körsatiş orqali qaqroq yerlarni ham kökalamzorlaştiriş mumkinligini yaqqol köriş mumkin. Quvonarlisi, bir xonadonning “yaşil taşabbusi” atrofdagilarni ham ilhomlantirmoqda, mahalla ahlini ham harakatga boşlayotir.
Darhaqiqat, bugun yurtimiz nuroniylarini, tom maʼnoda, ijtimoiy islohotlarning nafaqat faol ijroçisi, balki şaxsiy namuna körsatib, keng jamoatçilikni orqasidan ergaştirayotgan katta kuç sifatida eʼtirof etişimiz mumkin. Yaxşimurod ota kabi yuzlab mirişkor yurtdoşlarimiz öz taşabbuslari bilan böş yerlardan unumli foydalaniş, hududlar salohiyatini oşiriş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, qişloq xöjaligida barqarorlikka erişiş, içki bozorni taʼminlaş hamda taşqi savdoda Özbekistonning jozibadorligini oşiriş masalalariga munosib hissa qöşib kelişmoqda.
Aslini olganda, keksa yoşiga qaramay, boğ barpo etib, yaşillikni kengaytiriş, sarxil mevalarni yetiştiriş yölida mehnat qilayotgan zahmatkaş boğbonlarni buxoroliklar orasida köplab uçratiş mumkin. Xususan, Xudoyberdi ota va Salomat aya Şaropovlar katta, keng boğga ğamxörlik qilib, har xil mevalarni yetiştiradilar. Qurigan daraxtlar örniga yangi nihollarni qadaş, daraxtlarning keraksiz şoxlarini butaşdan tortib, anvoyi gullarni östirişgaça — hammasiga boş-qoş böladilar. Şaropovlar boğida gilos, zardoli, şaftoli, olça daraxtlari mevadan böşab, “tin olayotgan” bölsa, navbat olmalarga yetgan. Uzumning esa “Şivirğoni”, “Husayni” navlari ğarq pişib yetilgan. Onaxon muallimlikdan, Xudoyberdi ota esa muhandislikdan nafaqaga çiqqan, bugungi kunda ular özlarining möʼjazgina boğlari bilan band.
Qaysi boğbonning mehnatiga razm solib qaramang, ularning mehnat-maşaqqati ortida yagona maqsad yotadi: öz mehnati bilan umumning manfaatiga xizmat qiliş, bozorlar, xonadonlarga baraka ulaşiş, yerdan xalq rizqini yetiştirib olişdir. Bozorlardagi fayz, el dasturxonining tökin-soçin bölişida mirişkor dehqon, zahmatkaş boğbonlarning alohida örni borligi ayni haqiqat.
Suğdiyona SOBIROVA,
“Nuroniy” muxbiri.